Fayzulla Xo‘jayev nomidagi Buxoro davlat universiteti




Koordinatalari: 39°45′35.999999999993″N 64°25′19.199999999989″E / 39.75999999999999801°N 64.42199999999999704°E / 39.75999999999999801; 64.42199999999999704 G O

Buxoro universiteti (Fayzulla Xoʻjayev nomidagi Buxoro davlat universiteti) — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan 1992-yil 15-martda Buxoro pedagogika instituti (1930) negizida tashkil etilgan. Unda 11 fakultet (Fizika-matematika, Iqtisodiyot va turizm, Tarix va yuridik, Axborot texnologiyalari, Agranomiya va biotexnologiya, Xorijiy tillar, Sanʼatshunoslik, Filologiya, Tabiiy fanlar, Pedagogik taʼlim, Jismoniy madaniyat), bir ijtimoiy oʻquv markazi, 50 ta ixtisoslashtirilgan kafedra, mintaqaviy til markazi, ixtisoslashtirilgan akademik litsey, gimnaziya, tayyorlov kurslari, kutubxona (nodir qoʻlyozmalar va toshbosma asarlar boʻlimi bilan), botanika bogʻi, planetariy, hisoblash markazi, test markazi, universitet tarixi, oʻlka zoologiyasi, arxeologiyaetn. muzeylari, oʻquvsport, sport harbiy tayyorlov, sport sogʻlomlashtirish majmualari, maʼrifiymadaniy ishlar klubi bor (2001). Unda 23 ixtisoslik boʻyicha mutaxassislar tayyorlaniladi. Unda aspirantura, magistratura, doktorantura mavjud. 2000/2001-oʻquv yili untda 5 mingdan ortiq talaba taʼlim oldi, 341 oʻqituvchi, jumladan 1 Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akad., 28 ta fan doktori va professor, 272 ta fan nomzodi va dotsent ishladi. Untda turli yoʻnalishlarda ilmiy tadqiqotlar ishlari olib boriladi. Rossiya Federatsiyasi, Italiya, Irlandiya, Fransiya, MAP, Polsha, Germaniya, AQSH ilmiy muassasalari bilan ilmiy hamkorlik qiladi. Tashkil topganidan buyon universitet 25 mingdan ortiq mutaxassis tayyorlab chiqargan (2001).

Buxoro davlat universiteti rektorlari



1. Vahabov Karimjon. 1930 −19312. Usmonov Gʻanijon. 1931-19343. Valiyev X. X. 1934-19354. Rajabov D. 1935-19365. Tereshxanov G. X. 1937 — 19386. Rustamov Agzam. 1938-19407. Sbizova Anna Ivanovna. 19408. Davlat — Yusupov Mustafo Xasanovich. 1940-19439. Hamidov (Homidiy) Sharif Hamidovich. 1944-194810. Joʻrayev Turob Joʻrayevich. 1948-195011. Maqsudov Sh. T. 1951 −195512. Yakubov R. 1955 — 195713. Rahmatov Muxtor Neʼmatovich. 1957 — 196014. Namozov Juma Namozovich. 1960 — 197715. Jabborov Narimon Ibragimovich. 1977 — 197916. Moʻminov Vafo Arabovich. 1979 — 198617. Qosimov Farhod Habibovich. 1986-199218. Muqimov Komil Muqimovich. 1992 — 200519. Yoriyev Oltin Muzaffarovich. 2005-200920. Tadjixodjayev Zokirxoʻja. 2010 — 201421. Tulaganov Abdukabil Abdunabiyevich. 2014 — 201921. Xamidov Obidjon Xafizovich. 2019-yil — h.v.

Buxoro davlat universiteti fakultetlari



1.Fizika-matematika fakulteti2.Axborot texnologiyalar fakulteti3.Tarix va yuridik fakulteti4.Filologiya fakulteti5.Pedagogik taʼlim fakulteti6.Tabiiy fanlar fakulteti7.Jismoniy madaniyat fakulteti8.Iqtisodiyot va turizm fakulteti

9. Xorijiy tillar fakulteti10. Sanʼatshunoslik fakulteti11. Agronomiya va biotexnologiya fakulteti


Fakultetlar haqida maʼlumotlar



Buxoro davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi „O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida“gi PF-4947-sonli Farmoni, 2017-yil 20-apreldagi „Oliy taʼlim tizimini yanda rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PQ-2909-sonli Qarori, 2017-yil 27-iyuldagi „Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PQ-3151-sonli Qarori, 2018-yil 5-iyundagi „Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PQ-3775-sonli Qarori va 2019-yil 8-oktyabrdagi „O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida“gi PF-5847-sonli Farmonlari hamda boshqa meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga amal qilgan holda olib borilmoqda.

Fakultet faoliyati oliy taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim hamda ijtimoiy soha uchun zarur boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. Fakultet Buxoro davlat oliy pedagogika instituti tarkibida 1930-yil tashkil etilgan. Hozirgi kunda fakultetda 84 nafar professor-oʻqituvchi ishlab kelmoqda. Fakultetda bugungi kunda 1276 nafar talaba tahsil olmoqda. Hozirgi kunda fakultetni Joʻrayev Husniddin Oltinboyevich (dotsent) rahbarlik qilmoqda. Fakultet manzili: Buxoro shahar, M.Iqbol ko‘chasi, 11-uy, 1-blok, 4-5-qavat.

1) O‘zbekiston Milliy universiteti;

2) Samarqand davlat universiteti;

3) O‘zRFA „Akademasbob“ ilmiy tekshirish instituti;

4) Navoiy davlat pedagogika instituti;

5) Nizomiy nomidagi TDPI;

6) O‘zRFA „Kibernetika“ instituti;

7) O‘zRFA „Matematika“ instituti;

8) O‘zRFA „Energetika va avtomatika“ instituti;

9) Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.

1) Bonn universiteti (Germaniya);

2) Berlin texnika universiteti (Germaniya);

3) Bern universiteti (Shveysariya);

4) Rim universiteti (Italiya);

5) Moskva davlat universiteti (Rossiya);

6) Novosibrsk davlat universiteti (Rossiya);

7) Malayziya texnika universiteti (Malayziya).

Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti faoliyatini Buxoro davlat universiteti rektorining 2016-yil 31-dekabr 531-U buyrugʻiga asosan Ijtimoiy-iqtisodiy (1996-yilda Iqtisodiyot fakulteti sifatida tashkil etilgan) fakulteti Iqtisodiyot va Turizm fakulteti sifatida tashkil etildi. Iqtisodiyot va turizm fakulteti sifatida tashkil etilgach jamoaga i.f.n., dots. Abror Turobovich Joʻrayev boshchilik qilgan. Fakultet faoliyati oily taʼlim, professional taʼlim, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus taʼlim muassasalari hamda ijtimoiy sohalar uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan. Hozirgi kunda fakultetda 5 ta kafedra faoliyat olib boradi. Xususan, „Iqtisodiyot“ kafedrasi, „Marketing va menejment“ kafedrasi, „Turizm va mehmonxona xoʻjaligi“, „Agrobiznes va logistika“ kafedrasi, „Buxgalteriya hisobi va statistika“. Ushbu kafedralardagi 13 ta taʼlim yo‘nalishlarida va 6 ta mutaxassisliklarida taʼlim olishning kunduzgi, sirtqi va kechki shakllaridan foydalaniladi. Fakultetda asosiy shtatda jami 69 nafar professor-oʻqituvchi faoliyat koʻrsatadi. Faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchilarning 17 nafari  (24,6 foiz) ilmiy darajaga ega. 52 nafari (75,4 foiz) esa ilmiy darajaga  ega boʻlmagan xodimlardir. Hozirgi kunda Iqtisodiyot va turizm fakulteti Buxoro davlat universitetidagi peshqadam jamoalardan biri sifatida faoliyat koʻrsatmoqda va unga 2019-yil avgust oyidan i.f.n., dots. Dilshod Shoyimardonkulovich Yavmutov rahbarlik qilmoqda. Fakultet manzili: Buxoro shahar, M.Iqbol ko‘chasi, 11-uy, 2-blok, 3-qavat.

60310100 — Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60310500 — Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60411300 — Biznesni boshqarish (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60411700 — Logistika (yo‘nalishlar bo‘yicha)

60412400 — Agrobiznes va investitsion faoliyat

60410100 — Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60410800 — Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60410500 — Bank ishi va auditi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60412500 — Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60411200 — Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)

60411400 — Inson resurslarini boshqarish

61010400 (2020 yilga qadar 5610300)- Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)

61010100 (2020 yilga qadar 5610200) — Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish

Buxoro davlat universiteti Axborot texnologiyalar fakulteti

Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti fakultet sobiq  Buxoro davlat pedagogika institutining tengdoshi boʻlib, 1930-yilda tashkil qilingan va 1992 yilgacha Tabiatshunoslik fakultetii deb nomlangan.
Tabiatshunoslik fakultetida dastlab kimyo, botanika va zoologiya kafedralari faoliyat koʻrsatgan. Keyinchalik qishloq xoʻjalik asoslari va geografiya hamda odam va xayvonlar anatomiyasi hamda fiziologiyasi kafedralari tashkil etilgan. 1992-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Buxoro davlat Pedagogika institutiga universitet maqomi berilgach, Tabiatshunoslik fakulteti Kimyo-biologiya fakulteti deb ataldi.
2005-yilda universitetdagi agrar fakulteti kimyo va biologiya fakultetiga qoʻshildi va Tabiiy fanlar fakulteti tashkil qilindi. 2019-yildan Tabiiy fanlar fakultetidan Agronomiya va biotexnologiya fakulteti ajralib chiqdi.
Istiqlol yillarida fakultetni  prof. S. B. Baqoev (1992-2006), prof. R. A. Shoymardonov (1996-2002), dots. M.Ya. Ergashov (2002-2005), prof. S. B. Boʻriev (2005-2007), prof. M. R. Amonov (2010), dots. X. T. Artikova (2012-2020), boshqardilar. 2021 yildan boshlab fakultetni t.f.n., dotsent E. D. Niyozov boshqarib kelmoqda.
Bugungi kunda fakultetda 5 ta taʼlim yoʻnalishi (Kimyo, Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari boʻyicha), Neft-gazkimyo sanoati texnologiyasi, Geografiya, Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi), boʻyicha 942 nafar talaba, Kimyo mutaxassisligi (fan yoʻnalishi boʻyicha) 56 nafar, Geografiya (oʻrganish obyektlari boʻyicha) 17 nafar magistrantlar tahsil olmoqda. Fakultet kafedralaridagi 52 nafar professor-oʻqituvchining 4 nafari fan doktori va professor, 17 nafari esa fan nomzodi va dostentlardir. Fakultet manzili: Buxoro shahar, M.Iqbol ko‘chasi, 11-uy, bosh bino 2-qavat
Buxoro davlat universiteti Tarix va yuridik fakulteti Buxoro davlat pedagogika instituti (hozirgi BuxDU) ochilgan 1930 yil bilan bir vaqtga to‘g‘ri keladi. Fizika-matematika, Ximiya-biologiya, Filologiya, Tarix va jamiyatshunoslik kabi to‘rt bo‘lim ish boshlagan. Institutga  qabul qilingan ilk qaldirg‘ochlar talabalarning bir qismi tarixchi talabalar edi. 1934 yilda „Tarix va jamiyatshunoslik“ bo‘limi bazasida mustaqil Tarix fakul’teti tashkil etildi. Tarix va madaniy meros fakulteti 2018-yil 5-aprelda Tarix fakulteti negizida tashkil etilgan. 2019-yil 1-avgustdan Jo‘rayev Jamshed Rahmatilloyevich fakultet dekani lavozimida ishlab kelmoqda.

2022-yil avgust oyida Buxoro davlat universiteti Ilmiy Kengashi qarori bilan Tarix va yuridik fakulteti nomiga oʻzgartirildi.  
Fakultet tarkibida  5 ta kafedra: Arxeologiya va Buxoro tarixi kafedrasi, Jahon tarixi kafedrasi, Yurisprudensiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar kafedrasi, Islom tarixi va manbashunosligi, falsafa kafedrasi va Psixologiya va sotsiologiya  kafedrasi mavjud bo‘lib, 11 ta taʼlim yo‘nalishi va 7 ta magistratura mutaxassisliklari faoliyat ko‘rsatmokda. Jami 2000 ga yaqin talaba faoliyat ko‘rsatab kelmoqda.
Buxoro davlat universiteti Tarix va Yuridik (Tarix va madaniy meros) fakultetida  11 ta bakalavriyat va 7 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha yo‘nalishlar mavjud.

2.Tarix: Buxoro tarixi (Faqat bitiruvchi 4-kurs qolgan, qabul to‘xtatilga)
3.Milliy g‘oya va maʼnaviyat asoslari, huquq  taʼlimi (Faqat 3 va 4-bosqich talabalari mavjud)
4.Arxeologiya,
5.Tarix (islom tarixi va manbashunosligi),
6.Ijtimoiy ish (oila va bolalar bilan ishlash)
7.Yurisprudensiya (faoliyat turlari buyicha)
8.Siyosatshunoslik
9.Sosiologiya
10.Psixologiya (Oila psixologiyasi)
11.Psixologiya (Amaliy psixologiya)

2.Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqotlar usullari
3.Etnografiya, etnologiya va antropologiya
4.Arxeologiya
5.Islom tarixi va manbashunosligi
6.Advokatura
7.Psixologiya (Umumiy psixologiya)

Samarqand davlat universiteti;
Navoiy davlat pedagogika instituti;
Nizomiy nomidagi TDPI;
O‘zRFA „Arxeologiya“ instituti;
O‘zRFA „Tarix“ instituti;
O‘zRFA „Falsafa“ instituti;
Buxoro muhandislik texnologiyasi instituti.

Janubiy Federal Universiteti (Rossiya);
Kazan Federal Universiteti (Rossiya) ;
Novosibrsk davlat universiteti (Rossiya);
Tomsk Federal Universiteti (Rossiya) ;
Sank-Peterburg davlat universiteti (Rossiya);
Malayziya texnika universiteti (Malayziya).
Turkiyaning Anqara, Istambul, Rajab Tayib universiteti ;
Misrning Al-Asqad, Ayn-Shams, Qoxira hamda Tanta universitetlari
Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti.
Fakultet manzili: Buxoro shahar, M.Iqbol ko‘chasi, 11-uy, 3-bino

Adabiyotlar




http://buxdu.uz

Manbalar



http://buxdu.uz

uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz