Federico Mattiello
Federico Mattiello (1995-yil 14-iyulda tugʻilgan) — italiyalik professional futbolchi. „Atalanta“ klubida himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klub faoliyati
Yuventus
Lukka shahrida tugʻilgan Mattiello 13 yoshida „Yuventus“ yoshlar jamoasiga qoʻshildi, u yerda toʻrt mavsum davomida oʻynadi. Mattiello avval Valdottavoda ham oʻynagan edi. U oʻsmirlik paytida isteʼdodli tennischi boʻlgan, lekin sportning futbol turini avzalroq koʻrgan. U 2013-yilda „Yuventus Primavera“ jamoasi bilan Italiya kubogi va Superkubogida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan.
2014-yilning 9-noyabrida „Parma“ jamoasini 7:0 hisobida magʻlubiyatga uchratilgan uchrashuvda Mattiello asosiy jamoadagi debyutini oʻtkazdi. U ikkinchi boʻlim oxirida Klaudio Markizio oʻrniga zaxiradan maydonga tushirildi. U 2015-yilning fevral oyida koʻproq oʻyin oʻtkazish uchun „Kyevo Verona“ga ijaraga beriladi, biroq 8-mart kuni „Roma“ga qarshi oʻyinda Radja Nainggolan oyogʻini sindirib olgani sababli uning ijara muddati qisqartirildi. 2015-yilning 3-iyulida „Yuventus“ va „Kyevo“ oʻrtasida kelishuvga erishildi. Unga koʻra Mattielloning keyingi mavsum uchun ijara muddati belgilandi. U 19-oktyabr kuni „Jenoa“ga oʻz uyida 3:2 hisobida magʻlub boʻlgan oʻyinda maydonga tushdi. Oradan uch kun oʻtib, u mashgʻulotlarda ogʻir jarohat oldi. 2017-yilning iyul oyida Mattiello 2017-18-yilgi mavsum uchun SPALga ijaraga berildi.
Atalanta va ijaralar
2018-yilning 31-yanvarida Mattiello Atalanta bilan shartnoma imzoladi va u uni mavsum oxirigacha SPALda ijarada qoldirilishiga rozi boʻldi. 2018-yilning 20-iyulidan 2019-yilning 30-iyuniga qadar „Atalanta“dan ijara asosida „Bolonya“ga oʻtdi. 23-sentabr kuni u „Roma“ ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda faoliyatidagi ilk golini kiritdi. 2019-yilning 10-iyulida Mattiello „Kalyari“ga ijaraga asosida oʻtdi. 2020-yil 15-sentabrda u Spezia jamoasiga qoʻshiladi. 2022-yilning 31-yanvarida Mattiello Alessandriyaga ijaraga berildi.
Xalqaro faoliyati
2010-yildan beri Mattiello Italiya terma jamoasi safida yoshlar jamoalarida 18 ta oʻyin oʻtkazdi. U 16 yoshgacha boʻlganlar jamoasida oltita oʻyin va bitta gol (2010-yil 16-oktabrda Ukrainaga qarshi oʻyin), 17 yoshgacha boʻlganlar bilan sakkizta va 20 yoshgacha boʻlganlar bilan toʻrtta oʻyinni oʻtkazgan.
Faoliyat statistikasi
Yutuqlar
Yuventus[17] Primavera
Terma jamoa
Individual
Manbalar
uz.wikipedia.org