Feruza Eshmatova
Feruza Farxodovna Eshmatova (tugʻ. 1979-yil, Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek huquqshunosi, yuridik fanlari doktori, monografiya, risolalar 100 dan ortiq ilmiy va publitsistik maqolalar muallifi. 2021-yil 5-fevraldan Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman).
Hayoti
Feruza Eshmatova 1979-yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini 2000-yilda tugatgan. 2002—2014-yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.
2014-yilda Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasidan III chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Xalqaro ishlar va parlamentlaaro aloqalar qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, 2020-yilda IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga saylangan va Senatning Xotin-qizlar va gender tengligi qoʻmitasi raisi boʻlgan.
2021-yil 15-yanvarda Qonunchilik palatasi deputatlari Feruza Eshmatovani Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) va 2021-yil 5-fevralda Senat uning nomzodini maʼqulladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org