Filippindagi guruch ishlab chiqarish iqtisodiyoti
Filippinda guruch ishlab chiqarish mamlakatning oziq-ovqat ta‘minoti va iqtisodiyotining muhim jihatlaridan hisoblanadi. Filippin umumiy guruch ishlab chiqarish bo‘yicha 2.8% foizni egallab, dunyoda 8-o‘rinni egallaydi. Filippin, shuningdek, 2010-yilda dunyodagi eng yirik guruch importchisi edi. 2020-yil holatiga ko‘ra, Filippinda 2,4 million guruch yetishtiruvchi dehqonlar bor.
Guruch ishlab chiqarish
Ishlab chiqarish geografiyasi
Guruch mamlakatning ko‘p qismida asosiy oziq-ovqat, shu bilan birga eng muhim oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. U Luzon, G'arbiy Visayas, Janubiy Mindanao va Markaziy Mindanaoda keng ishlab chiqariladi.
Jami ishlab chiqarish
2010-yilda qariyb 20,7 million tonna palay (oldindan tozalangan guruch) ishlab chiqarildi. 2010-yilda qishloq xo‘jaligida yalpi qo‘shilgan qiymatning 21,86 foizini va YaIMning 2,37 foizini palay tashkil etdi.
2017-yilda umumiy sholi yetishtirish iqtisodiyoti mamlakat yillik talabining 93 foizini to‘liq bajardi. Aholi 11,7 million tonna guruch iste‘mol qilgan.
Fermerlar
2020-yil holatiga ko‘ra, Filippinda taxminan 2,4 million guruch yetishtiruvchi fermerlar bor. Sholi yetishtiruvchilarning o‘rtacha yoshi 56 yosh; ularning 82 foizi erkaklar, 18 foizi esa ayollar. Ko‘pgina filippinlik fermerlar iqtisodiy siyosat, atrof-muhit va yerga egalik masalalari sabab qashshoqlikda hayot kechiradilar.
Tarix
Tarixan olib qaraganda, Filippinda guruchning gektariga hosildorligi boshqa Osiyo mamlakatlariga nisbatan past bo‘lgan.
Yashil inqilob
Filippinda joylashgan sholichilik boʻyicha xalqaro tadqiqot institutida 1960-yillar o‘rtalarida ishlab chiqilgan yuqori mahsuldor sholi navlarini yetishtirish natijasida 1980-yillarning oʻrtalaridan boshlab hosildorlik sezilarli darajada oshdi. "Mo‘jizaviy" guruchning umumiy ishlab chiqarish iqtisodiyoti foizi 1965-66 yillarda noldan 1981-82 yillarda 81 foizga ko‘tarildi. Oʻrtacha hosildorlik 1961-yildagi gektariga 1,23 m.t.dan 2009-yilda 3.59 m.t.ga oʻsdi.
Ushbu yashil inqilob kimyoviy moddalardan keng foydalanish bilan birga keldi. Markaziy Luzonda fermerlar o‘rtasida so‘rovnom o‘rganildi. So‘rovnomaga ko‘ra, gektariga qo'llaniladigan insektitsid faol moddasi miqdori 1966-yildan 1979-yilgacha o‘n baravar ko‘payib, gektariga 0,1 kilogrammdan kam bo‘lganidan deyarli 1,0 kilogrammgacha oshdi. 1990-yillarning oʻrtalariga kelib bu koʻrsatkich ikki barobarga kamaydi. O‘shandan beri foydalanish yanada kamaydi va insektitsidlardan foydalanish darajasi hozirda Yashil inqilob boshlanishidan oldingi darajasiga qaraganda biroz pastroq.
Sug‘orishning o‘sishi
Hukumat, shuningdek, mamlakat irrigatsiya tizimida katta kengaytirish ishlarini amalga oshirdi. Sug'oriladigan maydonlar 1960-yillarning o‘rtalarida 500 ming gektardan kam bo‘lsa,bu ko‘rsatgich 2009-yilda 1,5 million gektargacha o‘sdi va bu potentsial sug‘oriladigan yerlarning deyarli yarmini tashkil etadi.
1980-yillarda guruch ishlab chiqarish iqtisodiyoti bir necha muammolarga duch keldi. 1980-1985 yillardagi o‘rtacha yillik o‘sish oldingi o‘n besh yildagi 4,6 foizdan farqli o‘laroq atigi 0,9 foizga kamaydi. 1980-yillarda ham Guruch sanoatida qo‘shilgan qiymatning o‘sishi pasaydi. Tropik bo‘ronlar va qurg‘oqchilik, 1980-yillardagi umumiy iqtisodiy tanazzul va 1983-1985-yillardagi iqtisodiy inqiroz bu pasayishga sabab bo‘ldi.
Ekinchilik kreditlari tugadi, qishloq xo'jaligi mahsulotlari narxi oshdi va palay narxi pasaydi. O‘g‘itlar va o'simliklarning ozuqa moddalari iste‘moli 15 foizga kamaydi. Dehqonlar qarzlarning ko‘payishi va daromadlarning kamayishi tufayli siqib chiqarildi. 1970-yillarning ikkinchi yarmida guruch yetishtirishga ajratilgan gektar maydon 1980-yillarning birinchi yarmida yiliga oʻrtacha 2,4 foizga kamaydi. Natijada, Markos rejimining so‘nggi to'liq yili bo'lgan 1985 yilda mamlakatga 538 ming tonna guruch import qilindi.
1980-yillarning oxirida vaziyat biroz yaxshilandi va guruch kamroq miqdorda import qilindi. 1990-yilda mamlakat kuchli qurg‘oqchilikni boshdan kechirdi. 400 ming tonnaga yaqin guruchni import qilishga to‘g‘ri kelishiga hisobiga ishlab chiqarish 1,5 foizga kamaydi.
2018-yil holatiga ko‘ra, Filippinda mahalliy fermerlarni himoya qilish uchun shaxsiy guruch importini cheklovchi JST tomonidan tasdiqlangan 35 foizlik import tarifi bilan 805,200 tonnagacha guruch sotib olish uchun yillik kvota mavjud.
Genetika muhandisligi
Hukumat genetik jihatdan o‘zgartirilgan guruchni, jumladan, oltin guruchni mamlakatda ishlab chiqarishni targ'ib qildi. Filippin Oliy sudi 2023-yilda Qishloq xoʻjaligi departamentiga mamlakatda genetik jihatdan oʻzgartirilgan guruch va baqlajonlarni tijorat yoʻli bilan tarqatishni toʻxtatish toʻgʻrisida Kalikasan buyrugʻini chiqardi.
Iqlim o'zgarishi
Filippin sholi yetishtirish global iqlim o'zgarishiga va issiqxona gazlari emissiyasiga zarar yetkazadi. Iqlim o‘zgarishiga yetkazilgan bu zarar mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid soladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi tomonidan chop etilgan va Filippin Atrof-muhit va tabiiy resurslar departamenti tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan hisobot iqlim o‘zgarishi oqibatlari va sabablarini bartaraf etish uchun siyosat va dasturlarni qabul qilishni tavsiya qiladi.
2008–2011-yillarda Xalqaro Mehnat Tashkiloti va Filippin davlat idoralari birgalikda Agusan del Norte sholi yetishtiruvchi fermerlar uchun moliyaviy himoya sxemalarini, shuningdek, tirikchilikni diversifikatsiya qilish orqali iqlim o‘zgarishidagi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni kuchaytirish bo‘yicha pilot loyihani ishlab chiqdi.
Shuningdek qarang
Ma‘lumotnomalar
Bu maqola jamoat tarmog‘idagi ushbu manbadagi matnni ham o‘z ichiga oladi: Federal Research Division.
Andoza:Rice production
uz.wikipedia.org