Felix Beijmo




Feliks Olof Allan Nelson Beijmo (talaffuzi: Feliks Beymo; 1998-yil 31-yanvarda tugʻilgan) — shvetsiyalik professional futbolchi, Malmö FF klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati



Ilk faoliyati



Beijmo IF Brommapojkarna jamoasida yetti yoshidan oʻynay boshladi. Fotbollsfabriken (Futbol fabrikasi) deb nomlangan TV4 koʻrsatuvida ishtirok etdi, unda IF Brommapojkarna akademiyasining 15 yoshli eng yaxshi futbolchilari syujeti taqdim etildi.


Djurgårdens IF



2017-yilning 30-martida Beijmo Allsvenskan vakili Djurgårdens IF klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. 2018-yilning 10-mayida Shvetsiya kubogi finalida maydonga tushdi. Djurgården „Malmö FF“ klubini 3:0 hisobida magʻlub etdi.

Werder Bremen



2018-yil iyun oyida Beijimo uzoq muddatli shartnomaga kelishib, 2018—2019-yilgi mavsum uchun Bundesliga vakili „Werder“ jamoasiga qoʻshildi. Taxminan 3 million yevro toʻlovi uni Shvetsiyaning Allsvenskan klubini tark etgan eng qimmat himoyachiga aylantirdi.


Malmö FFga ijara

2019-yil avgust oyida Shvetsiyaga qaytib keldi va Malmö FF klubi uni mavsum oxirigacha ijaraga oldi.

Greuther Furthga ijara
2020-yilning 31-yanvarida, 2019—2020-yilgi qishki transfer oynasining soʻnggi kunida, Beijimo SpVgg Greuther Furth klubi bilan 2019—2020-yilgi mavsum oxirigacha amal qiladigan shartnoma imzoladi.


Malmö FF



2020-yil avgust oyida Beijimo Shvetsiyaga qaytib, Malmö FFga qoʻshildi. Klub bilan uch yillik shartnoma imzoladi.

Terma jamoadagi faoliyati



Beijmo Shvetsiyaning 17 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasi, Shvetsiyaning 19 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasi va Shvetsiyaning 21 yoshgacha boʻlgan futbol jamoasini himoya qilgan.

Faoliyat statistikasi



Klub




8-dekabr, 2021-yilgi holat boʻyicha[10][11]

Yutuqlari



Djurgårdens IF

Malmö FF

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz