Ferrara maktabi




Ferrara maktabi - Uygʻonish davri Italiya rassomligi maktabi. A. Mantenye, Pyero della Francheska, qisman niderland rangtasviri taʼsirida Ferrara shahrida shakllangan, eng taraqqiy etgan davri 15-asr 2yarmiga toʻgʻri keladi. Ferrara maktabining yirik vakillari ijodiga soʻnggi gotika bilan Ilk Uygʻonish davri anʼanalarining doimiy qoʻshilishi, obrazlarning joʻshqinligi, shaklning nafis va qatʼiyligi xos boʻlgan (K. Tura, F. del Kossa, E. Roberti va boshqalar). 16-asr boshida Ferrara maktabi Rim va Venetsiya maktablari bilan yaqinlashib, eklektizm xususiyatlariga ega boʻldi (Garofalo, akauka B. va D. Dossi, Ortolano), 16-asr oʻrtalarida inqirozga uchradi.



uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz