FIDER



FIDER (inglizcha feed — ta’minlash) — 1) radiotexnika vatexnikada — o’ta yuqori chastota (O’YuCh)li signallarni uzatish liniyasi, radioto’lqinlarni uzatish liniyasi; elektromagnit tebranishlar (to’lqinlar)ni manbadan iste’molchiga yuborish uchun mo’ljallangan qurilma. Fiderlar ochiq va berk turlarga bo’linadi. “Fider” terminidan, asosan, radiouzatish va radioqabul qilish texnikasida, simli radioeshittirishda foydalaniladi; 2) elektr energetikada — energiyani taqsimlovchi kabel liniya yoki havoda elektr uzatish liniyasining eskirgan nomi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz