Feruza Sadikova
Feruza Sadikova (tugʻ. 2002-yil 23-aprel, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbeklik taekvondochi, 62 kg gacha vazn toifasida, Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi. Taekvondo boʻyicha Osiyo chempioni va sovrindori, 2019-yilgi Jahon Harbiy oʻyinlarida bronza medali sovrindori.
Biografiya
2002-yil 18-sentyabrda Feruza Sadikova Toshkent shahrida tugʻilgan. Chirchiq Olimpiya zaxiralari maktab internati tarbiyalanuvchisi.
Faoliyati
2018-yilda Koreya Respublikasi elchisi sovrinlari uchun Oʻzbekiston kubogi gʻolibi boʻldi. 2019-yilda Uxan shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtgan Jahon Harbiy oʻyinlarida u 62 kg gacha vazn toifasida bronza medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Manchesterda (Birlashgan Qirollik) Taekvondo boʻyicha Jahon chempionatida ishtirok etdi. U birinchi raundda Kuvaytdan sportchi Natali Hamadi gʻalaba qozongan, ammo keyingi bosqichda magʻlub boʻldi. Keyin esa yoshlar oʻrtasidagi taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida bronza medalni qoʻlga kiritdi.
2021-yil 18-iyunda Bayrutda (Livan) boʻlib oʻtgan Taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida Feruza Sadikova 62 kg gacha vazn toifasida final bahsida Koreya Respublikasi sportchi Jeon Chae-eunni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili „Beirut Open“ xalqaro musobaqasi gʻolibi boʻldi.
2022-yilda „Fujairah Open“ xalqaro turnirda oltin medalni qoʻlga kiritdi. Oʻsha yili Rimda (Italiya) boʻlib oʻtgan Grand Prix turnirda 1/8 finalda u braziliyalik Caroline Santosga yutqazdi. Keyin esa Osiyo taekvondo federatsiyasi Prezidenti kubogida bronza medalni qoʻlga kiritdi.
2022-yil iyunda Chuncheonda (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida Feruza 62 kg gacha vazn toifasida ishtirok etadi. 25-iyunda yarim final bahsida Eron sportchi Nastaran Valizadehni yutqazib, bronza medalni qoʻlga kiritdi.
Manbalar
uz.wikipedia.org