FENOMEN (Yunoncha phainomenon — sodir bo’luvchi) — 1) g’ayrioddiy, kamdankam bo’ladigan hodisa, fakt; 2) his-tuyg’u tajribasi bilan payqaladigan hodisani anglatuvchi falsafiy tushuncha (bu ma’noda o’z mohiyati jihatdan intellektual mushohada predmeta sifatida namoyon bo’luvchi noumenning qaramaqarshisi). “Fenomen” atamasini Aristotel “ko’rinuvchi”, “tuyuluvchi” ma’nosida ishlatgan. Leybnis esa bu so’zni tajribadan ma’lum bo’lgan dalillarga nisbatan qo’llagan. I. Kant Fenomen tushunchasi yordamida mohiyatni hodisadan keskin ajratishga uringan va hodisani bilish mumkin, mohiyatni esa bilish mumkin emas deb hisoblagan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish