FEYXOA (ispancha Feijoa), akka — mirtadoshlarga mansub doim yashil butalar va daraxtlar turkumi. Janubiy Amerikaning subtropik hududlarida 2 turi usadi. 1-turi — Feyxoa Sellova (Feyxoa sellowiana) subtropik iqlimli mamlakatlarda, jumladan, Gruziya va Qrimning Janubiy sohillarida o’stiriladi. Bo’yi 3 metr, shox-shabbasi yoyiq, qalin. Barglari butun, qarama-qarshi joylashgan. Gullari ikki jinsli. May oyida gullaydi. Mevasi to’q yashil rezavor, eti sershira, xushbo’y, tarkibida qand, pektin, olma kislotasi, yod bor.Oktabr noyab.rda pishadi, yangiligida yeyiladi. Murabbo va vino tayyorlanadi. Urug’i, qalamchasidan va payvand qilib ko’paytiriladi. Bog’-xiyobonlarni ko’kalamzorlashtirishda foydalaniladi. Hosildorligi 60-90 tsentner/gektar.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish