Ferrari Monza SP




Ferrari Monza SP1 va SP2 modellari  — Italiyaning Ferrari kompaniyasi tomonidan 2018—2019-yillarda taqdim etilgan, cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan sport avtomobillari. Avtomobillar „Icona“ seriyasi deb ataladigan yangi modellar liniyasining boshlanishi boʻlib, bu liniya klassik Ferrari modellaridan ilhomlangan holda ishlab chiqarilgan, modellarning barchasi cheklangan miqdorda savdoga chiqarilgan. Monza SP1 va SP2 modellari yangi avlodning birinchi avtomobillari boʻlib, ularning dizayni 750 Monza, 250 Testarossa va 166 MM modellaridan ilhomlangan holda yaratilgan. Ferrari Monza SP1 va SP2 modellarining mexanikasi Ferrari 812 Superfast modeli bilan bir asosda qurilgan. Ferrari Monza ikkita variantda ishlab chiqilgan boʻlib, bular SP1 va SP2 modellaridir. SP1 bir oʻrindiqli, SP2 esa ikki oʻrindiqli qilib ishlab chiqilgan yaʼni birinchi variant modeli bir kishilik kabinaga egaligi bilan ajralib tursa, ikkinchi modelda ikkita yonma-yon oʻrindiqlar joylashtirilgan. Shuningdek, mazkur model yuqoriga koʻtarilib ochiluvchi juft eshiklar bilan jihozlangan.

Avvaliga ushbu modeldan 499 dona ishlab chiqarilishi kutilgan, narxi esa 1,58 million yevro atrofida boʻlishi maʼlum qilingan.

2019-yil yanvar oyida Ferrari Monza SP2 „Festival automobile international“ ning 34-chi sonida „2018-yilning eng chiroyli superkari“ deb eʼlon qilingan.

2020-yilda Ferrari Styling Center Monza SP1 modeli uchun „Compasso d’Oro“ sanoat dizayni mukofotiga sazovor boʻldi. Mukofot Flavio Manzo va Jane Reeve tomonidan qabul qilib olingan.

Texnik xususiyatlari




Dvigatel



SP1 ham, SP2 modeli ham tabiiy aspiratsiyalangan 6,496 cc (6.5 L; 396.4 cu in) hajmli dvigatel varianti bilan ishlaydi. F140 GA tipidagi V12 dvigateli 812 Superfast modelida ham qoʻllanilgan. Dvigatel 7.4 kW (10 hp; 10 PS) quvvat bilan ishlashga moslangan boʻlib, u dvigatelning 812 modelidan koʻra koʻproq quvvatda ishlaydi. U jami 8500 aylanish tezligida 596 kW (799 hp; 810 PS) quvvat va dvigatelning daqiqasiga 7,000 aylanish tezligida 719 N·m (530 lbf·ft) energiya ishlab chiqaradigan qilib oʻzgartirilgan. Bu korxonaning eng kuchli modeli Ferrari V12 yoʻl avtomobillari tarkibida qoʻllanilgan boʻlib, bu 2021-yilda 812 Competizione va Competizione A chiqarilgunga qadar ishlab chiqarilgan. Keyingi yillardan esa 820 hp (830 PS) li quvvatga ega F140 tipidagi V12 motoridan foydalanilgan.

Shassi



SP1 va SP2 avtomobillari uglerod tolali kompozit kuzovga ega boʻlib, shassisi asosan 812 modeliga asoslangan. SP1 ning ogʻirligi 1,500 kg (3,306 lb) ga teng, ikki oʻrindiqli SP2 esa 1,520 kg (3,351 lb) dan ogʻirroqdir.

Ishlash prinsipi



Ishlab chiqaruvchilarning taʼkidlashicha, ikkala mashinaning ishlash koʻrsatkichlari quyidagicha, jumladan, tezligi 0 dan 0–97 km/h (0–60 mph) ga chiqishi uchun 2,9 soniya kerak, maksimal tezligi 299 km/h (186 mph) dan oshadi. Ferrari Monza SP1 va SP2 Ferrari 812 Superfast modeli bilan bir xil mexanika asosida qurilgan.

Variantlar



Ferrari Monza ikkita variantda ishlab chiqilgan boʻlib, bular SP1 va SP2 modellaridir. Birinchi variant modeli bir kishilik kabinaga egaligi bilan ajralib tursa, ikkinchi modelda oʻrindiqlar soni ikkita. Mazkur modelda ikkita eshik boʻlib, ular tepaga koʻtarilib ochiladi.

Dizayni



SP1 va SP2 modellari Ferrari kompaniyasining avvalgi 166 MM, shuningdek, 250 Testarossa va 750 Monza kabi Ikkinchi jahon urushidan keyin ishlab chiqarilgan poyga avtomobillaridan ilhomlangan holda yaratilgan.

Barcha mashinalar Maranellodagi Carrozzeria Zanasi zavodida boʻyaladi. SP1 bitta oʻrindiqli boʻlib, haydovchining oʻrni avtomobilning bir tomonida joylashgan boʻladi, SP2 esa markaziy qism bilan ajratilgan ikkita oʻrindiqqa ega. Ikkala mashina ham kichik qaychisimon eshiklar bilan jihozlangan va old oynalari yoʻq, buning oʻrniga Ferrari „Virtual old oyna“ deb nomlangan tizimni taqdim etadi, bu tizim qarshidan kelayotgan havo oqimini haydovchidan uzoqlashtirish imkoniyatiga ega. 2019-yil yanvar oyida Ferrari Monza SP2 34-chi „Festival automobile international“ da qatnashgan avtomobillar orasida „2018-yilning eng chiroyli superkari“ deb tanlandi.

2020-yilda Ferrari Styling Center Monza SP1 modeli uchun sanoat dizayni uchun beriladigan „Compasso d’Oro“ mukofotiga sazovor boʻldi.

Sotuv hajmi



Monza SP seriyasining modellari, „Icona“ liniyasi mualliflari prognozlariga koʻra maxsus buyurtma asosida ishlab chiqarishga moʻljallangan hamda qatʼiy cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan. 2019-yilda har bir avtomashinadan narxi 2 million dollar boʻlgan, jami 499 dona SP1 va SP2 modellarini sotuvga chiqarishni rejalashtirgan.

Galereya




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz