FIFA 2013 Klublar oʻrtasida jahon chempionati
FIFA 2013 Klublar oʻrtasida jahon chempionati - bu futbol musobaqasi, 2013-yilning 11-dekabridan 21-dekabrigacha boʻlib oʻtadi. Bu FIFA Klublar oʻrtasida jahon chempionatining 10-musobaqasi, turnir FIFA tomonidan tashkillashtiriladi, turnirda har bir 6ta qitʼaviy federatsiyalar gʻolib klublari hamda mezbon davlatning liga chempioni ishtirok etadi. Musobaqa mezboni Marokash davlati.
Mezbonlikka talabgor boʻlganlar
2013 va 2014-yilgi turnir mezbonligiga bir xil 4 davlat talab bilan chiqishdi.
2011-yilning oktabr oyida, FIFA taʼkidi boʻyicha, Eron, Janubiy Afrika Respublikasi, Birlashgan Arab Amirliklari barchasi oʻz talablarini taqdim etdi hamda Marokash davlati mezbonlikka munosib etib tayinlandi. 2011-yil 17-dekabrda FIFA rasman Marokashni mezbon sifatida eʼlon qildi.
Saralangan jamoalar
Maydonlar
Lua xatosi in Modul:Location_map/multi at line 27: Unable to find the specified location map definition: "Module:Location map/data/Marokash" does not exist.
FIFA 2013 Klublar oʻrtasida jahon chempionati bellashuvlari Agadirdagi Adrar va Marokash shahridagi Marokash stadionida boʻlib oʻtadi.
Tashkillashtirish
Emblema
Turnirning rasmiy emblemasi 2013-yil 2-sentabrda Kasablanka shahrida taqdim etildi.
Chiptalar
Chiptalar 2013-yilning 14-oktabr va 27-oktabr oʻrtalarida sotuvga chiqdi.
Kubok safari
FIFA Klublar oʻrtasida jahon chempionati kubogi safari 2013-yilning oktabr oyidan dekabr oyigacha boʻlib oʻtadi, Iokogama shahridan (FIFA 2013 Klublar oʻrtasida jahon chempionati finali boʻlib oʻtgan joy) boshlanib, har bir ishtirokchi klublar shaharlarini kezib, musobaqa boshlanishidan oldin Kasablanka shahriga kelib kubok safari yakuniga yetadi.
Hakamlik
Hakamlar
Tayinlangan hakamlar:
Golni avtomatik aniqlash
Ketma ket ikkinchi yil, turnirlarda golni avtomatik aniqlash usuli qoʻllanilib kelinmoqda. GoalControl GmbH kompaniyasi golni avtomatik aniqlash boʻyicha rasmiy taminlovchi hamkor hisoblanadi.
Yoʻqoluvchi suyuqlik purkagich
FIFA 2013 U-20 Jahon chempionati va FIFA 2013 U-17 Jahon chempionatilaridagi muvofaqqiyatli sinovdan keyin, yoʻqoluvchi suyuqlik purkagich turnir hakamlari tomonidan jarima toʻpini tepish jarayonida, himoya devori va koptokni qayerga qoʻyish uchun suyuqlikni purkash orqali belgilanadi.
Jamoa tarkiblari
FIFAning oxirgi 2013-yil 29-noyabr muddatigacha, har bir klubda 23tadan futbolchi (ulardan 3tasi darvozabon) aniqlanishi va boʻlishi shart.
Oʻyinlar
Qurʼa tashlash 2013-yilning 9-oktabrida, soat 19:00 UTC+1, Marokashdagi La Mamounia Hotel mehmonxonasida boʻlib oʻtdi, uch klub (AFC, CAF va CONCACAF chempionlari) chorak finaldan baxslarga kirishadi.
Agar oʻyinning asosiy vaqtida gʻolib aniqlanmasa:
Barcha oʻyinlar Gʻarbiy Yevropa Vaqti boʻyicha (UTC±0).
Chorak final uchun pley-off
Chorak final
Yarim final
Beshinchi oʻrin uchun
Uchinchi oʻrin uchun
Final
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org