FIFA Jahon chempionati 2014 B guruhi




FIFA Jahon chempionati 2014 B guruhi Ispaniya, Niderlandlar, Chili hamda Avstraliya terma jamoalaridan iborat. Oʻyinlar 2014-yilning 13-iyunidan 23-iyunigacha boʻlib oʻtadi.

Jamoalar




Ilovalar

Jadval





Oʻyinlar



Ispaniya - Niderlandlar



Bu ikki terma jamoa tarixda 10 marta qarama qarshi maydonga tushishgan, FIFA Jahon chempionati 2014 finalida ham chempionlik uchun kurashishgan va oʻshanda ispanlar qoʻshimcha vaqtda 1-0 hisobida gʻalaba qozonib oltin medallarga ega boʻlishgandi. Birinchi marta bu ikki oʻtgan jahon chempionati finalchilari bu chempionatga kelib bitta guruhga tushishdi.

1-5 hisobidagi magʻlubiyat sobiq chempion uchun jahon chempionati tarixida eng yirik magʻlubiyat boʻlib tarixda qoldi hamda Ispaniyaning 1950-yildan beri jahon chempionatlaridagi eng katta magʻlubiyatidir. Van Persie va Robbenning gollari birinchi marta niderland futbolchilari orasida uchta jahon chempionatlarida urgan goli boʻldi.

Chili - Avstraliya



Bu ikki terma jamoa avval 4 marotaba yuzma yuz toʻqnashgan, FIFA Jahon chempionati 1974 musobaqasida guruh bosqichida raqib boʻlishgan va 0-0 hisobida durangga erishgan.

Avstraliyaning 1ta goli bilan Tim Cahill Avstraliya tarixida uchta jahon chempionatida gol urgan ilk futbolchi boʻldi, hamda chililik Beausejour 2ta jahon chempionatlarida gol urgan Chili boʻyicha ilk futbolchi boʻldi.

Avstraliya - Niderlandlar



Bu ikki terma jamoa ilgari uch marootaba kuch sinashishgan, barchasi oʻrtoqlik uchrashuvlari boʻlgan, eng oxirgi uchrashuvi 2009-yili boʻlgan.

Ispaniya - Chili



Ilgari bu ikki jamoa oʻn marta uchrashishgan, shulardan ikkita uchrashuv jahon chempionati guruh bosqichlarida kechgan, ikki oʻyin ham Ispaniyaning gʻalabasi bilan tugagan (1950: 2–0; 2010: 2–1).

Avstraliya - Ispaniya



Shu vaqtgacha bu ikki terma jamoa umuman uchrashishmagan. Avstraliya hujumchisi Tim Cahill sariq kartochkalar soni tufayli bu oʻyinni oʻtkazib yubordi. Bu oʻyin ikki jamoa uchun shunchaki rasmiyatchilik uchun boʻldi, chunki, har ikki jamoa oldingi oʻyindan keyin nimchorak finaldan mahrum boʻlgan edi.

Niderlandlar - Chili



Bu ikki terma jamoa shu vaqtgacha bir marta uchrashishgan, u ham boʻlsa 1928-yilgi yozgi olimpiada oʻyinlarida bir biriga qarshi oʻynagan. Niderlandlar hujumchisi Robin van Persie sariq kartochkalar soni tufayli ushbu oʻyinni oʻtkazib yubordi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz