FAZOVIY MEXANIZM



FAZOVIY MEXANIZM – zvenolarining nuqtalari notekis traektoriya chizuvchi yoki traektoriyasi o’zaro kesishgan tekisliklarda yotuvchi mexanizm. Texnikada zvenosi nuqtalarining traektoriyalari kontsentrik sferalarda bo’ladigan sferik mexanizmlar keng tarkalgan. Bunday mexanizmlar kesishuvchi o’qlar orasidagi aylanma qarakatlarni uzatish uchun qo’llanadi (masalan, tishli uzatmalar, avtomobilning kardanli uzatmasi, radiolokatorning burish mexanizmi va boshqalar). Yengil sanoat va oziq-ovqat sanoatida Fazoviy mexanizm aylanma harakatni uzatish bilan birga fazoviy traektoriyalar hosil qiladi (masalan, tikuv mashinasining ip tortish mexanizmi). Richagli Fazoviy mexanizmlar odamning qo’l harakatlarini takrorlaydigan manipulyatorlar va sanoat robotlarida ishlatiladi. Fazoviy mexanizmdan kosmik texnika qurilmalarida, qishloq xo’jaligi va boshqalarda keng foydalaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz