Filip Kotler
Filip Kotler (inglizcha: Philip Kotler; tugʻ.1931-yil 27-may, Chikago, AQSh) — amerikalik iqtisodchi va marketolog. Shimoli-gʻarbiy universiteti Kellogg menejment maktabi xalqaro marketing professori.
Biografiya
Fillipning ota-onasi Rossiya imperiyasida Ukraina hududida yashagan va 1917-yil inqilobidan keyin ular AQShga hijrat qilishgan.
1953-yilda Chikago universitetida iqtisod bo‘yicha magistr darajasini oldi, 1956-yilda esa Massachusets texnologiya institutida iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi.
Marketing va menejment boʻyicha koʻplab kitoblar, yetakchi jurnallar uchun 100 dan ortiq maqolalar muallifi. Uning asosiy xizmati shundaki, u ilgari butunlay boshqa fanlarga tegishli boʻlgan marketing haqidagi barcha bilimlarni bir joyga jamlagan va tizimlashtirgan. Aytishimiz mumkinki, u birinchi boʻlib marketingni alohida mutaxassislik sifatida ajratgan. Uning 2009-yil uchun „Marketing asoslari“ kitobi 9 marta qayta nashr etilgan va marketing uchun oʻziga xos „Injil“ dir. Uning darsliklari 20 tilda 3 milliondan ortiq nusxada nashr etilgan va dunyoning 58 mamlakatida marketing bibliyasi sifatida eʼtirof etilgan.
Yutuqlar
Filip Kotler marketingga qoʻshgan ulkan hissasi uchun koʻplab unvon va mukofotlarga ega.
„Journal of Marketing“ uchun eng yaxshi maqola uchun yillik „Alpha Kappa“ mukofotiga uch marta sazovor boʻlgan yagona muallif.
U Stokgolm universiteti, Tsyurix universiteti, Afina iqtisodiyot maktabi, DePaul universiteti va Krakov iqtisodiyot maktabining faxriy doktori unvoniga ega boʻlgan. Shuningdek, 2014-yil 13-martda unga Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining faxriy doktori unvoni berildi.
Oila
Filip Kotlerning Milton va Nil ismli ikkita ukasi bor. Filipp 1955-yilda Nensi Kellum bilan turmush qurgan. Ularning Emi, Melissa va Jessika ismli uchta qizi hamda to‘qqiz nevarasi bor.
Manbalar
uz.wikipedia.org