Filarmoniya




Filarmoniya (yun. phileo — sevaman va harmonia — garmoniya) — ayrim mamlakatlardagi konsert tashkilotlarining nomi. 19-asr ikkinchi yarmida Yevropa va Amerika shaharlarida tashkil topgan ilk F. jamiyatlari, asosan, simfonik musiqani targib qilishgan. Aksariyat mamlakatlarda F. davlat tashkiloti boʻlib, uning vazifasi yuksak badiiy musiqa asarlarini va yetuk ijrochilar mahoratini tashviq qilishdan iborat. Musiqa bilan birga baʼzan estrada sanʼati turlari (sahna raksi, badiiy oʻqish va boshqalar)ni ham namoyish qiladi. F. tarkibida yirik musiqa jamoalari (orkestr, xor va boshqalar), turli ansambl, yakkaxon xonanda va sozandalar faoliyat koʻrsatadi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz