FIFA 2014 Jahon chempionati saralash (AFC)




FIFA 2014 Jahon chempionati saralash (AFC) uchun Osiyo Futbol Konfederatsiyasi FIFA 2014 Jahon chempionati saralash uchun (AFC)ga aʼzo boʻlgan 43 davlat 4 yoki 5 bosqichda Braziliyada boʻlib oʻtadigan final bosqichi uchun tanlab olinadi. FIFA qaroriga asosan Osiyo qitʼasi uchun 4,5 ta oʻrin ajratilgan, AFC saralashning final bosqichi uchun 4 bosqichda terma jamoalarni saralab oladilar, 4 gʻolib jamoa finalga toʻgʻridan toʻgʻri yoʻllanma oladi, berilgan 0,5 imkoniyat esa 5-davlatga nasib etib konfederatsiyalararo pley-off) CONMEBOLning 5-oʻrinini olgan jamoa bilan kuch sinashadi. (mas. 2010-yildan boshlab FIFA OFCga qarshi, 2006-yildan esa CONCACAFga qarshi shunday baxslarni belgilagan). Eron va Janubiy Koreya A guruhi hamda Yaponiya va Avstraliya B guruhi birinchi va ikkinchi oʻrinlarini egallab Braziliyaga yoʻllanma olishdi. A va B guruhining 3-oʻrinlarini olgan Oʻzbekiston hamda Iordaiya pley-offda kurashni davom ettiradi. Gʻolib jamoa CONMEBOLning 5-oʻrinini olgan jamoa bilan bellashadi.

Format



Asosiy saralash baxslari uchun, qurʼa tashlash marosimi 2011-yili 30-iyun kuni Braziliyada boʻlib oʻtdi. Bunga koʻra Braziliyada boʻladigan Jahon Chempionati uchun, FIFA AFC Musobaqalar Komitetiga 2010-yilgi tanlov formatini eʼlon qildi. Saralash baxslari uchun OFK musobaqa kalendarini joriy etdi, unga koʻra dastlabki uchrashuv 2010-yili 10-oktabrda boshlanadi.

Biroq, FIFA 2010 yilgacha maʼlum qiladiki, AFC 2014-yilgi Jahon Chempionati uchun saralash baxslarini 2011-yilning oʻrtalarida boshlanishini joriy etadi. 2010-yil 13-avgustida AFC saralash baxslari uchun 2010-yilgi chempionatga qoʻllagan formatni joriy etdi, hattoki, tanlovning final bosqichi qachon boʻlishi ham aniqlanmagan edi. Tanlovning final bosqichi baxslari 2011-yilning mart oyida eʼlon qilindi.

Terma jamoalar sonini 20 taga qisqartish uchun, saralash baxslari ikki (mehmon va mezbon) uchrashuvlari bilan birinchi oʻyin 2011-yilning 29-iyun, 2 va 3-iyullarda, ikkinchi oʻyin esa 23 va 28-iyunlarda boʻlib oʻtadi. 2010-yilgi formatga oʻxshash bu tanlovda ham 3-bosqich baxslarida 20 ta terma jamoa 4 tadan 5 guruhga (oʻyinlar 2011-yilning sentabr va 2012-yilning fevraligacha oʻtkaziladi) boʻlinadi. Har bir guruhning 1 va 2-oʻrinlari 4-(oxirgi)bosqichga chiqadi va 10ta jamoa yana 5 tadan 2 guruhga (uchrashuvlar 2012-yilning iyunidan 2013-yilning iyuniga qadar oʻtkaziladi) boʻlinadi. Natijada, final bosqichidagi har ikki guruhning 1 va 2-oʻrinini olgan terma jamoalar Jahon Chempionatiga toʻgʻridan toʻgʻri yoʻllanma oladilar. Guruhlarning 3-oʻrinini olgan ikkita jamoa esa oʻzaro 2 marta (mehmon va mezbon) uchrashuvlarini oʻtkazib, gʻolib jamoa KONMEBOL saralash baxslarida 5-oʻrinni olgan terma jamoasi bilan 2 marta (mehmon va mezbon) kuch sinashadi va gʻalaba qozongan terma jamoa qitʼasining 5-aʼzosi sifatida chempionatda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritadi.

Ishtirokchilar



AFC ning 46 aʼzosidan 43ta milliy terma jamolari saralash baxslarga kiritilgan. Saralash baxslari uchun oʻyinlar jadvali 2011-yil 8-martda AFC tomonidan taqdim qilindi. Bu baxslarda Guam va Butan terma jamolari ishtirok etmadilar.

Jamoalar baxslarini FIFA reytingiga qarab musobaqa jadvalini belgilab berdilar:

Eslatmalar

Birinchi bosqich




Birinchi bosqichda jamoalar (mezbon va mehmon) seriyali oʻyinlarni oʻtkazadilar, Osiyo reytingida eng quyida joy olgan 16 terma jamoa kuch sinashib, gʻolib jamoa ikkinchi bosqichga yoʻllanma oladi.

Saralash



Terma jamoalar ikkita savatga saralangan - Savat 1da 28-35 oʻrinlilar va Savat 2da 36-43 oʻrinlilar joy olgan.


Oʻyinlar



Osiyo qitʼasining saralash baxslarining birinchi bosqichi uchun qurʼa tashlash marosimi 2011-yil 30-martda Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida boʻlib oʻtdi. Birinchi uchrashuv 2011-yil 29-iyunda boʻldi, javob uchrashuvi esa 2011-yil 2 va 3-iyullarda boʻlib oʻtdi.

Ikkinchi bosqich




Ikkinchi bosqichda jamoalar (mezbon va mehmon) seriyali oʻyinlarni oʻtkazadilar, birinchi bosqichning 8ta gʻolib terma jamoasi va boshqa 6-27 oʻrinli 22 terma jamoalar birlashib oʻzaro ikki (mehmon va mezbon) seriyali baxs olib boradi, gʻolib jamoa uchinchi bosqichga yoʻllanma oladi.

Saralash



Terma jamoalar ikkita savatga saralangan - Savat 1da 6-20 oʻrinlilar va Savat 2da 21-27 oʻrinlilar va 8ta birinchi bosqich gʻoliblari joy olgan.

Shu belgili jamoalar birinchi bosqich gʻoliblari hisoblanadi, qurʼa tashlash vaqtida bilmaganlar uchun.


Oʻyinlar



Qurʼa tashlash birinchi bosqich qurʼasi bilan bir vaqtda belgilangan. Birinchi oʻyin 2011-yil 23-iyulda va ikkinchi javob uchrashuvi 2011-yil 28-iyulda boʻlib oʻtadi.

Uchinchi bosqich




Uchinchi bosqichdan musobaqalarga kirishadigan 5ta terma jamoalarga ikkinchi bosqichning 15ta gʻoliblari kelib qoʻshiladi. 2011-yili 30-iyulda Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahridagi Marina da Glóriada Jahon Chempionati Dastlabki Qurʼa tashlash marosimi boʻlib oʻtadi, unga koʻra uchinchi bosqichda terma jamoalar 5ta guruhga 4tadan boʻlinadi. Oʻyinlar 2011-yilning 2-sentabridan 2012-yilning 29-fevraligacha boʻlib oʻtadi. Har bir guruhning 1 va 2-oʻrinlari toʻrtinchi bosqichga yoʻllanma oladilar.

Saralash



Terma jamoalar savatlarga 2011-yilning iyul oyining FIFA reytingi boʻyicha joylashtirildi. (Qavslar ichida terma jamoalar reytingi koʻrsatilgan)

Eslatma.Suriya diskalifikatsiya tufayli oʻz oʻrnini Tojikistonga boʻshatib berdi. Ikkinchi bosqichning ikki uchrashuvida gʻalaba bilan Tojikiston terma jamoasi mukofatlandi va uchinchi bosqichga yoʻllanma oldi.

Guruhlar



A guruhi

B guruhi

C guruhi

D guruhi

E guruhi


Toʻrtinchi bosqich




Toʻrtinchi bosqichga koʻrib turganingizdek uchinchi bosqichdagi har guruhning 1 va 2-oʻrinini olgan jamoalar chiqishdi va ular 5tadan 2ta guruhga boʻlinishdi. Bu bosqichda har guruhning 1 va 2-oʻrinini olgan jamoa 2014-yili Braziliyada boʻladigan Jahon Chempionatining final bosqichiga chiqishadi. Guruhlarning 3-oʻrinlarini olgan ikki jamoa beshinchi bosqichda kuch sinashadi.

Saralash



Toʻrtinchi bosqich uchun qurʼa tashlash 2012-yili 9-mart kuni Malayziyaning Kuala Lumpur shahrida boʻlib oʻtdi. Jamoalar savatchalarga FIFA reytingi boʻyicha joylashtirildi. FIFA yana jamoalarni reyting boʻyicha joylashtirishdan oldin, jamoalarning uchinchi bosqichdagi oʻyinlarini ham inobatga oldilar. Jamoalar (2012-yil mart oyi FIFA reytingi boʻyicha savatchada koʻrsatilgan) 5ta savatchaga joylashtirildi.

Guruhlar



Toʻrtinchi bosqich uchrashuvlari 2012-yilning 3-iyunidan 2013-yilning 18-iyuligacha boʻlib oʻtadi.

Bu bosqichning oxirgi uchrashuv oʻyinlari, 2013-yil 16-iyunda boshlanadigan Konfederatsiyalar kubogiga yaqin boʻlganligi sababli, OFK faqat Yaponiya uchun oxirgi 18-iyunda boʻladigan oʻyinni ertaroq muddatga oʻzgartirdi.

A guruhi

B guruhi

Beshinchi bosqich




Toʻrtinchi bosqichda guruhlarining uchinchi oʻrinini olgan ikki terma jamoa (Iordaniya va Oʻzbekiston) bellashdi, unda Iordaniya penaltilar seriyasi orqali gʻolib chiqdi va interkontinental pley-off bosqichiga yoʻllanma oldi.

Beshinchi bosqich uchun qurʼa tashlash, 2013-yilning 19-martida Syurix shahrida, Tashkiliy Qoʻmitaning FIFA Jahon chempionati uchun yigʻilgan anjumani davomida boʻlib oʻtdi. Birinchi uchrashuv 2013-yilning 6-sentabrida, ikkinchi javob uchrashuvi shu yilning 10-sentabrida boʻlib oʻtdi. Har ikki oʻyin 1-1 hisobi bilan yakun topdi, penaltilar seriyasida Iordaniya (9-8) hisobda gʻalaba qozondi.

Interkontinental pley-off




Beshinchi bosqich gʻolibi Iordaniya CONMEBOLning 5-oʻrinini olgan terma jamoa Urugvay bilan safar va javob uchrashuvlarini olib bordi. Bu bosqichning gʻolibi 2014-yil Braziliya yashil maydonlarida oʻtadigan Jahon chempionatida ishtirok etdi.

Birinchi uchrashuv 2013-yilning 13-14 noyabrida, javob uchrashuvi shu yilning 20-noyabrida boʻlib oʻtdi.


Toʻpurarlar



Bu saralash baxslarida 148 oʻyinda 432ta gol urilgan, oʻrtacha har oʻyinga 2.92 gol toʻgʻri keladi.

8 gol

7 gol

6 gol

5 gol

4 gol

3 gol

2 gol

1 gol

1 avtogol

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz