FEMLAR — Vizantiyada 7-12-asrlarda harbiy-ma’muriy okruglar. Femlarni sud, moliya, harbiy hokimiyatga ega bo’lgan stratiglar boshqargan. Femlar davlatga kungilli lashkarlar — stratiotlarni yetkazib bergan. 8-11-asrlarda Femlar mayda qismlarga bo’lib tashlangan, 12-asrda Femlardagi hokimiyat grajdanlardan chiqqan amaldorlar — sudyalarga o’tgan; Femlar o’rniga yirik chegara harbiy-hududiy birliklar — dukatlar va katepanatlar paydo bo’lgan. 13-asrda Femlar Nikeya imperiyasida saqlanib qolgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish