FIFA Ayollar oʻrtasidagi jahon chempionati (2019)




2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati sakkizinchi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati boʻlib, FIFAga aʼzo futbol assotsiatsiyalar vakillari boʻlgan 24 nafar ayollar jamoasi ishtirokidagi har toʻrt yilda bir oʻtkaziladigan xalqaro futbol chempionati boʻldi. 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 2019-yilning 7-iyunidan 7-iyuliga qadar boʻlib oʻtdi.

2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati doirasida Fransiyaning toʻqqiz shahrida 52 ta oʻyin boʻlib oʻtdi. Fransiya 2015-yilning mart oyidagi FIFA qaroriga asosan birinchi marta FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqiga ega boʻldi. 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati videoyordamchi hakam (VAR) tizimidan foydalanilgan birinchi ayollar Jahon chempionati boʻldi. Ushbu yilgi Jahon chempionati Avstraliya va Yangi Zelandiyada oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan 2023-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati oldidan (2023-yilgi turnirda 32 ta jamoa ishtirok etishi moʻljallangan) 24 jamoa oʻrtasida tashkil etilgan ikkinchi Jahon chempionati edi.

Amerika Qoʻshma Shtatlari ayollar milliy futbol jamoasi 2015-yilda Kanadada boʻlib oʻtgan Jahon chempionatidagi gʻalabadan soʻng amaldagi chempion sifatida ushbu yilgi turnirda ishtirok etdi va 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati finalida Niderlandiya ayollar milliy futbol jamoasi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonib, oʻz unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Shunday qilib, AQSh ayollar jamoasi oʻzlarining rekord darajadagi toʻrtinchi chempionligini qoʻlga kiritishdi va Germaniya ayollar milliy futbol jamoasidan keyin chempionlikni muvaffaqiyatli saqlab qolgan (yaʼni ketma-ket ikki marta chempion boʻlgan) ikkinchi davlatga aylanishdi. Germaniyadan farqli oʻlaroq, bu gʻalaba alohida ajralib turardi. Chunki Qoʻshma Shtatlar jamoasi 2015 va 2019-yilgi Jahon chempionatlarida bitta bosh murabbiy (Jill Ellis) qoʻl ostida gʻolib boʻlishdi. Bu natija (Jahon chempionatlarida ketma-ket bitta bosh murabbiy qoʻl ostida chempion boʻlish) Vittorio Pozzo qoʻl ostida 1934 va 1938-yillardagi FIFA erkaklar oʻrtasidagi Jahon chempionatlarida chempion boʻlgan Italiya erkaklar milliy jamoasidan keyingi 81 yil ichida birinchi marta sodir boʻlgan edi.

2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati oʻyinlari butun dunyo boʻylab translyatsiya qilingan va umumiy hisobda 1,12 milliard kishilik bevosita va onlayn tarzda oʻyinlarni tomosha qilgan auditoriyani oʻziga jalb qilgan.


2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqi



2014-yil 6-mart kuni FIFA ayollar oʻrtasidagi 2019-yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqi uchun tender (tanlov) boshlangani eʼlon qilindi. Turnirni oʻtkazishdan manfaatdor boʻlgan aʼzo assotsiatsiyalar 2014-yil 15-aprelgacha oʻzlarining mezbonlik qilish istagi toʻgʻrisidagi deklaratsiyasini va 2014-yil 31-oktabrgacha tender hujjatlarining toʻliq toʻplamini taqdim etishlari kerak edi. Umumqoida sifatida FIFA 2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati va 2018-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati bir davlatda oʻtkazilishini maʼqul koʻrdi, biroq tender komisssiya ushbu ikki chempionatni alohida-alohida davlatlar hududida oʻtkazish haqida qaror chiqarish huquqini saqlab qoldi.

Dastlab beshta davlat 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatini oʻtkazishga qiziqish bildirgan. Ular: Fransiya, Angliya, Janubiy Koreya, Yangi Zelandiya va Janubiy Afrika Respublikasi. Angliya ham, Yangi Zelandiya ham 2014-yilning aprel oyigacha oʻzlarining mezbonlik qilish istagi toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarini roʻyxatdan oʻtkazishdi, ammo 2014-yil-iyun oyida har ikki davlat futbol assotsiatsiyalari 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqi uchun oʻtkazilayotgan tenderda ishtirok etishni davom etmasliklarini eʼlon qilishdi. Janubiy Afrika Respublikasi ham 2014-yil aprel oyigacha qoʻzining mezbonlik qilish istagi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani roʻyxatdan oʻtkazdi, lekin keyinroq oktyabr oyining oxirida tenderda ishtirok etishdan voz kechishga qaror qildi. Yaponiya ham, Shvetsiya ham 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qiligash huquqi daʼvogarlik qilish istagini bildirgan edi, ammo Yaponiya regbi boʻyicha 2019-yilgi Jahon kubogi va 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlariga koʻproq eʼtibor qaratishni tanladi, Shvetsiya esa Yevropa U-17 chempionatiga koʻproq eʼtibor qaratishga qaror qildi. Fransiya va Janubiy Koreya 2014-yil 31-oktabrgacha tender ostidagi toʻliq hujjat toʻplamini taqdim etish orqali 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqi uchun kurashishni davom ettirishdi.

2015-yil 19-mart kuni Fransiya 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati va 2018-yilgi ayollar oʻrtasidagi U-20 Jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun huquqini rasman yutib oldi. Bu qaror FIFA Ijroiya Qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan ovoz berishdan soʻng qabul qilindi.Tenderdan soʻng, Fransiya ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan uchinchi Yevropa davlati (Shvetsiya va Germaniyadan keyin) boʻldi. Shuningdek, Fransiya 1938 va 1998-yillarda erkaklar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan toʻrtinchi Yevropa davlat hamdir. Fransiya 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga mezbonlik qilishdan oldin 2016-yilgi UEFA Yevropa chempionatiga ham mezbonlik qilgan edi.


2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qatnashish uchun Konfederatsiyalarga ajratilgan kvotalar



Konfederatsiyalar uchun ajratilgan kvotalar soni FIFA Kengashi tomonidan 2016-yil 13-14-oktyabrda tasdiqlangan. Har bir Konfederatsiya uchun kvotalar (oʻrinlar) 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatigidagidan oʻzgarmadi, faqat mezbon davlat uchun ajratiladigan kvota CONCACAFdan (Kanada) UEFAga (Fransiya) koʻchirilgan.

2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bahslari 2017-yilning 3-aprelida boshlanib, 2018-yilning 1-dekabrida yakuniga yetdi.


Saralashdan oʻtgan jamoalar roʻyxati



2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga jami 24 ta jamoa yoʻllanma oldi. Har bir jamoaning FIFAdagi reytingi 2019-yil mart oyi holatiga koʻra qavs ichida koʻrsatilgan.

Chili, Yamayka, Shotlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi ayollar milliy futbol jamoalari ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida birinchi bor qatnashishdi, Italiya ayollar milliy futbol jamoasi esa 1999-yildan beri birinchi marta, Argentina ayollar milliy futbol jamoasi esa 2007-yildan beri birinchi marta ishtirok etdi. Braziliyaiya, Germaniya, Yaponiya, Nigeriya, Norvegiya, Shvetsiya va Qoʻshma Shtatlar ayollar milliy futbol jamoalari esa oʻzlarining sakkizinchi Jahon chempionatiga yoʻllanma olishdi va shu paytgacha oʻtkazilgan har bir FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga qatnashish seriyasini davom ettirishdi.


2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati oʻtkazilgan stadionlar



Fransiyadagi 12 ta stadion 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati oʻyinlarini oʻtkazish uchun ehtimoliy stadionlar roʻyxatiga kiritildi. Yakuniy 9 ta stadion roʻyxati esa 2017-yil 14-iyun kuni eʼlon qilindi. Dastlabki roʻyxat orasidan Nantes shahridagi Stade de la Beaujoire, Nancy shahridagi Stade Marcel-Picot va Auxerre shahridagi Stade de l’Abbé-Deschamps stadionlari chiqarib tashlandi.

2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining yarim final va final oʻyinlari Lion shahrining Desin-Sharpie chekkasida joylashgan, 58 000 tomoshabinga moʻljallangan Parc Olympique Lyonnais stadionida, ochilish oʻyini esa Parijdagi Parc des Princes stadionida boʻlib oʻtdi. 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati 24 jamoali formatda ikki davrali oʻyinlarsiz oʻtkaziladigan birinchi turnir boʻldi.


2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati hakamlari



2018-yil 3-dekabr sanasida FIFA 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga hakamlik qiladigan 27 nafar bosh hakam va 48 nafar yordamchi hakamlar roʻyxatini eʼlon qildi. 2019-yil 4-iyunda esa FIFA kanadalik hakam Carol Anne Chenard va xitoylik yordamchi hakam Kui Yongmeilarni sogʻliqqa oid sabablar tufayli turnir hakamlar roʻyxatidan chiqqanini maʼlum qildi.

2019-yil 15-mart kuni FIFA Kengashi birinchi marta FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati turnirida videoyordamchi hakam (J) tizimidan foydalanishni maʼqulladi. BU texnologiya avvalroq 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtgan erkaklar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qoʻllanilgan edi. 2019-yil 2-may kuni FIFA tomonidan oʻn besh nafar VAR rasmiy hakamlari eʼlon qilindi.

2019-yilning 26-iyunida 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati chorak finallari va undan keyingi oʻyinlarda hakamlik qiluvchi 11ta hakamlar jamoasi eʼlon qilindi. Oʻyin bosh hakamlari orasida Edina Alves Batista, Mari-Soleil Beoudoin, Melissa Borjas, Stephanie Frappart, Kete Jacewicz, Katalin Kulcsár, Katerina Monzul, Anastasia Pustovoitova, Qin Liang, Claudiya Umpierrez va Lucila Venegaslar bor edi. 2019-yil 5-iyul kuni FIFA fransiyalik hakam Stephanie Frappart AQSh va NIderlandiya oʻrtasidagi final oʻyinini boshqarib borishini eʼlon qildi.


Qur’a tashlash



2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi 2018-yil 8-dekabr, Markaziy Yevropa vaqti bilan 18:00 (UTC+1)da Bulon-Bilankur okrugi, Île Seguin orolidagi La Seine Musicaleʼ binosida boʻlib oʻtdi. Bunda 24 ta jamoa toʻrtta jamoadan iborat oltita guruhga boʻlingan.

2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati qur’a tashlash marosimida 24 ta jamoa 2018-yil 7-dekabrda eʼlon qilingan FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon reytingi asosida toʻrtta qur’a tashlash savatiga ajratildi. Mezbon Fransiya jamoasi avtomatik tarzda 1-savatchaga joylashdi va qura tashlashda A1 oʻrinni egalladi. Birinchi boʻlib 1-savatchadagi jamoalarga qura tashlandi. Shundan soʻng 2, 3 va nihoyat 4-savatchadagi jamoalarga shu yoʻsinda qur’a tashlandi. Toʻqqizta kvotaga ega boʻlgan UEFAdan tashqari hech bir konfederatsiya bittadan ortiq qur’a tashlash savatchasiga tushmadi.

Har bir jamoa 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qatnashish uchun 2019-yilning 26-apreliga qadar 23 tadan 50 nafargacha futbolchidan iborat dastlabki ehtimoliy tarkibni taqdim etishi kerak edi. Dastlabki ehtimoliy tarkib ichidan har bir jamoa 2019-yil 24-may sanasigacha 23 nafar futbolchidan (ulardan uchtasi darvozabon boʻlishi kerak) yakuniy tarkibni nomlashi kerak edi. Yakuniy tarkibdagi oʻyinchilar jamoaning birinchi oʻyini boshlanishidan 24 soat oldin jiddiy jarohat yoki kasallik tufayli ehtimoliy tarkibdagi oʻyinchi bilan almashtirilishi mumkin.


2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining guruh bosqichi




2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati uchun oʻyinlar taqvimi 2018-yil 8-fevralda eʼlon qilingan. Yakuniy qura tashlash marosimidan soʻng FIFA tomonidan guruh bosqichining 6 ta boshlanish vaqti eʼlon qilindi.

2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida har bir guruhning eng yaxshi ikki jamoasi va 6ta guruhdagi uchinchi oʻrinni egallagan toʻrtta eng yaxshi jamoa 1/8 final (nimchorak final)ga yoʻl oldi.

Barcha oʻyinlar Markaziy Yevropa yozgi soat mintaqasi boʻyicha bir xiltda boshlangan (UTC+2).

2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatining birinchi tur yoki guruh bosqichida yigirma toʻrtta jamoa toʻrtta jamoadan oltita guruhga boʻlingan. Har bir guruhda oʻyinlar oltita oʻyindan iborat bir davra formatida oʻtkazildi, unda har bir jamoa bir guruhdagi boshqa jamoalarning har biri bilan bir martadan oʻyin oʻtkazdi. Jamoalarga gʻalaba uchun uch ochko, durang uchun bir ochko va magʻlubiyat uchun ochko berilmadi. Har bir guruhdan gʻolib va ikkinchi oʻrinni egallagan jamoalar, shuningdek, uchinchi oʻrinni egallagan eng yaxshi toʻrtta jamoa pley-off bosqichining birinchi bosqichiga yoʻllanma oldi.


2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati A guruhi




Fransiya va Janubiy Koreya




Norvegiya va Nigeriya




Nigeriya va Janubiy Koreya




Fransiya va Norvegiya




Nigeriya va Fransiya




Janubiy Koreya va Norvegiya





Guruh bosqichida eng yaxshi natija koʻrsatgan 4 ta uchinchi oʻrinni olgan jamoani aniqlash




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz