FC Pari Nizhny Novgorod
FK Pari Nijniy Novgorod (ruscha: ФК «Пари Нижний Новгород»),
FC Pari NN yoki oddiygina
Nijniy Novgorod nomi bilan ham tanilgan, 2015-yilda tashkil etilgan Nijniy Novgorod shahridagi Rossiya professional futbol klubi. U Rossiya Premyer-ligasida 2021/2022-yilgi mavsumda debyut qilgan.
Tarix
Klub turli nomlar bilan tanilgan:
2015/2016-yilgi mavsumda u uchinchi darajali Rossiya Professional Futbol Ligasida oʻynay boshladi. U Nijniy Novgorodning „Volga“ klubining farm klubi sifatida tashkil etilgan. 2016-yil 15-iyunda „Volga“ klubi tugatildi, „Olimpiyets“ Nijniy Novgorodning top klubiga aylandi. 2016/2017-yilgi mavsum oxirida Olimpiyets oʻzining PFL zonasida gʻalaba qozondi va ikkinchi darajali Rossiya futbol milliy ligasiga yoʻl oldi. 2018/2019-yilgi mavsum yakunida ular Rossiya Premer-ligasining pley-off bosqichiga yoʻllanma oldilar, ammo PFK „PFC Krylia Sovetov Samara“ jamoasiga umumiy 2:3 hisobida magʻlub boʻlishdi.
2020/2021-yilgi mavsumda klub FNLda 3-oʻrinni egalladi. Ikkinchi oʻrindagi „Orenburg“ klubi oʻz stadionidagi muammolar tufayli Premyer-liga litsenziyasini ololmagani sababli, Nijniy Novgorod 2021/2022-yilgi mavsum uchun birinchi marta RPLga yoʻllanma oldi.
Nigeriya terma jamoasining sobiq hujumchisi Silvestr Igboun 2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli jamoa bilan shartnomasini toʻxtatdi.
2022-yil 10-iyun kuni klub avval Paribet nomi bilan tanilgan Pari bukmekerlik konserni bilan homiylik shartnomasi tufayli klub nomi FC Pari Nijniy Novgorod (yoki qisqacha Pari NN) ga oʻzgartirilishini eʼlon qildi. Jamoa nomini oʻzgartirish Rossiya futbol ittifoqi tomonidan shu kuni maʼqullangan. Pari NN 2022/2023-yilgi mavsumni 14-oʻrinda yakunladi va „Rodina Moskva“ ga qarshi oʻtish uchun pley-off yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Pley-offning birinchi oʻyinida safarda 3:0 hisobida gʻalaba qozongan Pari oʻz maydonida 0:2 hisobida magʻlub boʻldi va umumiy hisobda 3:2 hisobida gʻalaba qozonib, Premyer-ligadagi oʻrnini saqlab qoldi.
Liga
Hozirgi tarkib
As of 2 August 2023, according to the RPL website (Wayback Machine saytida 2022-05-04 sanasida arxivlangan).
Ijaragaga berilgan
Ijaragaga olingan
Klub rasmiylari
16 June 2022
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org