FIFA Jahon chempionati 2014 F guruhi
FIFA Jahon chempionati 2014 F guruhi Argentina, Bosniya va Gersegovina, Eron hamda Nigeriya terma jamoalaridan iborat. Oʻyinlar 2014-yilning 15-iyunidan 25-iyunigacha boʻlib oʻtadi.
Jamoalar
Ilovalar
Jadval
Oʻyinlar
Argentina - Bosniya va Gersegovina
Bu ikki jamoa oldin ikki marta uchrashishgan, har ikkisi ham oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlgan, 2013-yili oxirgi marta bir biri bilan oʻynagan.
Oʻyin boshlanganidan 2 daqiqayu 9 soniya oʻtib Kolašinacning avtogoli jahon chempionatlari tarixida eng tez urilgan avtogol rekordini yangiladi, undan oldin Paragvaylik Carlos Gamarraning avtogoli (2 daqiqayu 46 soniya) peshqadamlik qiloyatgan edi. Oʻshanda Paragvay FIFA Jahon chempionati 2006 birinchi guruh bosqichi oʻyinida Angliyaga qarshi oʻynagan edi.
Eron - Nigeriya
Ilgari bu ikki jamoa bir marta 1998-yil oʻrtoqlik uchrashuvida bellashgan.
Bu uchrashuv ushbu jahon chempionatida 12ta gʻolib va magʻlublari aniqlangan oʻyinlardan keyin ilk durang qayd etilgan oʻyin boʻldi hamda 1930-yili yaʼni umuman durang qayd etilmagan jahon chempionatidan beri, ilk bora uzoq vaqt durangni kutgan oʻyin boʻldi. Shuningdek, jahon chempionatlarida ilk bora Eron oʻz darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi.
Argentina - Eron
Bu ikki jamoa oldin bir marta 1977-yili oʻrtoqlik uchrashuvida oʻynagan.
Nigeriya - Bosniya va Gersegovina
Ilgari bu ikki jamoa umuman uchrashishmagan.
Nigeriya - Argentina
Bu ikki jamoa oldin 6 marta bir biriga qarshi oʻynagan, shulardan 3tasi jahon chempionatlari guruh bahslariga toʻgʻri keladi, barchasida Argentina gʻalaba qozongan (1994-yili: 2–1; 2002-yili: 1–0; 2010-yili: 1–0). Oxirgi marta bu ikki jamoa 2010-yili uchrashgan.
Bosniya va Gersegovina - Eron
Bu ikki jamoa shu vaqtga qadar 5 marta oʻynagan, barchasi oʻrtoqlik uchrashuvlari boʻlgan, eng soʻnggi oʻyin 2009-yili boʻlgan.
Bosniyaning bu gʻalabasi jahon chempionatlari finalida birinchisidir.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org