FIFA Jahon chempionati 2014 G guruhi




FIFA Jahon chempionati 2014 G guruhi Olmoniya, Portugaliya, Gana hamda Amerika Qoʻshma Shtatlari terma jamoalaridan iborat. Oʻyinlar 2014-yilning 16-iyunidan 26-iyunigacha boʻlib oʻtadi.

Jamoalar




Ilovalar

Jadval





Oʻyinlar



Olmoniya - Portugaliya



Ilgari bu ikki jamoa 17 marta bir biriga qarshi oʻynagan, shuningdek, FIFA Jahon chempionati 2006 musobaqasida 3-oʻrin uchun kuch sinashishgan va Olmoniya 3–1 hisobida gʻalaba qozongan edi. Ularning eng oxirgi uchrashuvi UEFA Yevropa chempionati 2012 guruh bosqichida boʻlgan va oʻshanda Olmoniya 1–0 hisobida yutgan.

Jahon chempionatlar tarixida ushbu oʻyin Olmoniyaning 100-oʻyinni boʻldi, 100ta oʻyin oʻtkazgan birinchi jamoa boʻldi. Müllerning het-trigi jahon chempionatlari tarixida het-trikka erishgan 7-olmon futbolchisi boʻldi.

Gana - AQSh



Shu vaqtga qadar bu ikki terma jamoa 2 marta bir biriga qarshi oʻynagan, har ikkisi ham jahon chempionatlarida kechgan, ikki oʻyinda ham Gana Amerika ustidan gʻalaba qozongan. 2006-yili guruh bosqichida, Gana 2–1 hisobida va 2010-yili pley-off bosqichida, Gana yana qoʻshimcha taymda 2–1 hisobida zafar quchgan edi.

Dempseyning jarima toʻpidan keyin urgan goli FIFA tomonidan rasman 30-soniyada urilgan gol deb tan olindi, ushbu gol jahon chempionatlari tarixida 15-eng tez urilgan gol boʻldi va Amerikalik futbolchilar orasida eng tez gol hisoblanadi. Dempsey shuningdek, jahon chempionatida 3ta gol urgan 1-Amerikalik futbolchidir.

Olmoniya - Gana



Ilgari bu ikki terma jamoa 2 marta uchrashgan, shulardan biri FIFA Jahon chempionati 2010 guruh bosqichida boʻlgan va Olmoniya 1–0 hisobida gʻalaba qozongan edi.

AQSh - Portugaliya



Bu ikki jamoa oʻtgan oʻyinlarda 5 marta bir biriga qarshi maydonga tushgan, shulardan FIFA Jahon chempionati 2002 guruh bosqichida oʻynagan va AQSh 3–2 hisobida gʻalaba qozongan edi. Portugal himoyachisi Pepe undan oldingi Olmoniya bilan boʻlgan uchrashuvda qizil kartochka olganligi tufayli ushbu oʻyinni oʻtkazib yubordi.

Varelaning goli (94:33) jahon chempionatlari tarixida asosiy vaqtda eng kech urilgan gol boʻlib qoldi. Bu uchrashuv, shuningdek, jahon chempionatlari tarixida 1-marta salqinlash uchun tanaffuz boʻlgan uchrashuv boʻlib qoldi, hakam 39-daqiqada oʻyinni toʻxtatib turgandi .

AQSh - Olmoniya



Shu vaqtgacha bu ikki terma jamoa 9 marta uchrashishgan, shulardan, ikkita uchrashuv jahon chempionatlariga toʻgʻri keladi, har ikkisida Olmoniya gʻalaba qozongan (1998-yili guruh bosqichida: 2–0; 2002-yili chorak finalda: 1–0). Amaldagi Amerika bosh murabbiyi Jürgen Klinsmann Olmoniya tarkibida 3 ta jahon chempionatida toʻp surgan (u 1998-yili AQSh bilan boʻlgan oʻyinda 2-golga mualliflik qilgan) hamda u 2006-yili hozirgi Olmniya terma jamoasi murabbiyi Joachim Löw bilan assistent sifatida birga ishlashgan.

Portugaliya - Gana



Bu ikki jamoa oldin umuman bir biriga qarshioʻynamagan. Gana yarimhimoyachisi Sulley Muntari sariq kartochkalar soni tufayli ushbu oʻyinni oʻtkazib yubordi. Shuningdek, Kevin-Prince Boateng jamoadoshi Muntari bilan tortishib qolganligi tufayli noaniq muddatga futbolda chetlatildi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz