Feryna Wazheir




Feryna Wazheir  — (talaffuzi: Ferina Vajeyr) britaniyalik aktrisa. Feryna Wazheir aktrisalik faoliyatini havaskor sifatida teatrda boshlagan va hind fotografi Farrokh Chothia tomonidan eʼtiborga olingandan soʻng bu sohada tanaffus qilgan.

Feryna Bollywood filmlarining bir qismiga aylangan; Ketan Mehtaning Rang Rasiya filmida Randeep Huda bilan, Raj Kanvarninng Sadiyaan filmida Shatrugan Sinhaning oʻgʻli Luv Sinha va Rekha, Rishi Kapoor va Hema Malini bilan birga rol ijro etgan. Wazheir ikki yil davomida Kalkutta zargarlik brendi va PC Chandra Jewellers brendining elchisi boʻlgan. U 2016-yilda Airlift filmida Akshay Kumar va Nimrat Kaur bilan birga Tasnim obrazini ijro etgan. Aktisa rejissyor Keri Sohnining A Secret Heart nomli qisqa metrajli Britaniya filmida suratga tushgan. Bu filmda u 2-jahon urushidagi britaniyalik yahudiy qiz rolini ijro etgan.

Yoshlik davri



Feryna Shotlandiyaning Glazgo shahrida hind musulmon oilasida tugʻilgan. Aktrisa havaskorlar teatrida rollar ijro etgan va rollarga ovoz berishda ishtirok etgan, shuningdek dramaturg Eve Enslerning The Vagina Monologues spektaklida qatnashgan. Universitetda Ferina kino va madaniyatshunoslik boʻyicha tahsil olgan.

Hindistonga taʼtili paytida Ferynani Elle India, Seventeen va L’Officiel kompaniyasining fotografi Faruk Chotia koʻrib qoladi. Feryna fotograf sharofati bilan Satyadev Dubey va Alyque Padamsee kompaniyalari qoʻl ostida ishlaydi, shuningdek, Londondagi Qirollik dramatik sanʼat akademiyasida tahsil oladi.

Faoliyati



Feryna oʻz faoliyatini AR Rehman va Hariharan tomonidan olingan musiqiy videolarda bosh rollarda boshlagan. Koʻp oʻtmay, 2010-yilda u Sadiyanda Bollivudda debyut qildi. Marhum Yash Chopra bir paytlar uni „goʻzallik, aybsizlik va zaiflik timsoli“ ekanligini aytgan.

Keyin Feryna Ketan Mehtaning Rang Rasiya filmida rol ijro etadi, film 2014-yilda chiqarilishidan oldin 2011-yilda London hind filmlari festivalida tomoshabinlar mukofotiga sazovor boʻldi. 19-asr hind rassomi Raja Ravi Varma hayotiga asoslangan filmda Feryna jurnalist va uning hayotidagi uchinchi ayol rolini ijro etadi. Festivaldagi yutug‘idan so‘ng Feryna rasmiy 2012-yilgi London hind kinofestivalining brend elchisi etib tayinlangan. U 2013-yilda London hind kinofestivalining yuzi sifatidagi rolini takrorlagan.

2012-yilda Feryna shuningdek, London hind kinofestivalining kreativ direktori Keri Savni rejissyorligida ingliz qisqa metrajli Khaana filmini suratga olgan. Film uy va tashqi dunyo oʻrtasidagi chegaralarni oʻrganadi va Feryna ingliz taomlari baliq va chipslarni yaxshi koʻradigan yosh pravoslav musulmon ayolini oʻynaydi. AQSHdagi festival doirasidagi film 2012-yilda Palm Springs qisqa metrajli filmlar festivalida „Future Filmmaker Award 2012“ va Nyu-York kinofestivalida 2013-yilda „Eng yaxshi qisqa metrajli film“ mukofotiga sazovor boʻlgan.

2016-yilda Feryna Airlift filmida Akshay Kumar va Nimrat Kaur bilan birga Tasneem rolida suratga tushgan. Aktrisa shuningdek, rejissyor Keri Shonining A Secret Heart nomli qisqa metrajli Britaniya filmida rol oʻynagan. Ushbu filmda u Ikkinchi Jahon urushidagi britaniyalik yahudiy qiz rolida koʻrinadi. Syujet Pauell va Pressburger rejissyori boʻlgan Britaniyaning A Matter of Life & Death filmidan ilhomlanib yozilgan.

Filmografiyasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz