FIKUS (Ficus) — tutdoshlar oilasiga mansub o’simliklar turkumi. Doim yashil, ba’zan barg to’kuvchi daraxtlar, butalar yoki lianlar. Tropik o’rmonlarda baland o’sadi. Ko’pchilik Fikus hosil qilgan havo ildizlari xo’jayin o’simlik tanasini o’rab olib, uni nobud qilishi mumkin. Fikuslar sut shira ishlab chiqaradi. Gullari sikon tipidagi to’pgulni hosil qiladi, dumaloq yoki noksimon shaklda, uchki qismida teshigi bo’lib, bir jinsli mayda gullar joylashgan. 1000 ga yaqin turi ma’lum, asosan, Janubiy Osiyoning nam tropik o’rmonlarida tarqalgan. Pardaqanotli hasharotlar yordamida changlanadi. Ayrim turlari (anjir, sikemor) mevasi yeyiladi. Ko’pchilik Fikuslarning yog’ochi ishlatiladi. Ba’zi turlari xushmanzara xona o’simliklari. O’zbekistonda 1 ta yovvoyi turi o’sadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish