Filip Bradarić




Filip Bradarić (talaffuzi: Filipp Bradarich)(1992-yil 11-yanvarda tugʻilgan) xorvatiyalik professional futbolchi, hozirda Xorvatiya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klubdagi faoliyati



Hajduk Split



Hajduk Split yoshlar akademiyasi safidan chiqgach, Bradarić 2011-yilning yozida Treća HNL Jug jamoasi NK Primorac 1929ga ikki mavsumga ijaraga berilgan va u yerda Bradarić uchinchi va ikkinchi bosqichda asosiy jamoada oʻynagan. 2013-yil yozida u Igor Tudor bosh murabbiyligidagi Hajdukning asosiy jamoasiga qo‘shilgan va 2013-yil 13-iyulda Prva HNL doirasida debyut qilgan va jamoasi bilan mehmonda 5:1 hisobida g‘alaba qozongan. Bradarić uchrashuvning 73-daqiqasida maydonga tushgan.

Rijeka



2015-yil 3-fevralda Bradarić iHNK Rijeka bilan 3 yillik shartnoma imzolagan. 2017-yil 5-may kuni HNK Rijeka va Bradarich shartnomani 2020-yilning iyunigacha uzaytirishga kelishib olishgan.

Cagliari



2018-yilning 3-avgustida Bradarić Cagliari bilan besh yillik shartnoma imzolagan va shu tariqa xorijdagi ilk klubida faoliyatini boshlagan. Sardiniya jamoasida u vatandoshlari Darijo Srna va Marko Pajachga qoʻshilgan.

Xalqaro faoliyati



2016-yilning noyabr oyida Bradarić Islandiya va Shimoliy Irlandiyaga qarshi oʻyinlar uchun Xorvatiya terma jamoasiga birinchi chaqiruvni olgan. U 2016-yilning 15-noyabrida Shimoliy Irlandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qilgan.

2018-yil may oyida u Xorvatiyaning 2018-yil Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun dastlabki 32 kishilik tarkibiga kiritilgan. 2018-yilning 4-iyunida Bradarić Xorvatiya terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etadigan yakuniy tarkibiga kiritilgan. 2018-yil 26-iyun kuni u Islandiyaga qarshi JCh-2018 o‘yinining 65-daqiqasida Luka Modrichning o‘rniga maydonga tushgan va HNK Rijeka tarixida FIFA Jahon chempionatida ishtirok etgan uchinchi futbolchiga aylangan.

Faoliyat statistikasi



Klub




Xalqaro




Yutuqlari



HNK Rijeka

Xorvatiya

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz