Fazliddin Hojimuhammedov
Fazliddin Jaloliddinovich Hojimuhammedov (1988-yil 16-oktyabr, Toshkent shahri) – oʻzbekistonlik futbol mutaxassisi va jamoat arbobi.
Biografiyasi
2005-yilda Toshkent shahridagi 193-maktabni tugatgan.
2009-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining buxgalteriya hisobi va audit fakultetini tugatgan. 2010-yilda harbiy xizmatni oʻtagan.
2009-yildan 2013-yilgacha – xususiy sektordagi faoliyat.
2012—2013-yillarda Uchtepa tumanidagi 81-maktabda iqtisod fani oʻqituvchisi boʻlgan.
2013—2017-yillarda xususiy sektordagi faoliyat.
2017-yildan 2020-yilgacha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi sport tadbirlarini tashkli qilish va muxlislar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi boʻlgan.
2021-yildan Oʻzbekiston Professional futbol ligasi media boʻlimi boshligʻi.
2018—2019-yillarda xalq deputatlari Uchtepa tumani kengashining 12-Jurjoniy saylov okrugi deputati boʻlgan. Fuqarolarni oʻzini-oʻzi boshqarish organlari Uchtepa tumani kengashining taqdimnomasiga asosan mustaqil nomzod sifatida saylangan.
Loyihalari
2017-yilda sport volontyorligi faoliyati bilan shugʻullanuvchi „Go Uzbekistan“ loyihasiga asos solgan. 2019-yilda Toshkent metropolitenining „Yunusobod“ bekati qurilishida halok boʻlgan 6 nafar quruvchi sharafiga bekatni „Quruvchilar“ deb nomlashni taklif etgan. Keyinchalik, 2023-yilda ishga tushgan yangi metro bekatlaridan biriga „Quruvchilar“ nomi berildi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org