Ferrigemoglobin




Metgemoglobin , MtHB (meta... va gemoglobin), gemiglobin, ferrigemoglobin — oksidlangan gemoglobin; bunda kislorod gemoglobin tarkibidagi temir bilan mustahkam birikib, oʻzidagi kislorodni toʻqimalarga ajratib chiqara olmaydi. Natijada kislorodga yolchimaslik — gipoksiya holati yuzaga keladi. Sogʻlom kishi eritrotsitlari tarkibida M. juda oz miqdorda (0,1 — 1%) boʻladi. Organizm turli kimyoviy moddalar yoki dorilardan zaharlanganda qonda M. miqdori ortadi (metgemoglobinemiya). Bunday hollarda tez toliqish, bosh ogʻrigʻi va koʻkarish (sianoz) alomatlari yuzaga chiqadi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz