FIFA Jahon chempionati 2014 C guruhi
FIFA Jahon chempionati 2014 C guruhi Kolumbiya, Yunoniston, Fil Suyak Sohili hamda Yaponiya terma jamoalaridan iborat. Oʻyinlar 2014-yilning 14-iyunidan 24-iyunigacha boʻlib oʻtadi.
Jamoalar
Ilovalar
Jadval
Oʻyinlar
Kolumbiya - Yunoniston
Ikki jamoa eng oxirgi marta 1994-yili oʻrtoqlik oʻyinida uchrashgan, oʻshanda Kolumbiya 2-0 hisobida gʻalaba qozongan edi. Kolumbiya yarimhimoyachasi Fredy Guarín ushbu oʻyinda qatnashmadi, chunki saralash bahslarida Paragvay terma jamoasi bilan oʻyinda qizil kartochka olib chetlatilgan edi.
Kolumbiyaning 3-0 hisobidagi gʻalabasi jahon chempionatlari tarixida eng yirik hisobdagi gʻalabasi boʻldi.
Fil Suyak Sohili - Yaponiya
Bu ikki terma jamoa oldin 3 marta roʻbaroʻ kelishgan, barchasi oʻrtoqlik uchrashuvlari, oxirgi oʻyini 2010-yili boʻlib oʻtgan.
Kolumbiya - Fil Suyak Sohili
Oldin bu ikki terma jamoa umuman bir biriga qarshi maydonga tushmagan.
Yaponiya - Yunoniston
Bu ikki terma jamoa ilgari bir marta FIFA Konfedearatsiyalar kubogi 2005 guruh bosqichida bir biriga qarshi oʻynagan, oʻshanda Yaponiya 1–0 hisobida gʻalaba qozongan edi.
Yaponiya - Kolumbiya
Shu vaqtgacha bu ikki jamoa 2 marta bir biriga qarshi oʻynagan, oxirgi oʻrtoqlik oʻyini 2007-yili boʻlib oʻtgan, shuningdek FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2003 guruh bosqichida oʻynagan va Kolumbiya 1-0 hisobida gʻalaba qozongan edi..
Faryd Mondragón jahon chempionatlarida qatnashgan eng yoshi katta futbolchi sifatida tarixda qoldi, oʻyin tugashiga 5 daqiqa qolganda maydonga tushdi va u oʻshanda 43 yoshu, 3 kun yoshda edi.
Yunoniston - Fil Suyak Sohili
Shu vaqtga qadar bu ikki terma jamoa umuman uchrashmagan. Yunon yarimhimoyachisi Kostas Katsouranis (oʻtgan oʻyindagi sariq kartochka) va Fil Suyak Sohili himoyachisi Didier Zokora (sariq kartochkalar soni 2taga yetganligi) tufayli bu oʻyinni oʻtkazib yubordi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org