FIFA Jahon chempionati 2018 saralash bosqichi – AFC Ikkinchi round
Jahon chempionatining Osiyo qitʼasi boʻyicha saralash bosqichining ikkinchi roundi, FIFA Jahon chempionati 2018 saralash bosqichi hamda AFC Osiyo kubogi 2019 saralash bosqichi uchun oʻtkaziladi, ikkinchi round uchrashuvlari 2015-yilning 24-mayidan, 2016-yilning 29-martiga qadar boʻlib oʻtadi.
Format
Jami 40ta terma jamoa (Osiyo reytingining 1-pogʻonasidan 34-pogʻonasigacha boʻlgan oʻrinlarni egallagan jamoalar hamda 6ta birinchi roundning gʻoliblari) 5tadan 8ta guruhga boʻlinadi va doiraviy sistema boʻyicha bellashadi. 8ta guruhning barcha 1-oʻrinlari hamda 4ta eng yaxshi natijali 2-oʻrinni olgan jamoalari FIFA Jahon chempionati 2018 saralash bosqichi – AFC Uchinchi roundiga va AFC Osiyo kubogi 2019 musobaqasining final bosqichiga yoʻllanma oladi.
Saralash bosqichining ushbu ikkinchi roundida omadi chopmagan jami 24ta terma jamoa 2019-yilgi Osyo kubogi saralash bosqichining 3-roundiga tushadi va u yerda 4tadan 6ta guruhga boʻlinib, AFC Osiyo kubogi 2019 musobaqasining qolgan oʻrinlari uchun kurash olib boradi.
Taqsimlash
Saralash bosqichining ikkinchi roundi uchun boʻlgan qurʼa tashlash marosimi 2015-yilning 14-aprelida, Malayziyaning Kuala Lumpur shahridagi JW Marriott Hotel mehmonxonasida, mahalliy vaqt bilan 17:00da (UTC+8) boʻlib oʻtdi.
Jamoalarni taqsimlashda FIFA Dunyo reytingining 2015-yilning aprel oyidagi holatiga (quyidagi jadvalda qavs ichida koʻrsatilgan) asoslandi. 40ta jamoa 5ta savatchalarga taqsimlandi:
5ta savtachaning har biridan bittadan jamoa olinib, guruhlar tuzildi.
Ikkinchi rounddaga jamoalar reytingi 2015-yilning aprel oyidagi FIFA reytingiga asoslangan boʻlsa, birinchi rounddagi jamoalar 2015-yilning yanvar oyidagi FIFA reytingiga asoslangan edi. Shuning uchun, birinchi round gʻoliblarining (qiya harflar bilan yozilgan) aprel oyidagi reytingi avvalgi yanvar oyidagi reytingiga qaraganda yuqoriladi va 5-savatcha jamoalaridan yuqori ochkolarni toʻpladi (masalan:Hindiston 3-savatchada, Sharqiy Timor va Butan 4-savachaga joylashtirildi).
Guruhlar
Taybreyklar
Ushbu roundda guruh bahslarida terma jamoalar quyidagi kriteriyalar boʻyicha reytinglanadi:
A guruhi
B guruhi
C guruhi
D guruhi
E guruhi
F guruhi
G guruhi
H guruhi
2-oʻrinni olgan jamoalar reytingi
Eng yaxshi natijali 4ta 2-oʻrinni egallagan jamoalar quyidagi kriteriyalar boʻyicha aniqlanadi:
FIFA Indoneziyani musobaqalardan chetlatgandan keyin, F guruhida 4ta terma jamoa, qolgan guruhlarda esa 5tadan terma jamoa boʻldi. Shuning uchun, 5tadan tema jamoasi boʻlgan guruhlarning 2-oʻrinini olgan jamoasi guruhdagi eng oxirgi oʻrinni olgan jamoa bilan boʻlgan oʻyini hisoblanmaydi.
4-oʻrinni olgan jamoalar reytingi
Eng yaxshi natijali 4ta 4-oʻrinni egallagan jamoalar quyidagi kriteriyalar boʻyicha aniqlanadi:
FIFA Indoneziyani musobaqalardan chetlatgandan keyin, F guruhida 4ta terma jamoa, qolgan guruhlarda esa 5tadan terma jamoa boʻldi. Shuning uchun, 5tadan tema jamoasi boʻlgan guruhlarning 4-oʻrinini olgan jamoasi guruhdagi eng oxirgi oʻrinni olgan jamoa bilan boʻlgan oʻyini hisoblanmaydi.
Toʻpurarlar
106ta oʻyinda 358ta gol urildi, har bir oʻyinga oʻrtacha 3.38ta gol toʻgʻri keldi .
9 gol
8 gol
7 gol
6 gol
5 gol
4 gol
3 gol
2 gol
1 gol
1 avtogol
Ilovalar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org