Felice Bonetto
Felice Bonetto (1903-yil 9-iyun, Italiyaning Breshiya yaqinidagi Manerbio shahrida — 1953-yil 21-noyabr, Silao, Meksika) — Il Pirata (Qaroqchi) laqabini olgan poygachi.
U faoliyatini 1930-yillarda boshlagan va Formula 1, 1953-yilgi Grande Premio do Jubileu chempionatida gʻalaba qozongan. Formula 1dagi faoliyatini italyan jamoalarida boshlagan. Scuderia Milano, Maserati, Alfa Romeo jamolari sharafini himoya qilgan. Ikkita umumiy podium natijasiga erigan. Faoliyatini jahon chempionatida yakunlanadi. Uning eng katta muvaffaqiyatlari 1952-yilgi Targa Florio poygasi gʻolibligi hisoblanadi. Avtohalokat natijasida poygani tark etishga majbur boʻlgan.
Faoliyati
Dastlabki davr
Felice Bonetto Breshiya provinsiyasidagi Manerbio shahrida tugʻilgan. U yoshligidanoq mototsikl poygalariga qiziqqan. Katta poygadagi ilk yillari omadli kelmagan. Bonetto 1933-yilda Alfa Romeo 8C 2600 bilan mashhur Gran Premio di Monza poygasida uchinchi oʻrinni egalladi. Shuningdekm ushbu poyga Monzaning qora kuni sifatida tarixda qolgan. Oʻshanda Yevropaning uchta eng buyuk poygachisi bir necha soat ichida halok boʻlgan. Ular Giuseppe Campari, Mario-Umberto Borzacchinilar edi. U Principessa di Piemonte kubogida ham ikkinchi oʻrinni egalladi. Bir yil oʻtgach, u Mille Miglia musobaqasida oʻn ikkinchi oʻrinni egalladi. Asosiy muvaffaqiyati Ikkinchi jahon urushidan keyin boshlandi. Ikkinchi Jahon urushidan soʻng bir nechta poygada gʻalaba qozondi va jahon chempionatidan soʻng faoliyatini yakunladi.
Formula 1
Bonetto faoliyati davomida ilk bor Formula 1 poygalarida debyut qildi. U 1950-yilgi Shveysariya Gran-prisida qatnashdi. Poygada qatnashgan vaqtda u 47 yoshga toʻlishiga besh kun qolgan edu. U oʻzining Maserati 4CLT rusumli avtomashinasi bilan Ferrari jamoasi tarkibida qatnashdi.
Sport Ace
F1 dan koʻra koʻproq, Bonetto sport avtomobillari poygasida muvaffaqiyatga erishdi. U 1947-yilda Delage 3000 poygasida gʻolibi boʻldi. 1949-yilda u Mille Miglia poygasida Clemente Biondettidan keyin ikkinchi boʻldi.
Natijalari
Umumiy natijalar
Complete Formula One World Championship results
(key)
Le-Mann poygalari
Manbalar
uz.wikipedia.org