Fernando Hidalgo




Fernando Roberto Hidalgo Maldonado (1985-yil 20-mayda Ekvadorda tavallud topgan) ekvadorlik futbolchi, „Cumbaya“ klubida yarim himoyachi hisoblanadi. U futbol boʻyicha Ekvador terma jamoasida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati



Fernando Roberto Hidalgo Maldonado „Deportivo Quito“ klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2006-yilda Fernando Roberto Hidalgo Maldonado Ekvador Primer ligasida debyut qilgan. Ikki mavsum oʻynagach, Fernando Guayaquildan „Barcelona“ futbol klubiga koʻchib oʻtdi. 2008-yil 15-sentyabrda „Emelek“ga qarshi bahsda Fernando Roberto Hidalgo Maldonado yangi jamoasi safida ilk golini urdi. 2011-yilda Fernando „LDU Quito“ jamoasiga koʻchib oʻtdi. 30-yanvar kuni „Olmedo“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Fernando Roberto yangi jamoasi safida debyut qildi. Oʻsha yili Fernando jamoaning Copa Sudamericana turniri finaliga chiqishi uchun yordam berdi. 2012-yilning 12-fevralida „Olmedo“ klubiga qarshi bahsda Fernando Roberto Hidalgo Maldonado „LDU Quito“ futbol klubi safida ilk golini urdi. 2015-yilda Fernando „LDU Quito“ futbol klubiga chempionatda ikkinchi oʻrinni egallashiga yordam berdi. 2016-yil 11-mart kuni Libertadores kubogi doirasida meksikaning „Toluca“ futbol klubi bilan oʻyinda Fernando Roberto raqib jamoa darvozasiga gol urdi.

2018-yil boshida Fernando Roberto Hidalgo Maldonado „Aucas“ jamosiga koʻchib oʻtdi. 19-fevral kuni „Delfin“ ga qarshi oʻyinda Fernando Roberto Hidalgo Maldonado yangi klubi „Aucas“ jamoasi safida debyut qildi.

Xalqaro faoliyati



2007-yilda Fernando Roberto Hidalgo Maldonado Ekvador terma jamoasida debyut qildi. Fernando Ekvador terma jamoasining 2010-yilgi jahon chempionati saralash bosqichida ham ishtirok etgan. 2008-yilning noyabr oyida Fernando Roberto Hidalgo Maldonado Meksikaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida ishtirok etish uchun chaqirilgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz