Fellema




Poʻkak , fellema — 1) oʻsimliklarning ikkilamchi qoplovchi oʻlik toʻqimasi; suberin (poʻkak modda) bilan toʻyingan, zich joylashgan poʻstli hujayralar majmui. Poʻkaksimon kambiy (fellogen) hujayralarining tangental boʻlinishidan hosil boʻladi. Po'kak daraxtsimon oʻsimliklar va aksari koʻp yillik oʻtlarning turli organlarida vujudga keladi: ayniqsa, poʻkakli emanning poya va shoxlarida qalin boʻladi. Po'kak suvni ortiqcha bugʻlanishdan, oʻsimlikni bakteriya, zamburugʻ va hasharotlar taʼsiridan saklaydi. Eman poʻkagi shisha idishlarga tiqin, poyabzal tayyorlash va boshqa sohalarda ishlatiladi; 2) gimenomitsetlar turkumining poʻkaklar oilasiga mansub zam-burugʻlar guruhi (yana qarang Yogʻoch zamburugʻlari).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz