Fil Suyak Sohili milliy futbol terma jamoasi




Kot-dʼIvuar milliy futbol terma jamoasi (fransuzcha:Équipe de Côte d'Ivoire de football) laqabi Les Éléphants (Fillar), xalqaro futbol musobaqalarida Kot-dʼIvuar davlati sharafini himoya qiladi va Kot-dʼIvuar Futbol Federatsiyasi (FIF) tomonidan boshqariladi. 2005-yilgacha boʻlgan ularning eng katta yutugʻi, 1992-yili CAF Afrika millatlar kubogi musobaqasi oltin medali sohibi boʻlgan, oʻshanda ular, Senegal poytaxti Dakardagi Leopold Senghor stadionida Gana terma jamoasini penatilar seriyasi orqali magʻlub qilgan edi.

Terma jamoa ketma-ket uchta jahon chempionatida ishtirok etib kelmoqda, shulardan, birinchisi 2006-yili Olmoniya yashil maydonlarida kechgan, guruhda Argentina va Niderlandlar terma jamoasiga yutqazib, Serbiya va Chernogoriya jamoasi ustidan gʻalaba qozongan edi, ammo, bu guruh bosqichidan chiqishga yordam bermadi. Janubiy Afrika Respublikasida boʻlib oʻtgan FIFA Jahon chempionati 2010 musobaqasiga ham yoʻllanma oldi, ammo, unda ham guruh bosqichida qolib ketdi. Hozirda terma jamoa FIFA tomonidan Afrikaning eng yaxshi terma jamoasi deb baholanmoqda.

Sovrinlar




Gʻolib – 1992

2-oʻrin – 2006, 2012

3-oʻrin – 1965, 1968, 1986, 1994

2-oʻrin – 1993

2-oʻrin – 2010

Gʻolib – 1983, 1987, 1991
2-oʻrin – 1985

Gʻolib – 2010

Jahon chempionati rekordi




Murabbiylar





Oʻyinchilar



Hozirgi tarkib



Quyidagi tarkib FIFA Jahon chempionati 2014 musobaqasiga chaqirtirilgan.
Gollar va oʻyinchilar ishtiroki soni, 2014-yil 24-iyun kuni Yunoniston bilan boʻlgan oʻyindan keyin hisoblangan.

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz