Federaun qal'asi
Burgruine Federaun — Avstriyaning Karintiya shahridagi joylashgan qal’a.
Manzil
Sobiq Bambergik knyazligining uzoq tarixiy ahamiyatga ega magistral yoʻli — Villach-Tarvis ustida joylashgan boʻlib, yoʻl Burgfelsen shaharchasi yaqinidagi Gail daryosini kesib oʻtadi. Qal’aning daryo ustidagi joylashgan qismida ulkan qoya bor. Qoya ustida koʻprik qoʻriqchi minorasi ham mavjud boʻlib, u tashqari tomonga toʻsiq boʻlib xizmat qilgan va keyinchalik turar- joy binosiga aylantirilgan. Federaun qal’asi yaqinidagi yozib qoldirilgan ikkinchi minorani topib boʻlmadi, keyingi asrlarda u buzib yuborilgan degan ehtimol mavjud. Qal’aga sharqiy tomondagi Varmbad degan qisman qoyali va tik yoʻli orqali kirish mumkin.
Tarix
Federaun haqidagi eng qadimgi hujjatli eslatma 1311-yilga toʻgʻri keladi. XIII asrning oʻrtalarida Rudolf fon Ras qal’ani egallab oldi va uni Italiyaning tranzit savdosiga xalal berish maqsadida hujumlar uyushtiradigan va himoyalanadigan kichik punktga aylantirdi. 1255-yilda Geynrix fon Bamberg yepiskop uning bu faoliyatga chek qoʻydi va qaroqchi Rudolf fon Rasni haydab yubordi.
Tarixiy kitoblarda Federaun qal’asining tanazzulga uchrashini XVII asrda boʻlgan degan taxmin ilgari surilgan.
Qoʻshimcha
Bugungi kunda katta old jabhasi bilan asosiy qal’adan faqat kichik qoldiqlar qolgan. XII asr oxiridagi asosiy qal’a balandlikning gʻarbiy qismida joylashgan. Keyinchalik Burganlage sharqqa choʻzilgan. Qurilishda hovlidagi chiroyli gʻishtli konusning sardobasi diqqatga sazovordir. Oʻz vaqtida koʻp ham foydalanilmagan ombor hali ham yaxshi holatda saqlangan. qal’aning sharqiy tomoni chuqur xandaq bilan mustahkamlangan.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org