Filatov Aleksandr Nikolayevich
Filatov Aleksandr Nikolayevich (1930.1.10, Chelyabinsk viloyati — 2006) — matematik va mexanik olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1974), fizikamat, fanlari doktori (1969), professor (1970). Oʻrta Osiyo universitetining fizikamatematika fakultetini tugatgan (1953). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika va mexanika institutida aspirant (1953—56), ilmiy xodim (1957— 61). Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi institutida, soʻng hisoblash markazli Kibernetika institutida laboratoriya mudiri (1961—69), direktor oʻrinbosari (1969—79). Rossiya Gidrometeorologiya markazi direktori (1979-yildan). Ilmiy ishlari, asosan, differensial va integrodifferensial tenglamalar nazariyasiga asimptotik usullarni qoʻllashga oid. F. integral va integrodifferensial tenglamalarning oʻrtalashtirish va barkarorlash usullarini ishlab chiqqan.
Manbalar
uz.wikipedia.org