FERGUSONIT — murakkab oksidlar (tantalniobatlar guruhi)ning kichik sinfiga mansub mineral. Kimyoviy tarkibi (TR) (Nb, Ta)O4. Aralashmalari U, Th va boshqalar. Rangi qora, yashilqo’ng’ir. Qattiqligi 5-7, zichligi 4,2—6 g/sm3. Mo’rt, radioaktivli. Fergusonit pegmatit va greyzenlarda uchraydi. Fergusonitning turi — rizerit (SiO2 6,0 — 7,8%). Gadolinit, ortit, monasit va boshqalar bilan assotsiatsiyada uchraydi. Fergusonit — tantal, niobiy rudasi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish