FERUZAKON



FERUZAKON — Qurama tog’larining Janubiy g’arbiy yon bag’rida joylashgan Feruza koni, Tojikiston Respublikasi hududida. O’rta karbon davriga mansub Akcha svitasining serisitlangan kvarsitlarida joylashgan. Bu “Feruzali yoriq” zonasi g’arbdan sharqqa 60 kilometrga cho’zilgan. Konning uzunligi 600 metr, eni 50 — 60 metr, chuqurligi 10 -25 metr. Feruza oqargan va avval maydalanib, keyinchalik qayta birikkan jinslarda 0,1 -0,3 santimetrdan 2 -3 santimetrgacha qalinlikdagi tomirlar shaklida oq kvars tomirlari bilan birga (ba’zan murakkab uyachalar shaklida, tog xrustali kristallarini yoki atrofdagi jinslar bo’lakchalarini biriktirib turgan tsement) holida uchraydi. Kondagi Feruza yorqin havorang yoki bo’rsimon oqimtir havorang. Qazib olingan Feruzaning 5 -10% i zargarlikda ishlatiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz