FIFA U-20 Jahon chempionati 2013




FIFA U-20 Jahon chempionati 2013  — Yoshlar oʻrtasidagi Jahon chempionati bahslari ilk bor oʻtkazilgan 1977-yildan beri 19-marotaba oʻtkazilayotgan FIFA U-20 Jahon chempionatidir. 2011-yilning 3-mart kuni Syurixda boʻlib oʻtgan FIFA Ijroqoʻmi Yigʻilishida Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Oʻzbekiston nomzodlaridan ustun kelib, FIFA U-20 Jahon chempionati mezboni sifatida tanlandi. Oʻz zayavkasida Turkiya musobaqani 10 shahardagi 13 stadionda oʻtkaza olishini koʻrsatgan, 2012-yilning fevral oyida faqat 7 shahardagi stadionlar musobaqaga mezbonlik qilishi mumkinligini eʼlon qilgan edi.

Bu turnir birinchi marta tarixda oʻziga xos voqeasi bilan esda qoldi, sababi dunyoning eng omadli va kuchli 2 jamoasi Braziliya va Argentina jamoalari bu chempionatda ishtirok etolmadi. Shuningdek Braziliya yoshlar terma jamoasi 1979-yilgi chempionatda ham qatnashmagan edi.

Fransiya yoshlar terma jamoasi ushbu turnirda birinchi marotaba gʻolib boʻldi va Fransiya erkaklar oʻrtasidagi 5ta yirik (FIFA Jahon chempionati, FIFA Konfederatsiyalar kubogi, FIFA U-20 Jahon chempionati, FIFA U-17 Jahon chempionati va Yozgi olimpiada oʻyinlari futboli) futbol musobaqalarida oltin medallarga sazovar boʻldi.

Arizalar



Yakuniy muddat — 2011-yilning 17-yanvariga qadar FIFAga aʼzo uch uyushma musobaqa mezbonligi uchun kurash olib borishini maʼlum qildi. Shu vaqtgacah biror marta FIFA bayrogʻi ostidagi musobaqalarni qabul qilmagan Turkiya va Oʻzbekistondan tashqari 2003-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatini qabul qilgan BAA ham musobaqa mezbonligi uchun daʼvogar boʻldi.

Maydonlar




Saralash bosqichi



Mezbon Turkiyaga qoʻshimcha ravishda, 23 terma jamoa qitʼa miqyosidagi saralash bahslari orqali final bosqichi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishadi.

Tashkiliy ishlar va timsol



Musobaqadan bir yil oldin, FIFA, shuningdek, Turkiya Futbol Assotsiatsiyasi aʼzolari tomonidan, 2012-yil 25-iyunda Istanbulning Ciragan Palace Mabeyn Hall mehmonxonasida turnirning rasmiy emblemasi keng ommaga taqdim etildi. Chiptalar esa 2012-yilning 30-noyabridan sotuvga chiqarildi.

Har bir mezbon stadion uchun Mezbon Shahar logotiplari 2013-yilning 20-martida keng ommaga koʻrsatildi. Rasmiy logotipda, Turk uylarida taqilgan yoki osilgan Iblis Koʻzidan himoya tasvirlagan, bu omad keltirish manosini bildiradi.


Final bosqichiga qur’a tashlash



Musobaqaning final bosqichiga qu’ra tashlash marosimi 2013-yilning 25-mart kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Tokatlıyan Hotels mexmonxonasida boʻlib oʻtadi.

2013-yilning 12-fevralida, FIFA qurʼa uchun bajariladigan ish tartibini eʼlon qildi. 24ta terma jamoa 4ta savatchaga joylashtirildi:

Qurʼadan oldin, Turkiya terma jamoasi C1 pozitsiyasiga belgilandi, Ispaniya esa A guruhiga belgilandi. Asosiy tamoyil boʻyicha, bitta konfederatsiyadan boʻlgan jamoalar guruh bosqichida bir biriga qarshi qurʼada tashlanmaydi, faqat A guruhidan tashqari chunki bu guruhda UEFAdan 2ta terma jama joylashtiriladi.

CAF U-20 Afrika chempionati qurʼagacha yakunlanib ulgurmagan edi va oxirgi qurʼa Afrikaliklar uchun CAFning 1-, 2- 3-jamoalari deya qurʼa tashlandi. Afrikaliklar uchun qurʼa xulosalari 2013-yilning 30-martida Jazoirning Oran shahrida boʻlib oʻtdi.


Oʻyin rasmiylari



23ta hakam yordamchilari bilan birga FIFA tomonidan 2013-yilning 13-mayida eʼlon qilindi.

Jamoalar tarkiblari




FIFA tomonidan ishtirokchi jamoalarga jami 21ta oʻyinchi olishni (shulardan 3tasi darvozabon) buyurdi, jamoalar tarkiblari 2013-yilning 14-iyunida FIFA tom, onidan ochiqlandi.

Guruh bahslari



Har bir guruhning birinchi va ikkinchi oʻrinlari hamda eng yaxshi natijali 4ta uchinchi oʻrinni egallagan jamoalar pley-off bahslariga yoʻllanma olishadi.

Har bir guruhning har bir jamoasi quyidagicha reytinlanadi:

Agar ikki yoki undan ortiq jamoalar yuqoridagi 3 kriteriya boʻyicha teng kelsa, unda quyidagicha reytinglanadi:

Barcha oʻyinlar mahalliy vaqt boʻyicha, UTC+03:00.

A guruhi




B guruhi




C guruhi




D guruhi




Eslatma: Yunoniston va Paragvay jamoalari qurʼa tashlash orqali reytingga joylashtirildi, sababi jamoalar ochkolar, toʻplar nisbati, kiritilgan gollar soni boʻyicha hatto, yuzma-yuz bahslarda ham kuchlar teng chiqqan edi.

E guruhi




F guruhi





Eng yaxshi natijali 3-oʻrinli jamoalar



Eng yaxshi natijali 3-oʻrinli jamoalar quyidagicha reytinglanadi:

Pley-off bahslari



Pley-off bosqichida, agar asosiy vaqtda jamoalarning kuchi teng kelsa, qoʻshimcha vaqt beriladi (15 minutdan 2 taym), unda ham hisob ochilmasa penaltilar seriasi orqali gʻolib aniqlanadi, ammo, uchinchi oʻrin uchun kechadigan oʻyinda qoʻshimcha vaqt boʻlmaydi, asosiy vaqtda hisob teng boʻlsa, undan keyin penaltilarni amalga oshiradi.

Nimchorak final




Chorak final




Yarim final





3-oʻrin uchun




Final




Sovrinlar



Quyidagi sovrinlar berildi:


Toʻpurarlar



6 gol

5 gol

4 gol

3 gol

2 gol

1 gol

1 avtogol

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz