FIFA 2014 Jahon chempionati




FIFA Jahon chempionati 2014 futbol boʻyicha jahon chempionatlarining 20-turniri hisoblanadi, xalqaro erkaklar futboli musobaqasi, bu musobaqa 2014-yilning 12-iyunidan 13-iyuligacha Braziliya yashil maydonlarida oʻtkazildi. Braziliya bu futbol chempionatga ikkinchi marotaba mezbonlik qilda, oldingi 1950-yilgi jahon chempionatiga ham mezbonlik qilgan edi. Xalqaro futbol federatsiyasi tomonidan Braziliya hech qanday raqobatchilarsiz 2007-yilda ushbu chempionatga mezbon davlat sifatida saylandi va 1978-yilgi Argentinada boʻlib oʻtgan jahon chempionatidan keyin ilk bor mazkur turnir Janubiy Amerika mintaqasida boʻlib oʻtdi. Musobaqada Olmoniya milliy terma jamoasi gʻalaba qozondi, FIFA Jahon chempionati 2014 finalida Argentina terma jamoasini magʻlub qildi, Argentina esa 2-oʻrin bilan kifoyalandi.

2011-yilning iyun oyidan boshlangan saralash bosqichlaridan oʻtib 31 ta milliy terma jamoalar, mezbon Braziliya terma jamoasi bilan final bosqichida ishtirok etdi. Braziliyaning 12 ta shaharlaridagi stadionlarda, jaʼmi 64 ta oʻyin boʻlib oʻtdi, oʻyinlar guruh bosqichidan boshlandi. Mazkur jahon chempionatida ilk bor golni avtomatik aniqlash usulidan foydalandi.

Mezbon davlat bilan birga, 1930-yildagi birinchi jahon chempionatidan beri chempion boʻlgan barcha terma jamoalar (Urugvay, Italiya, Olmoniya, Angliya, Argentina, Fransiya va Ispaniya) ushbu chempionatga yoʻllanma olishdi. 2010-yilgi jahon chempionati gʻolibi Ispaniya terma jamoasi ushbu musobaqada Angliya va Italiya terma jamoalari kabi, guruh bosqichidan ham chiqa olmadi. Urugvay nimchorak finalda, Fransiya chorak finalda kurashni toʻxtatdilar. FIFA Jahon chempionati 2014 finaligacha 2ta sobiq jahon chempionlari Olmoniya va Argentina terma jamoalari yetib kelishdi, Olmoniya qoʻshimcha taymlarda gol kiritib 1-0 hisobida Argentina ustidan gʻalaba qozondi va ushbu Olmoniyaning gʻalabasi jahon chempionatlari tarixida Janubiy Amerika maydonida gʻolib boʻlgan ilk Yevropa jamoasi boʻldi. Shuningdek ushbu gʻalabadan keyin tarixda ilk bora Yevropa vakillari ketma ket eng oxirgi 3ta jahon chempionlari boʻlib kelmoqda (2006-yili Italiya, 2010-yili Ispaniyadan keyin).

Gʻolib jamoa sifatida, Olmoniya terma jamoasi FIFA Konfederatsiyalar kubogi 2017 musobaqasiga yoʻllanma oldi. Ushbu musobaqa davomida, mezbon shaharlar 5 milliondan ortiq muxlislarni qabul qildi, hamda, Braziliya 202 davlatdan tashrif buyurgan 1 millionga yaqin futbol muxlislarini qabul qildi.

Mezbonni aniqlash




2003-yilning 7-martida, FIFA ushbu chempionatni 1978-yilgi jahon chempionatidan keyin ilk bora Janubiy Amerika mintaqasida boʻlib oʻtishini taʼkidlab oʻtgan edi, ushbu jahon chempionatiga mezbonlikka bir qancha federatsiyalar davogarlik qiladi. Bu qaror shuni koʻrsatadiki keyingi ikki turnir Yevropadan tashqarida oʻtkazilmoqda.

2003-yilning 3-iyunida, Janubiy Amerika futbol federatsiyasi CONMEBOL ilk taklif bilan Argentina, Braziliya va Kolumbiyani mazkur turnirga mezbonlikka davogarlar sifatida taqdim etadi, ammo, 2004-yilning martidan, CONMEBOL Braziliyani bir ovozdan yagona mezbonlikka loyiq davlat sifatida eʼlon qiladi.

Bir necha oylar davomida, Kolumbiya oʻzining nomzodini kiritishga qaror qildi va 2006-yil dekabrida rasman mebonlikka nomzodini bildirdi. Bir hafta oldin Braziliya ham oʻzining namzodini rasman eʼlon qilgan edi. Biroq, Kolumbiya 2007-yilning aprelida nomzodlikdan voz kechadi, keyin Braziliya yagona mezbon davlatligicha qoladi. 2007-yilning 30-oktyabrida FIFA rasman Braziliyani ushbu musobaqaga mezbon sifatida eʼlon qiladi.

Ishtirokchi jamoalar va rasmiylar



Saralash bahslari




2011-yilning 3-martida final musobaqasi uchun taqsimlangan oʻrinlar qabul qilindi, saralash prosessi uchun ajratilgan 31ta joy oldingi turnirnikiga oʻxshash boʻldi. 2014-yilgi jahon chempionati saralash baxslari uchun qurʼa tashlash marosimi 2011-yilning 30-iyulida Rio-de-Janeyroning Marina da Gloria shaharchasida boʻlib oʻtdi. Braziliya mezbon davlat sifatida toʻgʻridan toʻgʻri final bosqichda ishtirok etdi.

FIFA milliy terma jamoalarining 208 tadan 203 tasi saralash bosqichlarida ishtirok etdi, bellashuvlar 2011-yilning 15-iyunidan 2013-yilning 20-noyabrigacha davom etdi. Saralangan 32ta terma jamoalarning 24tasi oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan va faqat Bosniya va Gersegovina mustaqil davlat sifatida ilk bor musobaqada qatnashdi. Kolumbiya terma jamoasi 16 yillik omadsizlikdan keyin yana jahon chempionatida ishtirok etdi; Rossiya va Belgiya 12-yildan soʻng yana chempionatga qaytdi. FIFA Dunyo reytingida eng yuqori oʻrinlarni egallagan Ukraina va Okeaniya mintaqasidan biror bir terma jamoa 2002-yilgi jahon chempionatidan beri qatnashmadi.

Saralangan jamoalar



Quyidagi 32ta terma jamoalar 2013-yilning oktyabr oyidagi dunyo reytingida tutgan oʻrni orqali qurʼa jarayonida joylandi va final bosqichga saralandi.


Oxirgi qurʼa




Guruh baxslari uchun 32ta terma jamoalar qurʼa yoʻli orqali saralanib olindi. Qurʼa jarayonida, jamoalar 4ta savatchaga 8tadan (Braziliya terma jamoasi bilan birga) jahon reytingida tutgan oʻrni boʻyicha solindi. Oʻtgan turnirlardagidek, FIFA bu safar ham bitta mintaqadan, bitta konfederatsiyadan boʻlgan terma jamoalarni (Yevropa bundan mustasno) bitta guruhga tushib qolmasligi uchun bitta savatchaga joyladi. Birinchi savatchaga Braziliya bilan birga qolgan reytingda eng kuchli boʻlgan jamoalar joylandi.

Ushbu chempionat uchun oxirgi qurʼa tashlash marosimi, 2013-yilning 6-dekabrida Baiyaning Mata di San Juan shahridagi Costa do Sauípe Resort mehmonxonasida boʻlib oʻtdi. Marosim FIFA bosh kotibi Jerome Valcke va braziliyalik mezbon ayol Fernanda Lima tomonidan ochib berildi hamda keyingi sakkiz jahon chempionati gʻoliblari boʻlgan millatlardan 8ta mashxur sobiq futbolchilar: Cafu, Fabio Cannavaro, Alcides Ghiggia, Fernando Hierro, Geoff Hurst, Mario Kempes, Lothar Matthaus va Zinedine Zidanelar savatchalardan sharlarni olishda koʻmaklashdi. Qurʼa jarayonida, terma jamoalar geografik mintaqalarga ajratilib toʻrtta savatchalarga joylashtirildi, Yevropaning bitta jamoasi 4-savatdan 2-savatchaga oʻtkazildi. UEFA aʼzolari maksimum 2 tasi bir guruhda joylashishi mumkin, boshqa bitta konfederatsiyadan boʻlgan terma jamoalar bitta guruhga tushmaydigan boʻldi.

Hakamlar




2013-yil mart oyida, FIFA turnirga 52ta hakamlarni tanlab olishni buyurdi, har bir hakam 2tadan yon hakamlari bilan qatnashadi, hakamlar 6ta konfederatsiyalardan kelishgan. 2014-yil 14-yanvarida, FIFA Hakamlar Qoʻmitasi 25ta hakam triolari, 6ta konfederatsiyadan 43ta turli mamlakatlardan turnirni boshqarish uchun chaqirtirildi. Musobaqaning ilk oʻyinini yaponiyalik hakam Yuichi Nishimura boshqargan boʻlsa, oxirgi final uchrashuvini esa italiyalik Nicola Rizzoli boshqardi.

Jamoa tarkiblari




Oldingi jahon chempionati kabi, bu chempionatga ham har bir terma jamoa oʻz tarkibiga 23tadan futbolchi oladi (3tasi darvozabon). Har bir milliy assotsiatsiyalar jamoa tarkiblarini turnirga 10 kun qolguncha eʼlon qilishi shart. Agar oʻyin davomida qaysidir futbolchi jiddiy jarohat olib turnirda boshqa oʻynay olmasa, terma jamoa rahbarlari 24 soat ichida boshqa bir oʻyinchini olib kelish huquqiga ega boʻladi.

Maydonlar




Oʻn sakkizta joy jahon chempionati uchun mezbon shahar sifatida taqdim etildi: Belen, Belu-Orizonti, Brazilia, Kampu-Grandi, Kuyaba, Kuritiba, Florianopolis, Fortaleza, Goyaniya, Maseyo, Manaus, Natal, Portu-Alegri, Resifi, Riu-Branku, Rio-de-Janeyro, Salvador va San Paulu.

FIFA bitta shaharda ikkita stadionda musobaqa uchrashuvlarini oʻtkizmaslikni taklif etdi, Braziliya Futbol Konfederatsiyasining oʻsha paytdagi rahbari Ricardo Teixeiraning taklifi hamda "butun mamlakatning manfaatini" inobatga olib, 12 shahar FIFAning 2008-yilning dekabr yildagi roziligi bilan mezbonlikka loyiq deb topildi.

12ta mezbon shaharlar 2009-yilning 31-mayida eʼlon qilindi, Belen, Kampu-Grandi, Florianopolis, Goyaniya va Riu-Brankular rad etildi, Maseyo allaqachon 2009-yilning yanvarida mezbonlikdan bosh tortgandi. Oʻn ikkita tanlangan shaharlar - har bir shtatning poytaxtlari - yaʼni Braziliyaning barcha asosiy hududlarida musobaqaga shart sharoitlarni, 1950-yilgi Braziliyada boʻlgan chempionatdagiga qaraganda, keng miqdorda yaratib berdi, oldingi chempionat oʻyinlari faqat janubiy sharqiy va janubiy hududlari maydonlarida oʻtkazilgan edi. Natijada musoboqa terma jamoalar uchun uzoq masofali safarlarni talab qiladi.

Xabarlarda aytilishicha Braziliya hukumati birgina stadionlar qurilishiga 3,47 milliard AQSH dollari miqdorida mablagʻ sarflagan. Tanlangan mezbon shaharlarning beshtasida jahon chempionati uchun mahsus yangi zamonaviy maydonlar qurildi, poytaxt Brazilia shahridagi Mane Garrincha milliy stadioni buzilib qayta qurildi, qolgan oltita statdion keng koʻlamda taʼmirdan chiqarildi. Rio de Janeyrodagi Marakana stadioni har doim jahon chempionati finali (199,854 muhlis) uchun oʻzida rekord darajada koʻp muhlislarni sigʻdiradi. CBF musobaqa ochilish marosimini San Pauluning Morumbi stadionida oʻtkazishni rejalashtirgan edi, ammo 2010-yilda bu reja amalga oshmadi va Arena Korintians stadioniga almashtirildi, chunki talab qilingan shartlar uchun moliyaviy kafolatlarni taʼminlab berolmaganligi sabab boʻlgan.

Fortalezadagi Castelao stadioni 2013-yanvar oyida foydalanishga topshirildi. Financial Times roʻznomasi muhbiri Joe Leahy fikriga koʻra, Castelaodagi ishlarni koʻzdan kechirar ekan, "bu ishlar tahsinga loyiq, boshqa sportning ijtimoiy ishlari uchun oʻrnak boʻladigan ish" deya tariflagan, ammo Riodagi Marakana stadionida berilayotgan ish haqi qaraganda "bu qurilishdagi har bir ishchi boshiga beriladigan maosh arzonroq" Oltita maydon 2013-yilgi konfederatsiyalar kubogi mobaynida foydalanildi. Yana 6ta stadion FIFA tomonidan 2013-yilning 31-dekabrigacha qurilib bitkazilishi shartligini takidlab oʻtdi. 2013-yilning noyabrida Arena Corintians stadioni bitishi arafasida koʻtarma kran qulashi natijasida, stadionning bir qismiga shikast yetkazdi va ikkita quruvchining halok boʻlishiga olib keldi.

Belu Orizonti, MG

Brazilia, DF

Fortaleza, CE

Kuritiba, PR

19°51′57″S 43°58′15″W / 19.86583°S 43.97083°W / -19.86583; -43.97083 (Estádio Mineirão) G O

15°47′0.6″S 47°53′56.99″W / 15.783500°S 47.8991639°W / -15.783500; -47.8991639 (Estádio Nacional Mané Garrincha) G O

3°48′26.16″S 38°31′20.93″W / 3.8072667°S 38.5224806°W / -3.8072667; -38.5224806 (Estádio Castelão) G O

25°26′54″S 49°16′37″W / 25.44833°S 49.27694°W / -25.44833; -49.27694 (Arena da Baixada) G O

Mineirão stadioni

Mane Garrincha milliy stadioni

Castelao stadioni

Arena da Baixada

Sigʻimi: 62,547

Sigʻimi: 70,042

Sigʻimi: 64,846

Sigʻimi: 43,981

Kuyaba, MT

.mw-parser-output .locmap .od{position:absolute}.mw-parser-output .locmap .id{position:absolute;line-height:0}.mw-parser-output .locmap .l0{font-size:0;position:absolute}.mw-parser-output .locmap .pv{line-height:110%;position:absolute;text-align:center}.mw-parser-output .locmap .pl{line-height:110%;position:absolute;top:-0.75em;text-align:right}.mw-parser-output .locmap .pr{line-height:110%;position:absolute;top:-0.75em;text-align:left}.mw-parser-output .locmap .pv>div{display:inline;padding:1px}.mw-parser-output .locmap .pl>div{display:inline;padding:1px;float:right}.mw-parser-output .locmap .pr>div{display:inline;padding:1px;float:left}

Belu Orizanti

Brazilia

Fortaleza

Portu Alegri

San Paulu

Rio de Janeyro

Salvador

Natal

Kuyaba

Kuritiba

Manaus

Resifi

Manaus, AM

15°36′11″S 56°7′14″W / 15.60306°S 56.12056°W / -15.60306; -56.12056 (Arena Pantanal) G O

3°4′59″S 60°1′41″W / 3.08306°S 60.02806°W / -3.08306; -60.02806 (Arena Amazônia) G O

Arena Pantanal

Arena Amozonia

Sigʻimi: 42,968

Sigʻimi: 42,374

Natal, RN

Portu Alegri, RS

5°49′44.18″S 35°12′49.91″W / 5.8289389°S 35.2138639°W / -5.8289389; -35.2138639 (Arena das Dunas) G O

30°3′56.21″S 51°14′9.91″W / 30.0656139°S 51.2360861°W / -30.0656139; -51.2360861 (Estádio Beira-Rio) G O

Arena das Dunas

Beira-Rio stadioni

Sigʻimi: 42,086

Sigʻimi: 51,300

Resifi, PE

Rio de Janeyro, RJ

Salvador, BA

San Paulu, SP

8°2′24″S 35°0′29″W / 8.04000°S 35.00806°W / -8.04000; -35.00806 (Arena Pernambuco) G O

22°54′43.8″S 43°13′48.59″W / 22.912167°S 43.2301639°W / -22.912167; -43.2301639 (Estádio do Maracanã) G O

12°58′43″S 38°30′15″W / 12.97861°S 38.50417°W / -12.97861; -38.50417 (Arena Fonte Nova) G O

23°32′43.91″S 46°28′24.14″W / 23.5455306°S 46.4733722°W / -23.5455306; -46.4733722 (Arena de São Paulo) G O

Arena Pernambuco

Marakana stadioni

Arena Fonte Nova

Arena Corintians

Sigʻimi: 46,154

Sigʻimi: 76,935

Sigʻimi: 56,000

Sigʻimi: 68,000

Golni avtomatik aniqlash usuli



Jahon chempionati tarixida ilk marotaba, rasmiylar tomonidan golni avtomatik aniqlash usulidan foydalanishga ruxsat berildi. Oldingi jahon chempionatida, nimchorak final baxsida Angliyaning Germaniyaga urgan goli hakam tomonidan bekor qilinganidan keyin, ushbu texnologiyani qoʻllash yoki qoʻllamaslik haqida qizgʻin baxs munozaraga sabab boʻlgan edi. Oʻsha oʻyindan keyin, FIFA prezidenti Zepp Blatter "mazkur oʻyindan keyin texnologiya mavzusini oʻrtaga tashlamasak gʻirt axmoqlik boʻladi" degan edi va 2012-yilda IFAB bu texnologiyani qoʻllashni maʼqulladi. Ushbu chempionat texnologiyani qoʻllayotgan uchinchisi hisoblanadi, undan oldin FIFA 2012 Klublar oʻrtasida jahon chempionati hamda FIFA 2013 Konfederatsiyalar kubogi musobaqalarida muvafaqqiyatli sinovdan oʻtgan edi. 2013-yil oktyabr oyida Germaniyaning GoalControl kompaniyasi bu texnologiyaning taminlovchisi sifatida tanlandi.

Tartib-intizom va chetlatishlar



Agar qaysidir futbolchi oxirgi saralash baxsida qoida buzgan boʻlsa, unda u futbolchi final bosqichning ilk oʻyinida maydonga tushmaydi.FIFAning intizomiy qaroriga binoan, chetlatishlar bir oʻyindan koʻproq muddatga ham uzaytirilishi mumkin.

Agar qaysidir futbolchi oʻz jamoasidan tushirib qoldirilgan boʻlsa, demakki chetlatishlar hali ham "taʼsir" koʻrsatmoqda.


Oʻyinlar



Oʻyinlar jadvali 2011-yil 20-oktyabrda Syurixdagi FIFA bosh shtab kvartirasida eʼlon qilindi, oʻyinlar vaqti esa 2012-yilning 27-sentyabrida ommaga taqdim etildi. Oxirgi qurʼadan keyin FIFA yettita oʻyinning vaqtini oʻzgartirdi.

Barcha oʻyinlar vaqti Braziliyaning rasmiy vaqti (UTC-3) boʻyicha belgilandi. 12ta maydonning 10tasi mana shu vaqt mintaqasiga kiradi, qolgan ikkitasi Kuyaba va Manaus Amazon mintaqa vaqti UTC-4 boʻyicha belgilandi, shuning uchun mana shu ikkita shahar mezbonlik qiladigan uchrashuvlar rasmiy vaqt bilan solishtirgan xolda bir soat oldin boshlanadi.

Guruh bosqichi



Har bir guruhning birinchi va ikkinchi oʻrinlari nimchorak finaliga chiqadi. Guruhdagi har bir jamoani reytingini aniqlash quyidagicha belgilanadi:

Agar ikki yoki undan ortiq jamoa yuqoridagi kriteriya boʻyicha teng kelib qolsa, unda quyidagicha kuchli jamoa aniqlanadi:

A guruhi

B guruhi

C guruhi

D guruhi

E guruhi

F guruhi

G guruhi

H guruhi

Pley-off bosqichi




Pley-off bosqichida, oʻyinning asosiy vaqtida durang qayd etilsa, qoʻshimcha vaqt beriladi (15 minutdan 2 taym), unda ham gʻolib aniqlanmasa penaltilar seriyasini amalga oshirib gʻolib jamoa aniqlanadi.

Quyidagi oʻyin vaqtlari mahalliy vaqt bilan belgilangan (UTC−3)

Nimchorak final




Chorak final




Yarim final





Uchinchi oʻrin uchun




Final




Olmoniyaning ushbu gʻalabasidan keyin, Yevropa vakillari ketma-ket 3-bor jahon chempioni boʻldi (2006-yili Italiya va 2010-yili Ispaniya chempion boʻlgan edi).

Mukofot puli



FIFA ushbu musobaqaga jaʼmi 576 million AQSH dollari miqdorida mukofot puli ajratilganini taʼkidlab oʻtgan (undan tashqari 70 million ichki futbol klublari uchun), bu safargi mukofot puli miqdori, 2010-yilgi chempionatga qaraganda 37 foizga koʻpaygan. Turnirdan oldin, barcha 32ta jahon chempionati ishtirokchilari 1.5 million AQSH dollaridan olishgan. Keyingi mukofot pullari quyidagicha taqsimlanadi:

Statistikalar





Toʻpurarlar



Futbolchilarning ism shariflari qalin harflar bilan yozilgan boʻlsa, musobaqada hamon faol.

6 gol

5 gol

4 gol

3 gol

2 gol

1 gol

Avtogol

Manba: FIFA

Marketing





Rasm, shior va musiqa




Musobaqa emblemasi Braziliyaning Africa agentligi tomonidan yaratildi, emblema "Ilhombaxsh" deya sarlavhalangan. Emblema loyiha asosi, kubok uzra gʻalabaga intilayotgan qoʻllar va u qoʻllar sariq va yashil ranglarda tasvirlangan, buning maʼnosi Braziliyaliklarning iliq mehmondoʻstligini anglatadi. Ammo, bu Yohannesburg shahrida 2010-yilgi jahon chempionati mobaynida olib tashlangan edi. Keyin 25ta Braziliyaning agentliklari oʻz asarlarini taqdim etdi. Braziliyalik grafik dizayner Alexandre Wollner dizaynni tanqid qilib chiqdi, yaʼni tanlangan dizayndagi yuzni yashirish bu sharmanda boʻlganlik maʼnosini anglatishini aytib chiqdi va hakamlar hayʼati professional grafik dizaynerlar ishini rad etdi.

FIFA shuningdek, buyurilgan afishani ham 2013-yilning yanvar oyida olib tashlagan edi, keyin u yana Braziliyaning Crama agentligi tomonidan qayta loyihalandi. Rasmiy shior: "Barcha bir maqomda" (portugalcha: "Juntos num só ritmo") deya tan olindi.

1962-yildan beri har bir jahon chempionatlari uchun rasmiy qoʻshiqlar tanlanib kelinadi. Musobaqa homiylaridan biri Sony kompaniyasi, 2014-yilgi jahon chempionati uchun rasmiy qoʻshiq tanlash uchun butun dunyo boʻylab "SuperQoʻshiq" nomi ostida tanlov eʼlon qildi. Tanlovda har bir inson ishtirok etishi mumkin, tanlov 2014-yil fevral oyida yakuniga yetadi, gʻolib deya topilgan qoʻshiq, mashxur sanatkor Ricky Martin tomonidan professional ohangga solinib sayqallanadi va bastalanadi.

Qoʻshimcha qilib aytadigan boʻlsak, tanlangan qoʻshiq, musobaqa rasmiy musiqa asbobi saksirolada bastalanadi, bu musiqa asbobi Braziliyalik bastakor Carlinhos Brown tomonidan oʻylab topilgan. Bu cholgʻu asbobi 2010-yilgi jahon chempionatidagi Afrika vuvuzelasiga qaraganda yumshoq ohang chiqarildagan qilib yaratildi. Ammo, havfsizlik choralari tufayli, bu musiqiy asbobni stadionga olib kirishga FIFA ruhsat bermadi.

Tumor




Tatu-bola Braziliyada yashovchi hayvon, bronenosetslarning bir turi, tatu-bola koptokka oʻxshab yumalab yirtqichlardan oʻzini himoya qiladi. Mahalliy tashkiliy qoʻmitalar bu hayvonni musobaqa tumori sifatida taqdim qildi va FIFA buni 2012-yil sentyabr oyida qabul qildi. Oltita Braziliya agentliklari 47 ta ushbu hayvonning musobaqa tumori sifatida chizilgan surʼatlaridan bittasini tanlab oldi, tanlashda 7 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan Braziliya bolalarining tanlovlaridan foydalanildi.

Ismsiz tumor ilk bora ommaga Braziliyaning Fantástico yangiliklar shousida namoyish etildi. Tumorga 3ta ismlardan birini tanlash uchun onlayn saylov oʻtkazildi, va eng koʻp ovoz olgan tumor nomi 2012-yil 25-noyabrda eʼlon qilindi. Unga koʻra, 1.7 million kishi (tahminan 48 foiz) Fuleco, Zuzeco (31 foiz) va Amijubi (21 foiz) ismlariga ovoz berishdi.

"Fuleco" bu birlashma soʻz boʻlib, " Fu tebo l " ("Futbol") va " Eco logia" ("Ekologiya") (qoʻshimcha: -eco soʻzi bilan tugovchi laqablar Braziliyada ommabop) soʻzlarining boʻgʻinlarini biriktirishidan kelib chiqqan yangi birikkan soʻz. Qolgan ikki kam ovozga ega boʻlgan ismlar Amijubi (" Ami zade ("Doʻstlik") va " Júbi lo" ("Shodlik")), Zuzeco esa ("A zu l" ("koʻk") va " Eco logia ("Ekologiya")) soʻzlarining boʻgʻinlarining birlashmasidan yasalgan soʻzlar edi.

Koptok




Adidas Brazuca 2014-yilgi jahon chempionatining rasmiy futbol koptogi. Koptokka nom berishda, jamoat joylarida saylov oʻtkazildi va 1 milliondan ortiq Braziliyalik futbol muhlislar ovoz berishdi. "Brazuca" soʻzi 70% ovoz toʻplab gʻolib chiqdi. Adidas kompaniyasi 1970-yildan beri jahon chempionatlari uchun oʻyin toʻplari bilan taminlab beradi, shuningdek, chempionat toʻpiga nom berishda Braziliya urf odatlaridan olingan soʻzlardan foydalanildi, qolgan ikki nom Bossa Nova va Carnavalesca kam ovoz toʻplaganligi sababli ularning nomi berilmadi.

Homiylik



2014-yilgi jahon chempionati homiylari uch turkumga ajratildi: FIFA hamkorlari, FIFA Jahon chempionati™ homiylari va mahalliy homiylar.

Tayyorgarliklar



2010-yil yanvar oyida Braziliya federal hukumati hisobatiga koʻra, turnirning tashkiliy ishlariga 11 milliard AQSH dollari sarflanmoqchi. Shuningdek bu, jahon chempionati stadionlarining qurilishlari rekonstruksiyalari uchun soliq imtiyozlarida ham eʼlon qilinib oʻtilgan edi va mezbon shaharlar qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etildi.

Infrastruktura loyihalari




Turnir tashkiliy qoʻmitasi Braziliyadagi aeroportlarni "katta muammo" deb atagan. Hisob kitoblarga qaraganda, 600,000 kishi turnirga samalyotda sayohat qiladi, qoʻshimcha, yana uch million Braziliyaliklar oʻyinlar orasida havo yoʻllaridan foydalanadi.

Qonunchilik INFRAERO kompaniyasiga aeroport ishlarini tezlashtirishni buyurdi. Biroq 2011-yilgi Braziliya hukumatining izlanishlari boʻyicha aeroport terminallarining 13 tadan 10tasi turnirgacha rivojlantirilishini aytib oʻtgan. Braziliya prezidenti Dilma Rousseff aeroportlarning tayyor holga kelishini hukumat oʻz kafolatiga oladi va ularni musobaqagacha tayyor holatga yetkazishga vaʼda beradi. Bugungi kunda, uchta aeroportlarning rahbarlari hisobotiga koʻra aeroportlar faoliyatini yurgizmoqda (10.8 milliard AQSH dollar), qolganlar 2013-yilning oxiriga borib nihoyasiga yetkaziladi.

Mamalakatdagi eng yirik koʻlamdagi qurulish ishlari yoʻl tizimlari, temir yoʻllar hamda avtobus temir yoʻllarida boʻlib oʻtmoqda, bu yoʻllar hammasi aeroport bilan shahar markazlarini va stadionlarini bogʻlaydi. 4,300 kilometrdan ortiq masofadagi yoʻl tizimlarida ishlar olib borilishi kerak. Matbuot tarqatgan maʼlumotlarga koʻra yoʻl ishlarining koʻpgina qismlari turnirgacha aytilgan vaqtgacha tayyor boʻlmasligini aytgan. Shuningdek, 5 milliard dollardan oshiq mablagʻ jahon chempionati va 2016-yili Rio de Janeyro shahrida boʻlib oʻtadigan Yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun quriladigan yangi mehmonxonalar ucun sarflanadi.

2010-yilda Braziliya sport vazirligi rejalangan 50ta infrastruktura ishlarining 13tasini bekor qilgan. Kichik masshtabdagi yangi loyihalar keyinroq tanishtirildi. Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Romário (hozirda siyosat sohasida ishlaydi) mamlakatda turnir uchun boʻlib oʻtayorgan tayyorgarliklarni tanqid qilib chiqqan, biroq u "FIFAning talablarini haddan ziyod koʻp" deb aytgan.

Xavfsizlik choralari




Braziliya hukumati xavfsizlik choralari uchun 900 million dollar mablagʻ ajratgan va "tarixda eng kuchli himoyalangan sport musobaqasi" hisoblanadi. Musobaqa davomida "siz tasavvur qilgan va istagan yuqori darajadagi xavsizlik kuchlari" qoʻriqlashiga FIFA bosh kotibi Jérôme Valcke vaʼda bergan. Bir politsiya ofitseri maydonda oʻyin tomosha qilayotgan 50ta tomoshabinga va yana biri 80ta jamoat joyidagi futbol ishqibozlariga javobgar boʻladi.

Xavfsizlik choralari investitsiyalari, jumladan: shaxsni aniqlash usuli va uchuvchisiz boshqariladigan xavfsizlik robotlari ishlashga tayyor. Rivojlantirilgan xavfsizlik loyihalari, yashirin buzgʻunchilar, bezorilar va jangari guruhlar haqidagi manbalardan maʼlumotlarni yigʻish uchun izlanishda boʻladi.

Xavfsizlik haqidagi tashvishlar, 2013-yilgi Konfederatsiyalar kubogi davomida sodir boʻlgan yirik koʻlamdagi namoyishlardan keyin yanada kuchaydi. Namoyishchilar fikriga koʻra, Braziliya hukumati katta miqdordagi xalq pulini jahon chempionati mezbonligi uchun sarflamoqda, chiqimlar haddan tashqari deb hisoblaydi.

Chiptalar



FIFA taʼkidi boʻyicha turnir uchun 3,334,524ta chiptalar tayyorlangan. Bulardan katta qismi guruhlarga taqsimlandi, shulardan, tijorat shahobchalariga, mehmondoʻstlik mijozlarga, OAV huquqlari egalariga va VIPlarga ham taqsimlandi. Taqriban 1.1 million chipta mahalliy xalqqa va chet ellik futbol ishqibozlariga sotiladi (400,000 chipta Braziliya yashovchilari uchun, 700,000 chipta esa xorijliklar uchun).

Keng omma uchun chiptalarni sotish uch bosqichga boʻlinadi va chiptalarni FIFA rasmiy sayti orqali va mezbon shaharlarda tayinlangan joylardan xarid qilasiz. Chiptalarning toʻrtta toifasi mavjud, 4-toifa chiptalari faqat Braziliyalik mahalliy xalq uchun. Chegirmali chiptalar 60 yoshdan oshgan Braziliyalik fuqorolar, talabalar hamda Bolsa Família nomli ijtimoiy yordam oluvchilar fuqorolar uchun. Yuqoridagi chiptalar koʻpi bilan 30 Braziliya reali (tahminan $12.50 AQSH) miqdorida, 1-toifadagi eng qimmat chipta bu musobaqaning final oʻyini uchun qoʻyilgan chiptalar, bahosi 990 AQSH dollari miqdorida. Qoʻshimcha qiladigan boʻlsak, individual chiptalar "oʻyinlar maydoni aniq boʻlgan chiptalar", mezbon shaharlardagi guruh va nimchorak baxslari oʻyinlariga kirish huquqini beradi va "bir qancha chiptalar" yaʼni turnir davomida tanlangan jamoalar oʻyinlari uchun chiqarilgan chiptalar ham sotuvda.

Chiptalar sotuvga ilk bora 2013-yilning 20-avgustida sotuvga chiqdi va dastlabki 24 soat ichida 2.3 million chipta talab qilindi. 2013-yil oktyabr oyiga kelib birinchi bosqichning yakunlarida 6 millionga yaqin chiptalar keng omma tomonidan sotib olingan. Modomiki chiptalarga boʻlgan talab oshgani sari, FIFA 889,305ta chiptalarni ishlab chiqardi va ulardan 71.5% Braziliya aholisiga taqsimlandi, xorijda eng koʻp sotilgan chiptalar AQSH hisobiga toʻgʻri kelmoqda. 2013-yilning noyabr oyidagi "birinchi kelgan, birinchi oladi" prinsipi boʻyicha sotilgan chiptalar dastlabki 7 soat ichida 220,000ta chipta sotilgan. Biletlar sotuvining ikkinchi bosqichi 30-yanvargacha davom etadi - 2013-yil dekabr oyidagi oxirgi qurʼa marosimidan keyin 24 soat ichida 1.2 millionta chipta talab qilingan.

Transliyatsiya




Translyatsiya huquqlari televideniya, radio, internet va mobil aloqa vositalariga musobaqa oʻyinlarini olib koʻrsatish va eshittirishlarni oʻz ichiga oladi, turnir oʻyinlarini har bir individual teretoriyalar mediya kompaniyalari, litsenziyaga ega boʻlgan kopaniyalar va tashkilotlar, jumladan: Yevropa Telekoʻrsatuvlar Ittifoqi, Iberoamerika Televideniya Tashkiloti, Xalqaro Media Kontent, Dentsu va RS Xalqaro Telekoʻrsatuv va Radioeshittirish & Sportlar Rahbariyati kompaniyalari translyatsiyalar boʻyicha masʼuldirlar. Jahon chempionati oʻyinlari translyatsiyalaridan tushgan mablagʻlarning 60% FIFA gʻaznasiga tushadi. FIFA Jahon chempiontati final uchrashuvlari ketma ket 4 yildan beri HBS (Host Broadcast Services) kompaniyasi tomonidan taminlab berilmoqda, texnologik uskunalarni yetkazib berishda Sony kompaniyasi sherikchilik qilmoqda. Xalqaro Translyatsiya Markazi Rio de Janeyro shahridagi Riocentroda joylashadi.

Taraqqiyot dasturi




Braziliya federal hukumati jahon chempionati bilan bogʻliq boʻlgan ishlar uchun R$3 milliard (€1.8 milliard, £1.1 milliard) miqdorida sarmoya ajratgan va jahon chempionati PAC (portugalcha:Programa de Aceleração do Crescimento) nomi ostidagi ishlar majmuini chiqarishni niyat qilganlar.

Corinthians loyihalari



San Pauludagi Yangi Corinthians stadioni musobaqaning ochilish marosimi uchun tanlab olindi. SC Corinthians Paulistaning yangi stadionining oʻz vaqtida bitirilganligi tufayli FIFA bu stadionga kafolat berdi va shundan keyin 2014-yilgi jahon chempionatining ochilish marosimini oʻtkazish huquqi uchun San Pauluning imkoniyatlari ancha yaxshilandi. Stadion Odebrecht SA kompaniyasi tomonidan qurildi, Corinthians stadionining sobiq prezidenti Andres Sanchezning taʼkidiga koʻra, stadion qurilishiga 800 million Braziliya reali (522 million AQSH dollari) miqdorida pul ketgan. Braziliya milliy banki 400 million Braziliya reali miqdorida pul ajratgan va San Paulu ham 400 million Braziliya reali miqdorida mablagʻ ajratmoqchi.


Shuningdek, qarang




Ilovalar va manbalar



Ilovalar




Manbalar




Havolalar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz