FIBROADENOMA (lotincha fibra — tola va adenoma), adenofibroma — bez va biriktiruvchi to’qimadan rivojlanadigan xavfsiz o’sma. Asosan, sut bezlarida, prostata bezi va boshqa a’zolarda uchraydi. Sekin o’sadi, qobiqqa o’ralgan bo’lib, atrofidagi to’qimalardan chegaralanib turadi. Bezning sut yo’li ichiga o’sgani — ichki Fibroadenoma, sut yo’li atrofidagisi — tashqi Fibroadenoma, aralash o’sgani ulkan Fibroadenoma (yaproqsimon), unda ko’pincha teri bilan birikib ketgan yaproqsimon shakldagi yarali tugunlar paydo bo’ladi. Sut bezi Fibroadenomasida og’riq, prostata bezi Fibroadenomasida siydikning qisman yoki to’la tutilishi kuzatiladi. Ba’zan xavfli o’smaga aylanishi mumkin. Davosi: jarrohlik yo’li bilan olib tashlanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish