Federativ davlat
Federatsiya (soʻnggi lotincha: foederātiō — birlashma, uyushma) — 1) davlat tuzilishi shakli; yuridik jihatdan muayyan siyosiy mustaqilligi boʻlgan davlat tuzilmalaridan tashkil topgan murakkab uyushmadir. Federativ davlatni tashkil etuvchi davlat tuzilmalari (shtatlar, oʻlka, kontonlar) federatsiya subʼyektlari hisoblanadi va oʻz maʼmuriy hududiy boʻlinishlari boʻladi. Federatsiyada yagona konstitutsiya, yagona ittifoq (federal) davlat hokimiyati organlari boʻladi, yagona fuqarolik, pul birligi va shaharlar amal qiladi. Unitar davlatdan farqli ravishda federatsiya hokimiyat oliy organlarining 2 tizimiga — federal organlar va federatsiya aʼzolarining tegishli organlariga ega boʻladi. Federal organlar mamlakatning hamma qududida oʻz vakolat va vazifalarini amalga oshiradi. Federatsiyani tashkil etuvchi davlat tuzilmalari tom maʼnoda davlat hisoblanmaydi. Ular suverenitetga, ittifokdan bir tomonlama chiqish huquqiga ega boʻlmaydi, yuridik jihatdan xalqaro munosabatlarda qatnashish xuquqidan mahrumdir. Ittifoq konstitutsiya yoki qonunlari buzilgan taqdirda markaziy hokimiyat federatsiya subʼyektiga nisbatan majburlash choralarini koʻrish huquqiga ega. Federatsiyaning eng zarur belgilaridan biri — federal parlamentning 2 palatali tuzilmasidir. Odatda, federatsiya aʼzolarining oʻz mustaqil konstitutsiyasi boʻladi. Milliy (til) omilning ahamiyatiga qarab federatsiya tuzilishini belgilashda hududiy asosdagi federatsiya (AQSH, Avstraliya, Avstriya, GFR, Argentina, Venesuela, Braziliya, Meksika), milliy asosdagi federatsiya (Hindiston, Belgiya, Nigeriya, Pokiston) va aralash milliyhududiy asosdagi federatsiya (Rossiya Federatsiyasi, Shveysariya, Kanada) farqlanadi. Konstitutsiyaviy huquq nazariyasida, shuningdek, baʼzan konstitutsiyaviy federatsiya (AQSH, Kanada, Braziliya), konstitutsiyaviy shartnomaviy federatsiya (Rossiya Federatsiyasi) va shartnomaviy federatsiya (Shveysariya, Birlashgan Tanzaniya Respublikasi, BAA), markazlashgan (Hindiston, bu yerda bitta shtatdan boshqa shtatlar oʻz konstitutsiyasi va fukaroligiga ega emas) va markazlashmagan federatsiya (AQSH, GFR, Shveysariya) oʻrtasidagi farq koʻrsatib oʻtiladi.
Jahonda 21 ta federativ davlat bor (2005); xalkaro yoki milliy jamoat tashkiloti (Xalkaro shaxmat Federatsiyasi).
Yana qarang
uz.wikipedia.org
Sun'iy intellekt javobi:
Federativ davlat — bu davlat shakli bo‘lib, unda bir nechta tashkil etuvchi birliklar (subyektlar, respublikalar, viloyatlar, shtatlar va hokazo) o‘z ichki mustaqilligini saqlagan holda yagona davlat tashkilotiga birlashadi. Federativ davlatlarda markaziy hukumat va uning subyektlari o‘rtasida hokimiyat muayyan doirada taqsimlangan bo‘ladi.
Federativ davlatning asosiy xususiyatlari:
- Birlik va bo‘linish: Federatsiyada bitta davlat hududi bo‘lib, u ma’lum darajada mustaqil bo‘lgan bir qator subyektlardan tashkil topgan.
- Hokimiyat taqsimoti: Federativ davlatda yuqori darajadagi hokimiyat ikki darajada amalga oshiriladi: markaziy (federal) va tashkil etuvchi birliklar (subyektlar) tomonidan.
- Qonunchilikning ikki darajasi: Federal darajada umumiy qonunlar qabul qilinadi, subyektlar esa o‘z hududida alohida qonunlar chiqarishi mumkin.
- Konstitutsiya rolida: Federativ davlatlarda markaziy va subyektlar hokimiyatini taqsimlash, ularning huquq va majburiyatlarini belgilash uchun konstitutsiya mavjud bo‘ladi.
- Subyektlarning mustaqil organlari: Har bir federativ subyektda o‘z hukumat, sud va boshqa idoralari bo‘ladi.
Federativ davlatning afzalliklari:
- Hududlarning madaniy, iqtisodiy va siyosiy o‘ziga xosligini saqlash imkoniyati.
- Markazga bosimni kamaytirish va hududlarning manfaatlarini hisobga olish.
- Mahalliy muammolarni tez va samarali hal qilish imkoniyati.
Misollar:
- Rossiya Federatsiyasi
- Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh)
- Germaniya
- Hindiston
- Shveysariya
Xulosa:
Federativ davlat shakli ko‘p millatli, katta hududga ega, turli mintaqalari va xalqlari bo‘lgan davlatlarda keng qo‘llaniladi. U markaz va hududlar o‘rtasidagi muvozanatni saqlab, barqarorlik va samarali boshqaruvni ta’minlashga yordam beradi.