FERDINAND



FERDINAND (Ferdinand) — “Muqaddas Rim imperiyasi” imperatorlari ismi. Ferdinand I (1503-64) — imperator (1556 y.dan), Avstriya ersgersogi; Chexiya va Vengriyaning Gabsburglar sulolasidan chiqqan 1-qiroli (1526 yildan). Karl V ning ukasi. Ferdinand II (1578-1637) — imperator (1619 yildan). Gabsburglar sulolasidan bo’lgan Avstriya ersgersogi. Kontrreformasiya siyosatini yurgizgan. 1618 — 48 yillardagi o’ttiz yillik urushnchng boshlang’ich davrida gabsburglarkatoliklar guruhiga rahbarlik qilgan. Ferdinand III (1608-57) — imperator (1637 yildan), Gabsburglar sulolasidan bo’lgan Avstriya ersgersogi. Uning davrida o’ttiz yillik urush (161848) tugagan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz