Federatsiya minorasi
Federatsiya — Moskva xalqaro biznes markazining 13-hududidagi qurilgan koʻp qavatli binolar majmuasi.
Vostok osmonoʻpar minosi Yevropadagi ikkinchi eng baland bino Sankt-Peterburgdagi Laxta markazidan keyin turadi, lekin qavatlar soni boʻyicha ikkinchisidan oldinda
Arxitektura loyihasini Sergey Tchoban Peter Shveger bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Qurilish „Federation Tower“ YoAJ tomonidan amalga oshirildi.
Kompleks bir xil stilobat(zinapoya kabi) uslubida qurilgan turli balandlikdagi ikkita minoradan iborat:
Majmua binolarining umumiy maydoni 442 915,2 kv.m. Yer uchastkasining umumiy maydoni 10 730 kv.m. Federatsiya majmuasida ofislar va kvartiralar joylashgan. Stilobad — 6 qavatli atrium — ofislar va savdo galereyasi bilan band.
Texnik shartlar va qurilish qoidalari
Federation Tower majmuasini qurishda dunyodagi eng qatʼiy qurilish standartlari qoʻllanilgan. Qurilish texnologiyalari ustidan nazoratni Turner qurilish kompaniyasi, Mosgosstroynadzor, shuningdek, bir qator yetakchi qurilish ilmiy -tadqiqot institutlari amalga oshiradi: Beton va temir-beton ilmiy-tadqiqot instituti (NIIZhB), Bino fizikasi ilmiy-tadqiqot instituti (NIISF), Melnikov nomidagi Qurilish metall konstruksiyalari markaziy ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti (TsNIIPSK). Davlat ixtisoslashtirilgan loyiha instituti (GSPI).
Noyob texnik xususiyatlar
"Federatsiya" majmuasi uchun asos massiv beton plitaga asoslangan poydevor hisoblanadi. Uni quyish uchun 14 ming kub metr beton sarflangan, bu yutuq hatto Ginnesning rekordlar kitobiga ham kiritilgan.
Ikkala binoning barqarorligi poydevorda 1,4 metrli devorlarga ega boʻlgan kuchli beton yadro, shuningdek, har ikkala minoraga poydevordan yuqori qavatgacha kirib boradigan perimetr boʻylab joylashgan 25 ta ustunlar bilan taʼminlanadi. Poydevordagi har bir ustun 2 m x 1,4 m. Federatsiya majmuasining osmonoʻpar minoralarida har 25-30 qavatda yuqori mustahkam poʻlat konstruktsiyalardan yasalgan ustunli pollar mavjud. Tayanch qavatlari binolarning qoʻshimcha barqarorligini taʼminlaydi.
Federatsiya minorasi uchun nemis va xitoylik mutaxassislar tomonidan maxsus ishlab chiqilgan eng yangi oynalash tizimlari qoʻllanildi. Shishaning yuzasi quyosh radiatsiyasini aks ettiradi, shu bilan birga binodagi optimal haroratni saqlaydi. Zichlik jihatidan shisha gʻisht devorining issiqlikka chidamlilik parametrlariga yaqin. Minora ushbu texnologiyadan foydalana boshlagan paytda, u dunyodagi hech qanday osmonoʻpar binoda ishlatilmagan.
Federatsiya majmuasida 67 ta lift mavjud.
Innovatsiyalar va energiya samaradorligi
Rossiyada birinchi marta Federatsiya majmuasida quyidagilar oʻrnatildi:
Qurilish tezligi va muddati
2014-yilda qurilish tezligi oyiga 3 qavatni (12-15 metr) tashkil qilgan.
Qurilishning asosiy bosqichlari shartlari:
Federatsiya minorasi binosi ekskursiya ob’ekti sifatida faol foydalanilmoqda, Moskva Siti hududidagi ikkinchi loyiha boʻlib, unda tajribali gid uning tarixi va oʻziga xosligi haqida batafsil aytib beradi. Shuningdek, „Federatsiya minorasi“ dunyoda mashhur kino va video suratga olish platformasi sifatida (televidenie koʻrsatuvlari, reklama, kino) mashhur. 2012-yilda „Moskva-24“ kanali biznes majmuasi haqidagi hikoyani suratga oldi. Osmonoʻpar binoga bagʻishlangan film ham Discovery telekanali tomonidan 2009-yilda suratga olingan.
2010-yilgacha dunyodagi eng baland elektron soat binoga oʻrnatilgan edi — Federatsiya minorasi majmuasining Gʻarbiy minorasi jabhasida 229 m balandlikda joylashgan va Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.
„Federatsiya minorasi“ YoAJ Federatsiya minorasining qurilishini yakuniy bosqichlarini amalga oshirdi, foydalanishga topshirish muddati 2016-yil oʻrtalarida rejalashtirilgan edi.
2017-yil 15-noyabrda Federatsiya minorasi YoAJ matbuot xizmati Vostok minorasida (va shunga mos ravishda butun binolar majmuasida) qurilish ishlari tugallanganligini eʼlon qildi.
Vostok minorasida yongʻin
2012-yil 2-aprelda Vostok minorasida yongʻin chiqdi. Binodagi yongʻinni bartaraf etish operatsiyasida Moskva aviatsiya markazining 25 yongʻin-qutqaruv boʻlinmasi va 4 ta vertolyoti ishtirok etdi. Vertolyotlar jalb qilinganiga qaramay, uzoq vaqt davomida yongʻinni oʻchirishning imkoni boʻlmadi. Koʻp qavatli binoning yuqori qavati deyarli butun maydonni yondirdi. Yongʻin biznes markazidan oʻnlab kilometr uzoqlikda koʻrindi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, hodisada hech kim jabrlanmagan, binoga jiddiy zarar yetmagan. Ushbu yongʻin 2000-yilda Ostankino teleminorasidagi yongʻindan keyin bino ichidagi yongʻin balandligi boʻyicha Moskvadagi ikkinchi yongʻin boʻldi.
Shpil
Shpil ("C" minorasi) majmuaning eng baland qismi boʻlishi va „Gʻarbiy“ va „Sharqiy“ minoralari oʻrtasida joylashgan boʻlishi kerak edi. Shpil ichida tashqi oynali ikkita tezyurar liftni joylashtirish rejalashtirilgan edi. Shpilning tuzilishi yarmidan ham kamroq qismi qurilgan. Shpilning umumiy balandligi 506 metr boʻlishi kerak edi.
2014-yil 22-aprelda birinchi xalqaro koʻrgazmada „Yuqori dunyo. Moskva shahri. Rivojlanish istiqbollari“ loyihasi mualliflaridan biri Sergey Tchoban oʻz nutqida bir qator sabablarga koʻra shpil qurilishidan voz kechishga qaror qilinganligini aytdi. Shpilning qurilgan qismi uch yil ichida demontaj qilindi.
Sovrinlar
2009-yil — Federatsiya biznes majmuasining Gʻarbiy minorasi Office koʻchmas mulki nominatsiyasida FIABCI Prix d’Exellence tanlovida gʻolib boʻldi.
2011-yil — Federatsiya minorasi „1-sonli biznes markazi“ nominatsiyasida „Koʻchmas mulk bozori rekordlari“ mukofotiga sazovor boʻldi.
2017-yil — European Property Awards mukofotlarining „Eng yaxshi koʻp funksiyali majmuasi“.
2019-yil — „1-sonli osmonoʻpar bino“ (Wayback Machine saytida 2021-03-02 sanasida arxivlangan)
2019-yil — Federatsiya minorasi „Dunyoning eng yaxshi mulki“(Warld’s Best Property) xalqaro mulk mukofotining (International Property Awards) Gran-prisini oldi.
Moskva sitidagi binolar bilan taqqoslama
Qurilish jarayoni
Vostok minorasining 75-qavatidan manzaralar
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org