Federico Valverde
Federico Santiago Valverde Dipetta (talaffuzi: Federiko Valverde; 1998-yil 22-iyulda tugʻilgan) — Urugvaylik professional futbolchi, Ispaniyaning Real Madrid klubi va Urugvay terma jamoasida markaziy yarim himoyachi, oʻng qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi. Oʻzining tezligi, chidamliligi bilan mashhur boʻlgan koʻp qirrali oʻyinchi, shuningdek, himoya yarim himoyachisi, oʻng qanot himoyachisi va baʼzan oʻng qanot himoyachisi sifatida ham oʻynashi mumkin.
Jamoalardagi faoliyati
Valverde oʻzining ilk faoliyatining koʻp qismini Peñarol bilan oʻtkazdi. 2015-16-yilgi mavsumda Cerroga qarshi oʻyinda Peñarol safida debyut qildi. Urugvayning yoshlar jamoasi aʼzosiga aylandi va Arsenal, Barcelona, Chelsea va Real Madrid kabi klublarning qiziqishini uygʻotdi.
Real Madrid
2016-yilning iyulida Peñaroldan Realga oʻtib, B jamoasiga qoʻshildi. Ikki oy oʻtgach, Valverde Castilla safida Real ga qarshi debyut qildi, oʻyinda uning klubi yutqazdi. U debyut mavsumida ikkinchi jamoaning doimiy aʼzosiga aylandi. Yarim himoyachi Castilla safidagi ilk golini 2016-yilning dekabrida Albacetega qarshi oʻyinda urgan edi.
Deportivo La Coruñaga ijara
2017-yilning 22-iyunida Valverde La Liga vakili Deportivo La Coruñaga bir yilga ijaraga berildi. U musobaqadagi debyutini 10-sentyabr kuni oʻtkazdi. Valverde mavsum davomida 24 ta oʻyinda maydonga tushdi, jamoasi quyi ligaga tushib ketdi.
2018: Real Madridga qaytish Ijaradan qaytgach, Valverde 2018-19-yilgi mavsumda yangi bosh murabbiy Julen Lopeteguini hayratda qoldirdi va asosiy tarkibdan oʻrin oldi. 2018-yil 23-oktabr kuni Valverde 20 yoshida Santiago Bernabéuda FC Viktoria Plzeňga qarshi UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida Real Madriddagi rasmiy debyutini o‘tkazdi. 25 oʻyinda maydonga tushdi va asosiy jamoadagi birinchi mavsumida FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida gʻolib chiqdi.
2019-yildan hozirgi kungacha: Birinchi jamoa yutugʻi
Zinedine Zidanening klubga qaytishi va Markos Llorentening ketishi bilan Valverde 2019-20-yilgi mavsumda jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylandi. 2019-yilning 9-noyabrida u Real Madrid safidagi ilk golini La Liga doirasida Eibar ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozongan o‘yinda kiritdi.
2020-yilning 12-yanvarida Valverde Ispaniya Superkubogi finalida Atletico Madridga qarshi o‘yinda Álvaro Morataga nisbatan qoidabuzarlik qildi. Valverde maydondan chetlatildi, ammo uning harakatlari muqarrar gol boʻldan qutqardi, oʻyin oxirida Real Madrid gʻalaba qozondi. Valverde liga mavsumi davomida 33 oʻyinda maydonga tushdi, Real Madrid 2019-20 La Ligada gʻolib chiqdi.
27-sentyabr kuni Valverde Real Madridning 2020-21-yilgi mavsumdagi ilk golini La Liga doirasida Betisga urdi, yakunda 3:2 hisobida gʻalaba qozonishdi. Oʻyin futbolchisi boʻldi. Bir oy oʻtgach, 24-oktyabr kuni Valverde Camp Nouda Barcelona darvozasini 5-daqiqa ichida urdi va yakunda 3:1 hisobida gʻalaba qozonishdi. Valverde El Clásicoda gol urgan ikkinchi urugvaylik (Luis Suárezdan keyin) va Real Madrid uchun esa birinchi boʻldi. Bir hafta oʻtgach, Valverde Alfredo Di Stéfano stadionida Huescaga qarshi 4:1 hisobida gʻalabali oʻyinda gol urdi. Bu uning mavsumdagi uchinchi goli boʻldi.
2021-yilning 24-avgustida Valverde shartnomasini 2027-yilgacha uzaytirdi. 2022-yil 12-yanvarda Ispaniya Superkubogi yarim finalining qo‘shimcha taymlarida Barcelona darvozasiga 3-golni urdi (3:2. 28-may kuni u Chempionlar ligasi finalida Liverpool ustidan 1:0 hisobida g‘alabali oʻyinda Vinícius Júniorga golli uzatma berdi va Real Madrid UEFA Chempionlar Ligasidagi 14-marta chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Terma jamolardagi faoliyati
Federico Valverde 2017-yilgi FIFA U-20 Jahon chempionatida Kumush toʻp bilan taqdirlandi, Urugvay turnirni toʻrtinchi oʻrinda yakunladi.
U birinchi marta 2017-yilning avgustida toʻliq tarkibga chaqirilgan va 2017-yil 5-sentyabrda Urugvay milliy futbol jamoasida debyut qilgan va Paragvayga qarshi oʻyinda kattalar jamoasi bilan birinchi xalqaro golini urgan. 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun Urugvayning 26 kishilik vaqtinchalik tarkibiga kiritilgan, biroq u 23 kishilik yakuniy tarkibdan tashqarida qolgan.
Valverde murabbiy Óscar Tabárez tomonidan 2019-yilda Braziliyada boʻlib oʻtadigan Amerika Kubogi uchun Urugvay terma jamoasining 23 kishilik yakuniy tarkibiga kiritildi. 29-iyun kuni Peruga qarshi o‘tkazilgan chorak finalda asosiy vaqtdan keyin 0:0 hisobidagi durang natija penaltilar seriyasiga qadar davom etdi; Urugvay 4:5 hisobida magʻlub boʻldi va musobaqadan chiqib ketdi.
2021-yil iyun oyida Federico 2021-yilgi Amerika kubogi uchun tarkibga tanlandi.
Shaxsiy hayoti
Valverde argentinalik jurnalist va boshlovchi Mina Bonino bilan ishqiy munosabatda. Ularning 2020-yil 20-fevralda tug‘ilgan Benisio ismli bitta o‘g‘li bor.
Faoliyat statistikasi
Klub
28-may, 2022-yil[33]
Xalqaro
11-iyun, 2022-yilgi holat boʻyicha
Gollar va natijalar birinchi boʻlib Urugvayning gollari sonini sanab oʻtadi.
Yutuqlari
Peñarol Real Madrid Individual Eslatmalar
Manbalar
uz.wikipedia.org