Feruza Mahmudova




Feruza Yuldashevna Maxmudova (tugʻ. 1975-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek diplomat-ayol. Oʻzbekistonning Isroildagi Favqulodda va Muxtor Elchisi vazifasini bajaruvchi. 2010-yil yanvaridan 2012-yil iyuligacha Ispaniyada elchi boʻlgan Gulnora Karimovadan keyingi mamlakat tarixidagi ikkinchi ayol elchi.

Biografiya



1975-yilda Feruza Yuldashevna Maxmudova Oʻzbekiston SSR poytaxti Toshkent shahrida tugʻilgan.

1996-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining (JIDU) xalqaro munosabatlar fakultetini tamomlagan. 2009-yilda Tübingen universitetida gumanitar fanlar boʻyicha magistr darajasini oldi.

1996—2006-yillarda u Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparatida ishlagan, oliy darajadagi tashriflarni tashkil etishda ishtirok etgan. 2014—2018-yillarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar institutida ishlagan. 2018—2020-yillarda Feruza Maxmudova Tashqi ishlar vazirligining ikki tomonlama hamkorlik bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

2020-yil 19-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Feruza Maxmudovaning Isroildagi elchisi etib tayinlanishini maʼqulladi.

2023-yil 2-oktyabrda elchilikdan ozod etilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz