Ferroqotishmalar




Ferroqotishmalar - temir (Gʻe)ning kremniy (Si), marganets (Mp), xrom (Sg) va boshqa elementlar bilan qotishmalari. Metallurgiya sanoati uchun xom ashyo (chala mahsulot) hisoblanadi. Tarkibida temir faqat qoʻshimcha sifatida ishlatilgan baʼzi qotishmalar (mas, silikomarganets, silikokaltsiy) hamda texnik jihatdan sof boʻlgan baʼzi metallar va nometallar (metall marganets, metall xrom, kristall kremniy) ham shartli ravishda F. jumlasiga kiritiladi. F.ning suyuqlanish temperaturasi sof metallning suyuqlanish trasidan pastroq boʻladi. Shuning uchun F. suyuq poʻlatga qoʻshilganda ular osongina eriydi. F. rudalar yoki konsentrlangan elektr pechlar va suyuklantirish shaxtalari (gorn)larda olinadi.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz