FIFA Jahon chempionati 2014 pley-off bosqichi
FIFA Jahon chempionati 2014 pley-off bosqichi musobaqaning guruh bosqichidan keyingi, ikkinchi va final bosqichidir. Ushbu bosqich 28-iyunda nimchorak final uchrashuvi bilan boshlanib, 13-iyulda oxirgi final uchrashuvi bilan yakunlanadi, final uchrashuvi Rio-de-Janeyrodagi Maracanã stadionida boʻlib oʻtadi. Har bir guruhning 1 va 2-oʻrinini olgan terma jamoalar (jaʼmi 16ta) pley-off bosqichida olimpiada sistemasi boʻyicha kuch sinashishadi. Yarim finalda magʻlub boʻlgan ikki jamoa 3-oʻrin uchun bellashadi.
Pley-off bosqichda uchrashuvlar (shuningdek, final) asosiy 90 daqiqada hisob teng boʻlsa, qoʻshimcha yana 15 daqiqadan 2 taym jami 30 daqiqa qoʻshimcha vaqt beradi. Agar oʻshanda ham hisob ochilmasa, jamoalar penaltilar seriyasini amalga oshirishi orqali gʻolib jamoani aniqlab oladilar.
Quyidagi oʻyin vaqtlari Braziliya mahalliy vaqti boʻyicha yozilgan (UTC−3).
Saralangan jamoalar
Sxema
Nimchorak final
Shu vaqtgacha bu ikki terma jamoa 68 marta bir biriga qarshi maydonga tushishgan, shulardan 3tasi jahon chempionatlari pley-off bosqichlariga toʻgʻri kelgan, barchasida Braziliya gʻalaba qozongan (1962-yil yarim final: 4–2; 1998-yil nimchorak final: 4–1; 2010-yil nimchorak final: 3–0).
Braziliya - Chili
Kolumbiya - Urugvay
Bu ikki jamoa ilgari 38 marta bir biri bilan kuch sinashishgan, shundan FIFA Jahon chempionati 1962 guruh bosqichida 2-1 hisobida Urugvay yutgan edi. Ularning eng oxirgi uchrashuvi FIFA Jahon chempionati 2014 saralash bahslarida boʻlgan, har ikki terma jamoa oʻz maydonida gʻalaba qozongan, Kolumbiya 4–0 va Urugvay 2–0 hisobida yutgan edi.. Urugvay futbolchisi Luis Suárez italiyalik futbolchi Giorgio Chiellinini guruh bosqichi oʻyinida tishlab olganligi uchun FIFA tomonidan qattiq jazolandi, shu sababli u ushbu oʻyinda oʻynamadi..
Eslatma
Niderlandlar - Meksika
Shu vaqtgacha bu ikki terma jamoa 6 marta uchrashgan, shundan, FIFA Jahon chempionati 1998 guruh bosqichida 2–2 hisobida durangga kelishgan edi. Meksika yarimhimoyachi José Juan Vázquez sariq kartochkalar soni tufayli ushbu oʻyinni oʻtkazib yubordi.
Kosta Rika - Yunoniston
Bu ikki terma jamoa shu vaqtgacha umuman uchrashmagan.
Eslatma Fransiya - Nigeriya
Bu ikki terma jamoa bir marta 2009-yili oʻrtoqlik uchrashuvida bir biriga qarshi oʻynagan va oʻshanda Nigeriya 1-0 hisobida yutgan edi.
Olmoniya - Jazoir
Ilgari bu ikki terma jamoa 2 ta uchrashuvda kuch sinashishgan, FIFA Jahon chempionati 1982 guruh bosqichida oʻynagan va oʻshanda Jazoir 2–1 hisobida gʻalaba qozongan.
Argentina - Shveysariya
Shu vaqtga qadar bu ikki terma jamoa 6 marta bir biriga qarshi maydonga tushishgan, Shulardan, FIFA Jahon chempionati 1966 guruh bosqichida oʻynagan, oʻshanda Argentina 2–0 hisobida yutgan edi.
Belgiya - AQSh
Shu vaqtga qadar, bu ikki jamoa 5 marta bir biriga qarshi oʻynagan, shulardan biri,FIFA Jahon chempionati 1930 guruh bosqichida boʻlgan va AQSh 3–0 hisobida zafar quchgan, oʻsha oʻyin AQShning jahon chempionatlari tarixida ilk oʻyini edi. Bu ikki terma jamoa oʻrtasida 2014-yil 12-iyunda San Pauluda norasmiy oʻrtoqlik uchrashuvi belgilangan edi, ammo, chempionat ochilish marosimiga toʻgʻri kelganligi sababli, shahar koʻchalari tirband boʻlib, transport harakati sekinlashgan, oqibatda bu uchrashuv qoldirilgan .
Belgiya yarimhimoyachisi Steven Defour bu oʻyinni oʻtkazib yubordi, sababi, guruh basqichining oxirgi Janubiy Koreya bilan boʻlgan oʻyinda, futbolchi yomon hatti-harakat qilgan, shu yomon xulqi uchun ushbu oʻyinni oʻtkazib yubordi.
Belgiyaning ushbu gʻalabasi bilan, jahon chempionatlari tarixida ilk bora, guruhda 1-oʻrinni olgan barcha jamoalar chorak finalga chiqishdi.
Chorak final
Fransiya - Olmoniya
Ilgari bu ikki jamoa 25 marta bir biriga qarshi toʻp surishgan, shulardan uchtasi jahon chempionatlari hissasiga toʻgʻri keladi (1958-yil 3-oʻrin uchun kechgan bahsda: Fransiya 6–3 Gʻarbiy Olmoniya; 1982-yil yarim finalda: Fransiya 3–3 (qarangv) Gʻarbiy Olmoniya, Gʻarbiy Olmoniya penaltilar seriyasidan 5-4 hisobida yutgan edi; 1986-yil yarim finalda: Fransiya 0–2 Gʻarbiy Olmoniya).
Braziliya - Kolumbiya
Shu vaqtga qadar bu ikki jamoa 25 marta bir biriga qarshi maydonga tushishgan, ammo, jahon chempionatlrida umuman uchrashmagan. Bu Kolumbiyaning ilk jahon chempionatining chorak finalida oʻynashidir. Braziliya yarimhimoyachisi Luiz Gustavo sariq kartochkalar soni boʻyicha ushbu uchrashuvni oʻtkazib yubordi. Bu oʻyin 54ta qoida buzilganligi bilan jahon chempionatlarida rekord oʻrnatdi, shulardan biri 88-daqiqada Kolumbiyalik himoyachi Juan Camilo Zúñiga hujumchi Neymarga nisbatan qoʻpollik ishlatdi, natijada umurtqa suyagi sindi va Neymar ushbu musobaqada boshqa ishtirok etolmaydi.
Argentina - Belgiya
Shu vaqtga qadar bu ikki jamoa 3 marta bir biriga qarshi toʻp surishgan, shulardan ikkitasi jahon chempionatlarida kechgan (1982-yili guruh bosqichida: Argentina 0–1 Belgiya; 1986-yili yarim finalda: Argentina 2–0 Belgiya). Argentina himoyachisi Marcos Rojo sariq kartochkalar soni tufayli ushbu uchrashuvni oʻtkazib yubordi.
Niderlandlar - Kosta Rika
Bu ikki terma jamoa shu vaqtga qadar umuman bir biriga qarshi oʻynamagan. Bu Kosta Rikaning ilk bora jahon chempionatining chorak finaliga qadar yetib kelishi. Kosta Rika himoyachisi Óscar Duarte, oldingi nimchorak finalda Yunoniston bilan boʻlgan oʻyinda qizil kartochka olib maydonni tark etgani uchun, ushbu oʻyinni oʻtkazib yubordi.
Yarim final
Braziliya - Olmoniya
Shu vaqtga qadar bu ikki terma jamoa 21 marta bir biriga qarshi oʻynagan, shulardan biri FIFA Jahon chempionati 2002 musobaqasining finalida boʻlgan, Braziliya oʻshanda 2–0 hisobida gʻalaba qozonib oltin medalarga ega boʻlgan edi.
Braziliya himoyachisi Thiago Silva sariq kartochkalar soni boʻyicha ushbu uchrashuvni oʻtkazib yubordi, hamda, hujumchi Neymar chorak finalda Kolumbiya terma jamoasi bilan boʻlgan oʻyinda umurtqa suyagini sindirib olganligi tufayli, butun musobaqa davomida maydonga tusholmaydi.
Bu Braziliyaning eng yomon magʻlubiyatlaridan biri boʻldi (1920-yili Urugvayga 6-0 hisobida yutqazgan). Miroslav Klosening 23-daqiqada urgan goli (7ta golning ikkinchi goli) jahon chempionatlarida urgan 16-goli boʻldi, natijada, 15ta gol bilan 1-oʻrinda boʻlib kelgan Braziliyalik afsonaviy futbolchi Ronaldodan oʻzib ketdi. Shuningdek, bu uchrashuv 1938-yil Polsha bilan boʻlgan uchrashuvdan beri jahon chempionatlarida Braziliyaning eng koʻp gol oʻtkazgan oʻyini boʻldi.
Niderlandlar - Argentina
Ilgari bu ikki jamoa 8 marta uchrashishgan, shulardan 4 tasi jahon chempionatlarida boʻlgan: FIFA Jahon chempionati 1974 musobaqasining 2-guruh bosqichida Niderlanlar Argentinani 4-0 va FIFA Jahon chempionati 1998 musobaqasining chorak finalida 2-1 hisobida yutgan, 1978-yilgi jahon chempionatining finalida Argentina Niderlanlarni (qoʻshimcha vaqtlarda) 3–1 hisobida yutgan va 2006-yilgi chempionatning guruh bosqichida bu ikki jamoa 0-0 hisobida durangga kelishgan edi.
Uchinchi oʻrin uchun: Braziliya - Niderlandlar
Ilgari bu ikki jamoa 11ta uchrashuvda bir biriga qarshi oʻynagan, shulardan 4tasi jahon chempionatlarida boʻlib oʻtgan: FIFA Jahon chempionati 1974 guruh bosqichida Niderlandlar 2-0 hisobida va FIFA Jahon chempionati 2010 musobaqasining chorak finalida 2-1 hisobida gʻalaba qozongan, Braziliya esa FIFA Jahon chempionati 1994 musobaqasining chorak finalida 3-2 hisobida va FIFA Jahon chempionati 1998 musobaqasining yarim finalida asosiy va qoʻshimcha taymlardan keyin 1-1 hisobida durangdan soʻng penaltilar seriyasida 4-2 hisobida gʻalaba qozongan edi.
Niderlandlarning asosiy futbolchisi Wesley Sneijder ushbu oʻyinda oʻynashi shubhasiz edi, ammo, oʻyin boshlanishi oldidan qizib olish mashgʻulotida kichik jarohat oladi va Jonathan de Guzmán uning oʻrniga maydonga tushdi. Braziliya sardori va himoyachisi Thiago Silva sariq kartochkalar soni tufayli Olmoniyaga qarshi oʻyinda maydonga tushmagan edi va ushbu oʻyinga qaytdi.
Final: Olmoniya - Argentina
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org