Felipe Gutiérrez
Felipe Alejandro Gutiérrez Leiva (talaffuzi: Felip Aleksandro Gutiérrez Leiva) 1990-yil 8-oktyabrda Chilida tugʻilgan. „Kolorado Rapids“ jamoasida hujumkor yarim himoyachi sifatida oʻynaygan. Chili terma jamoasida oʻynagan. 2014-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi hisoblanadi.
Jamoalardagi faoliyati
Felipe Gutiérrez „Everton de Viña del Mar va Universidad Católica“ bitiruvchisi. 18 yoshida „Universidad Katolica“ning birinchi jamoasi tarkibiga kiritilgan. 2009-yil 22-iyunda „Santiago Morning“ga qarshi oʻyinda Gutiérrez Chili Primer ligasida debyut qildi. Birinchi mavsumida u chempionatda bor yoʻgʻi ikki marta oʻynagan boʻlsa, keyingi mavsumdan boshlab u bazadan joy oldi. 2010-yilning 31-iyulida „OʻHiggins“ qarshi oʻyinda Gutiérrez „Universidad“ uchun birinchi golini urdi. Oʻsha mavsumda u klubga milliy chempionatda va bir yildan soʻng Chili kubogida gʻalaba qozonishga yordam berdi.
2012-yil iyun oyida Felipe Gutiérrez gollandiyaning „Tvente“ga oʻtdi. Transfer summasi 3,7 million dollarni tashkil etdi. 2 avgust kuni Chexiyaning „Mladá“ jamoasiga qarshi Yevropa ligasi saralash bahsida u yangi klubi safida debyut qildi. 12-avgust kuni „Groningen“ga qarshi bahsda Felipe Gutiérrez Erediviziyada debyut qildi. 15-sentyabr kuni Villem II ga qarshi uchrashuvda u „Tvente“ uchun birinchi golini urdi.
2016-yilning yozida Felipe Gutiérrez Ispaniyaning „Betis“ klubiga oʻtib, toʻrt yillik shartnoma imzoladi. 20-avgust kuni „Barcelona“ga qarshi oʻyinda u La Ligada debyut qildi. 21-oktyabr kuni „Osasuna“ga qarshi kechgan bahsda Felipe Gutiérrez „Betis“ safidagi ilk golini urdi. 2017-yil boshida Felipe Gutiérrez oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun Braziliyaning „Internacional“ klubiga ijaraga oʻtdi. 13-may kuni „Londrina“ga qarshi oʻyinda u Braziliya B seriyasida debyut qildi. 9-sentyabr kuni „Yuventuda“ga qarshi kechgan bahsda Felipe Gutiérrez „Internacional“ safida ilk golini urdi.
Xalqaro faoliyati
2010-yil 30-may kuni Felipe Gutiérrez Shimoliy Irlandiyaga o‘rtoqlik o‘yinida Chili terma jamoasi safida debyut qildi. 2011-yilda mamlakat terma jamoasi tarkibida Felipe Argentinada boʻlib oʻtgan Amerika Kubogiga yoʻl oldi. Turnirda u zaxira futbolchisi boʻlgan va bir daqiqa ham maydonga tushmagan. 17-oktyabr kuni Felipe Gutiérrez 2014-yilgi Jahon chempionati saralashida Argentinaga qarshi o‘yinda Chili terma jamoasi safida ilk golini kiritdi.
2014-yilda Felipe Gutiérrez Braziliyada boʻlib oʻtadigan jahon chempionatiga daʼvogarlik qilgan edi. Turnirda u Avstraliya, Gollandiya, Ispaniya va Braziliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2015-yilda Felipe Gutiérrez Amerika kubogi gʻolibi boʻlgan. Turnirda u Peruga qarshi oʻyinda maydonga tushdi.
Chili safidagi gollar
Manbalar
uz.wikipedia.org