Feruzaxon Qodirova




Feruzaxon Usmanovna Qodirova (1970-yil 23-dekabr, Xoʻjaobod tumani, Andijon viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori, dotsent.

Biografiyasi



Feruzaxon Qodirova 1970-yil 23-dekabrda Andijon viloyati Xoʻjaobod tumanida tugʻilgan. Ish faoliyatini 1987-yildan zaif eshituvchi bolalar uchun maxsus maktab-internatida tarbiyachi-enaga lavozimidan boshlagan. 1993-yil Toshkent davlat pedagogika insituti Defektologiya yoʻnalishini tamomlagan. 1997—2018-yillar mobaynida Abdulla Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi hodimlarining malakasini oshirish markaziy institutida ishlagan. Chirchiq davlat pedagogika instituti Maxsus pedagogika kafedrasi mudiri.

Ilmiy faoliyati



2006-yilda „Kar va zaif eshituvchi bolalar soʻzlashuv nutqini rivojlantirish“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2009-yilda dotsent unvoniga ega boʻlgan. 2020-yil „Imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy hayotga tayyorlashning samarali texnologiyalari“ mavzusida pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan. Maxsus maktablarda o‘qitiladigan 7 ta uslubiy qo‘llanma, 5 ta o‘quv qo‘llanma, 2 monografiya hamda 130 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi. 2015-yilda „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz