Feliks Qulov




Feliks Sharshenbayevich Qulov (ruscha: Феликс Шаршенбаевич Кулов; qirgʻizcha: Феликс Шаршенбаевич (Шаршенбай уулу) Кулов; 1948-yil 29-oktyabrda tugʻilgan) — qirgʻiz siyosatchisi, "lola" inqilobidan keyin 2005—2007-yillarda Qirgʻizistonning 9-bosh vaziri lavozimida ishlagan. U bu lavozimda birinchi marta 2005-yil 1-sentyabrdan 2006-yil 19-dekabrgacha ishlagan.

Qulov “Ar-Namys” siyosiy partiyasiga asos solgan va unga rahbarlik qilgan, shu bilan birga “Xalq kongressi” saylov ittifoqiga raislik qilgan.

Siyosiy karyerasi



Qulov Frunze (hozirgi Bishkek) shahrida tug‘ilgan. 1978-1998-yillarda Qirgʻiziston hukumatida turli lavozimlarda, jumladan, Ichki Ishlar Vaziri, Milliy Xavfsizlik Vaziri va Chuy viloyati gubernatori lavozimlarida ishlagan. 1992-1993-yillarda u vitse-prezident bo'lib, shu lavozimda Qirg'iziston valyutasining muomalaga chiqarilishini nazorat qilgan. Biroq yetishmayotgan oltin zahiralari bilan bog‘liq janjal ortidan u iste’foga chiqishga majbur bo‘ldi.

1998-yildan 1999-yilgacha Qulov Bishkek meri lavozimida ishlagan va shahardagi mashhur siyosatchiga aylangan. 1999-yilda u "Ar-Namys" partiyasini tuzishda ishtirok etib, uning birinchi rahbari bo'ldi. 2000-yil fevral oyida u Oliy Kengash a'zoligiga nomzodini qo'yish niyatini ma'lum qildi. Qirg'iziston politsiyasi uni bir oydan keyin korrupsiyada ayblab hibsga oldi . 2001-yil 22-yanvarda harbiy sud uni aybdor deb topdi va yetti yilga ozodlikdan mahrum qildi. 2005-yilda unga qoʻyilgan barcha ayblovlar olib tashlandi, 2010-yilda esa BMTning Inson huquqlari qoʻmitasi uni hibsga olish va sud jarayonida bir qancha fuqarolik huquqlari buzilganini aniqlagan.


Qirg'iz inqilobi, 2005-yil



2005-yil 24-martda Qulov Qirg‘iziston inqilobi ("lola" inqilobi) paytida ozodlikka chiqdi va prezident vazifasini bajaruvchi Bosh Vazir Qurmanbek Bakiyev tomonidan huquqni muhofaza qilish va xavfsizlik xizmating koordinatori (shuningdek, Qirg‘iziston xavfsizlik boshlig‘i) etib tayinlandi. U 30-mart kuni bu lavozimdan iste’foga chiqdi.

6-aprel kuni Qirg‘iziston Oliy sudining maxsus ishchi guruhi tuzilib, Qulovga nisbatan ilgari qo‘yilgan ayblovlar va sudlanganlik holatlarini ko‘rib chiqdi va 11-aprelga kelib u barcha ayblovlardan oqlandi. Bu davrda siyosatchi va jinoyat arbobi deb hisoblangan Rispek Akmatboyev, akasi Tinichbekning o‘ldirilishini uyushtirganlikda Qulovni ayblab, milliy norozilik to‘lqiniga sabab bo‘lgan edi.

Qulov avvaliga 10-iyulga belgilangan saylovda prezidentlikka nomzod sifatida qatnashish niyatini bildirgan. Qonunga ko'ra prezident qirg'iz tilini yaxshi bilishi shart. Ammo mamlakat shimolidagi ko'pchilik bilan bir qatorda Qulovning ona tilisi rus tili edi. Shu sababga ko'ra uning saylanishi noma'lum edi. Biroq, u may oyi o‘rtalarida Bakiyevni qo‘llab-quvvatlashga va’da berib, o‘z nomzodini bekor qildi. O‘shanda u Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari vazifasini ham bajaruvchi etib tayinlangan edi. U allaqachon saylangan prezident tomonidan bosh vazir etib tayinlanishi kutilgan edi. Bakiyev iyul oyidagi prezident saylovlarida g‘alaba qozongan edi. U 11-avgust kuni qasamyod qildi. U Qulovni bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinladi. 2005-yil 1-sentabrda Qirg‘iziston parlamenti tomonidan 55 ovoz, 8 ovozga qarshi ovoz bilan Qulov bosh vazir etib tasdiqlandi.


2005-yildan beri Qirg'iziston siyosati



Qulov 2006-yilning 19-dekabriga qadar Bosh vazir lavozimini boshqarib, keyin isteʼfoga chiqdi va bu oʻz-oʻzidan Konstitutsiyaga koʻra oʻz kabinetini ishdan boʻshatishga sabab boʻldi. Lekin Prezident Bakiyev uni darhol Bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinladi.

Parlament a'zolari 2007-yil 18-yanvarda Qulovning tasdiqlanishiga 23 ovozga va 39 qarshi ovoz berishdi, tasdiqlanish uchun minimal ovozdan 15 ta ovoz kam bo'ldi. Muxolifatdagi deputat Azimbek Beknazarov ovoz berishdan oldin Qulovga “Men noto‘g‘ri bo‘lishim mumkin, ammo sizning nomzodingiz rad etilishiga ishonaman. Jasoratli bo'ling va bosh vazirlik vazifalaringizni bajara olmasligingizni tan oling. So'nggi bir yarim yil ichida buni qila olmaganingizni tan oling. Menimcha, [qayta tayinlanishdan] bosh tortsangiz yaxshi bo'lardi. Erkak bo'ingl!"

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz